16- §. Hujayralar evolutsiyasi
o‘simlik hujayrasining o‘ziga xosligi:
Quyidagi sxemaga ko‘ra o‘simlik va hayvon hujayralarining
farqini aniqlang?
hujayra qobig‘i
plastidalar
vakuola
51
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
5.
Hujayra evolutsiyasi deganda nima tushuniladi?
Invaginatsiya gipotezasining mohiyati nimada?
Eukariot hujayraning yadrosi qanday paydo bo‘ladi?
Eukariot hujayrani evolutsiyasini tushintiruvchi yana qanday gipoteza
mavjud?
Prokariot hujayralar taxminan qachon paydo bo‘lgan?
1.
2.
3.
Simbioz gipotezasini tushuntiring.
Mitoxondriyalarning paydo bo‘lishini tushuntirib bering.
Laboratoriya mashg‘ulotiga tayyorlaning.
Simbioz gipotezasiga ko‘ra eukariot hujayra bir-biri bilan simbiot
holda yashovchi, har xil tiplarga mansub, ko‘p hujayralardan hosil
bo‘ladi. Gipotezada ta’kidlanishicha mitoxondriya va xloroplastlar
mustaqil kelib chiqishga ega va prokariot hujayra sifatida paydo
bo‘lgan. Masalan, mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan
deyiladi. Yadroning paydo bo‘lishini xo‘jayin hujayraning DNKsi
bilan bog‘liq degan taxmin mavjud. Yadro hosil bo‘lgandan so‘ng,
uning membranalaridan endoplazmatik to‘r, Golji majmuasi va undan
esa lizosoma hamda vakuola hosil bo‘lgan deyiladi. Bu taxminlarni
isbotlovchi bir qator dalillar ham mavjud. Bularga mitoxondriya va
xloroplastlarda DNK va RNKning mavjudligi, ularning bo‘linishini
prokariot hujayrani bo‘linishiga o‘xshashligi va boshqalar.
Invaginatsiya gipotezasi. Bu gipotezaga ko‘ra, eukariot hujayraning
ba’zi organellalari hujayraning tashqi membranasini invaginatsiyasi (si-
toplazmaga botib kirishi) natijasida hosil bo‘lgan. Invaginatsiya gipo-
tezasi eukariot hujayra ko‘p hujayralardan emas, balki bitta hujayradan
kelib chiqqan deb tushuntiradi. Bu gipoteza xloroplast, mitoxondriya va
yad roning qo‘sh membranalarining kelib chiqishini oson tushuntirib be-
radi. Boshqa yana bir gipotezaga ko‘ra eukariot hujayralar genomning
ayrim elementlarini to‘planishi tufayli paydo bo‘lgan deyiladi. Bu gipo-
tezaning asosida ham qandaydir prokariot hujayra bo‘lib, uning ko‘p
genomlari ayrim pufakchalarga bo‘linib, hosil bo‘lgan qismlar ma’lum
funksiyalarni bajarishga moslashgan. Ko‘p genomli taxmin haqiqatga ya-
qin bo‘lib, yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarni o‘xshashligi bilan
isbotlanadi.
Shunday qilib, hujayraning tarixiy rivojlanishi uning murakkab
genomga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
|