52 HUJAYRA HAQIDAGI TA ’
LIMOT II BO‘LIM Asbob va materiallar: mikroskop, buyum va qoplovchi oyna, filtr qog‘oz, qizil
piyoz epidermisi, odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qavat hujayralari, yod erit-
masi, toza qoshiqcha.
Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. o‘simlik hujayrasi holatining rasmini
chizing.
og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.
a) Toza buyum va qoplag‘ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o‘rtasiga ikki
tomchi yod eritmasidan tomizing.
b) og‘zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lunjining ichki tomoni yu-
zasidan qoshiqchani bir necha marotaba yurgazib, olingan namunadan
mikroprepa rat tayyorlab, uni mikroskopda kuzating.
d) Hujayraning shakli, donador sitoplazma va yadroga etibor bering.
e) o‘simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.
Hujayra shirasida suvda eriydigan birikmalar ko‘p bo‘ladi. Agar biz hujayrani
tuzli eritmaga botirsak, hujayra tarkibidagi suv, hujayra tashqarisiga chiqa boshlaydi.
Bun da hu jayra tarangligi yo‘qolib hujayra pardasi asta-sekin burisha boshlaydi. Bu
hodisa
plaz moliz deb ataladi. Agar shu hujayra yana toza suvga botirilsa, u o‘zining
avvalgi holatiga qaytadi, ya’ni
deplazmoliz hodisasi ro‘y beradi.
Asbob va materiallar: qizil piyoz, 1m NaCl eritmasi, mikroskop.
Elodeya epidermisidan o‘tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo‘lakcha tay-
yorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, predmet oynasidagi bir tomchi
suvga botiriladi. Qoplovchi oyna bilan yopib mikroskop ostida kuzatiladi.
Hujayra holatining rasmini chizing.
Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi.
Ikkinchi tomondan esa filtr qog‘oz yordamida qoplovchi oyna tagidan
suv tortib olinadi. 5—7 daqiqadan so‘ng hujayra pardasi torayib, burisha
boshlaydi. Bunda plazmoliz ro‘y beradi.
Buyum oynasidagi osh tuzi eritmasi yana yuqorida ko‘rsatilgan yo‘l bilan toza
suvga almashtiriladi. 5—7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi.
Bu deplazmoliz hodisasi bilan bog‘liq.