A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


Tirik organizmlarning kimyoviy tuzilishi



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

Tirik organizmlarning kimyoviy tuzilishi
III


54
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
logik polimerlar (yunonchada: “poli” — ko‘p, “meros” — qism) hisoblangan 
oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fosfor va oltingugurt ham uchray-
di. Hujayra tarkibida birmuncha kam miqdorda oltita element: kaliy, natriy, 
kalsiy, magniy, temir va xlor ham mavjud. Ularning har biri hujayrada 
muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, K va Cl hujayra membranalari 
orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’minlaydi. Nerv hujayralarida hosil 
bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi ham shu elementlar yordamida amalga 
oshi riladi. Ca va P suyak to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkam-
ligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal 
ivishini ta’minlovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili — 
gemoglobin 
tarkibiga kiradi va kislorodni o‘pka dan to‘qimalarga olib borishda ishtirok 
etadi. Mg o‘simlik hujay ralarida fotosintezda ishtirok etuvchi pigment — 
xlorofill 
tarkibiga kira di, hayvonlarda esa, biologik katalizatorlar tarki bida 
biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta’minlaydi.
Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, marganes, mo-
lib den, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdorda uchraydi ya’ni 
hujayra massasining 0,02 %ga yaqin qismini tashkil etadi. Shu ning uchun 
ular 
mikroelementlar
deb ataladi. Biroq ular ham hayotiy mu him ahami-
yatga ega. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo‘l gan moddalar-gor-
monlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masa lan, qalqonsimon bez 
tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gor moni tarkibiga yod elementi 
kiradi. U ning yetishmasligi tiroksin hosil bo‘lishini kamaytiradi, natijada 
bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasal ligi rivojlanadi. Ruh bir qator 
fermentlarning tarkibiga kiradi. Jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. 
Kobalt B
12
vitamini ning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu vitamin qon hosil 
bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhim hisoblangan elementlarning vazifalarini yozing:
Elementlar
Hujayra (organizm) vazifalari
Natriy
Kaliy
Kalsiy
Magniy

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin