62 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM dasi hasharotlarning tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug‘ hu-
jayrasi tarkibida ham uchraydi.
Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. 1 g
uglevod parchalanganda 17,6 kj energiya ajralishi aniqlangan.
o‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda sifatida
hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda energiya zaxirasi
vazifasini o‘taydi.
Suvda erimaydigan organik birikmalar
lipidlar yoki yog‘lar deb ata-
ladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar — neytral yog‘lardir.
hayvon- larning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik yog‘lari esa — moylar deb ata ladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida
namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan
1,5—2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 g yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasi-
da 38,9 kj energiya ajralib chiqadi. Hujayradagi yog‘ning miqdori 5—15%
atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalarining hujayralarida yog‘ning miqdori
90% gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida
yog‘lar ortiqcha miqdorda to‘planadi. Umurtqali hayvonlarning teri osti-
da ham yog‘lar to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larn-
ing parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir. Bu me-
tabolik suv cho‘l hayvonlari uchun o‘ta ahamiyatli hisoblanadi.
Tuya o‘rkachida to‘plangan yog‘ energiya manbai emas (ko‘pin-
cha shunday noto‘g‘ri tu shuncha mavjud) balki suv manbai hisobla-
nadi. o‘simliklarning urug‘ larida ham moylar zaxira modda sifatida ko‘p
25- §. Lipidlar 1. 2. 3. 4. Uglevodlarning nomi qanday tushuntiriladi?
Qaysi organizmlar tarkibida uglevodlar ko‘p uchraydi?
Nima uchun murakkab uglevodlar deyiladi?
Uglevodlar qanday vazifani bajaradi?