A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

59
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
5.
oqsillar deb qanday birikmalarga aytiladi?
oqsillar tarkibida qanday elementlar uchraydi?
oqsillar necha xil aminokislotalardan tashkil topgan?
Hujayrada katalizatorlik vazifasini qanday moddalar bajaradi?
Hujayrada oqsillar qanday vazifalarni bajaradi?
30- rasm.
Gemoglobin oqsil 
molekulasining sxemasi.
Fe
Fe
oqsillarning vazifalari. Hujayrada oqsillar turli tuman vazifalarni ba-
jaradi. Bulardan eng muhimi strukturalar (tuzilish) hosil qilishdir. oqsillar 
barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri 
katalizatorlik
vazi-
fasini bajarishdir. Barcha biologik katalizatorlar ya’ni, fermentlar asosan 
oqsil tabiatiga ega. Ular anorganik katalizatorlardan farqli ravishda kimy-
oviy reak-siyalar tezligini o‘n ming, hatto yuz ming marotaba oshiradi. 
Tirik organizmlarning harakat qilish xususiyati ham qisqaruvchan oqsillar 
ishtirokida sodir bo‘ladi. Bu oqsillar hujayra va organizmlar bilan bog‘liq 
barcha harakat turlarida ishtirok etadi.
oqsillarning 
tashish
(transport) vazifasi ularga xos bo‘lgan yana bir 
muhim xususiyatdir. Masalan, gemoglobin oqsili kislorodni tana organ-
lari va to‘qimalariga tashish vazifasini bajaradi. oqsillar tirik organizm-
larda himoya vazifasini ham o‘taydi. organizmga begona modda yoki 
mikroorga - nizm lar kirsa, leykotsitlar ya’ni, oq qon tanachalari maxsus 
oqsillar — antitanachalarni ishlab chiqaradi. Ular begona moddalar (anti-
genlar)ni bog‘lab ularni zararsizlantiradi.
oqsillar gormon vazifasini ham bajaradi. Masalan, insulin gormoni 
oqsil tabiatiga ega bo‘lib, qonda glukoza miqdorini nazorat qilib turadi. 
Umuman tirik organizmlarga xos bo‘lgan barcha vazifalarni bajarilish 
oqsil molekulalari tomonidan amalga oshiriladi.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin