A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
Suvning biologik ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan suv molekulalarining 
fazoviy tuzilishini tushintirib bering.
Tirik organizmlar tarkibida ko‘p uchraydigan mineral tuzlarni ayting.
Hujayraning buferlik xossasi qaysi moddalar bilan bog‘liq?
Turli xil organizmlarda suvning har xil miqdorda bo‘lishini 
tushuntiring.
Nima uchun barcha kimyoviy jarayonlar suvli muhitda amalga
oshishini tushuntiring.
1.
2.


57
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
VI bob
 
Hujayra tarkibiga kiruvchi organik birikmalar
21- §. Biomolekulalar
Tirik organizmlar hujayrasining o‘rtacha 20—30% ini organik birik-
malar tashkil qiladi. Ular xilma xil katta va kichik molekular og‘irlikka 
ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, 
biomolekulalar
deb ataladi. K ichik 
molekulali oddiy organik molekulalar 
monomerlar
deb ataladi. Ko‘p sonli 
monomerlar bir-biri bilan qo‘shilib, juda katta molekulalarni hosil qiladi. 
Ular 
makromolekula
yoki 
polimerlar
deb ataladi. Barcha tirik organizmlar 
tarkibida asosan to‘rt xil makromolekulali organik birikmalar: uglevod, 
oqsil, nuklein kislota va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota
va uglevodlar 
biopolimerlar
deb ataladi. Chunki ular bir biriga o‘xshash 
tuzilishga ega bo‘lgan monopoli merlardan ya’ni, aminokislota, nukleotid 
va monosaxaridlardan iboratdir. Lipidlar bundan istisnodir. 
Har bir tirik organizm yuqoridagi monomerlar asosida faqat o‘ziga 
xos bo‘lgan biopolimerlarni hosil qilish xususiyatiga ega. Biopolimerlar 
tirik orga nizmlarda turli xil vazifalarni bajaradi. Bularni uchta guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlar 
bo‘lib, polisa xaridlar va ayrim oqsillardan iborat. Ikkinchi guruh 
biologik funksiyalarni, masalan, katalizatorlik yoki tashish (transport) 
vazifasini bajaruvchi bio polimerlar bo‘lib, ularga asosan oqsillar kiradi. 
Uchinchi guruh axborot saqlovchi informatsion polimerlar bo‘lib, nuklein 
kislotalardan tashkil topgan. 
Bulardan eng muhimlari oqsillar va nuklein kislota lardir. Uglevodlar 
bilan lipidlar hujayrani energiya bilan ta’minlovchi biomolekulalar 
hisoblanadi. Biomolekulalarning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga 
alohida to‘xtaymiz. Ular hayot faoliyatining barcha jarayonlarida hal 
qiluvchi vazifalarni bajaradi. 
Shu bilan birga hujayralarda bir qator kichik molekulali organik mod-
dalar — gormon, pigment, shakar, aminokislota, nukleotid va boshqalar 
uchraydi. Turli tipdagi hujayralar har xil miqdordagi organik birikmalarni 
saqlaydi. Masalan, o‘simlik hujayralarida uglevod ko‘p bo‘ladi. Hayvon 
hujayralarida aksincha, oqsillar ko‘p uchraydi. Hujayraning qaysi ti pga
man subligidan qat’iy nazar, undagi organik 
moddalar o‘xshash vazifalarni 
bajaradi.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin