55
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
20- §. Hujayra tarkibiga kiruvchi suv va
anorganik moddalar
29- rasm.
Suv dipollari orasida
kimyoviy bog
‘
larning hosil
bo
‘
lish sxemasi.
suv —
tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va tabiatda keng tarqal-
gan anorganik modda. Uning miqdori keng doirada o‘zgarib turadi. Tish
emali hujayralarida 10%
ga yaqin, o‘simlik hujayralarida esa 90% dan
ko‘proq suv bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmda suvning o‘rtacha miqdori
80% ni tashkil etadi.
Hujayrada suvning ahamiyati juda katta.
Tirik organizmlar uchun suv
nafaqat ular hujayrasinining zaruriy tarkibiy qismi,
balki yashash muhi-
ti hamdir. Suvning vazifalari ko‘p jihatdan uning kimyoviy va fizikaviy
xusu siyatlari bilan aniqlanadi. Bu xususiyatlar
asosan suv molekulasining
kichikligi va ular ning qutblanishi hamda bir-biri bilan vodorod bog‘lanishi
orqali amalga oshiriladi.
Qutblanish deganda molekuladagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi
tushuniladi. Suv molekulasining bir chekkasi
kuchsiz musbat zaryadga
ega bo‘lsa, ikkinchisi manfiy bo‘ladi. Bunday molekula
dipol
deb ataladi.
Kislorodning elektromanfiy atomi vodorod atomining elektronlarini o‘ziga
tortishi tufayli elektrostatik o‘zaro ta’sir vujudga keladi va suv molekulalari
«yopishganday» bo‘ladi (29- rasm). Bu o‘zaro ta’sir ion bog‘lariga nisbatan
odatda ancha kuchsiz bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: