61
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
24- §. Uglevodlar
Murakkab oqsillarga misol keltiring.
oddiy oqsillar bir-birlaridan qaysi xususiyatlariga qarab farqlanadi?
Xromoproteinlar qanday oqsillar tarkibiga kiradi?
1.
2.
3.
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular
umumiy C
n
(h
2
o)
m
formula bilan ifodalanadi. «Uglevod»
atamasining
nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv mole-
kulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.
Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
birikma lardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishi-
da alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda
zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan,
paxta tolasini, kanop o‘sim-
ligi po‘stlog‘ini selluloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Krax-
mal esa ildizmevali, tugunakli o‘sim liklarda va donli o‘simliklarning
urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi. Hayvon hujayralarida ug-
levodlarning miqdori kam bo‘lib, 1—2% ni, ba’zan 5% ni tashkil qiladi.
o‘simlik hujayralarida esa uglevodlar ko‘p
miqdorda uchraydi va ayrim
hollarda quruq massaning 95% dan (paxta tolasida) iborat bo‘ladi. Ug-
levodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo‘linadi. Monosaxar-
idlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir. Ulardan eng muhimlari glukoza
(uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning
qondagi miqdori 0,1—0,12% ga teng. Riboza
bilan dezoksiriboza ham
monosaxaridlarga mansub va ular nuklein kislotalar tarkibida uchraydi.
Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma
disaxaridlar
deb atala-
di. Bularga saxaroza (qand lavlagi shakari), maltoza (don shakari), laktoza
(sut shakari) misol bo‘ladi.
Ko‘p sonli monosaxaridlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
murak-
kab uglevod
polisaxaridlar
deb ataladi. Kraxmal, glikogen,
selluloza kabi
moddalar polisaxaridlarga misol bo‘ladi. Paxta tolasi deyarli toza sellulo-
zadan iborat. Bularning monomerlari glukoza hisoblanadi.
Polisaxaridlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik
vazifalarni bajaradi. Masalan, selluloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini
hosil
qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin mod-