46
HUJAYRA HAQIDAGI TA
’
LIMOT
II BO‘LIM
mon tuzilishidir. Xromatin DNK va oqsildan iborat bo‘lib,
xromosomaning
spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi.
Xromosomaning spirallashgan qismlari genetik nuqtayi nazardan faolsiz.
Xromosomalarning spirallari yoyilgan qismidagi genlar faol holatda bo‘ladi.
Ularni yorug‘lik mikroskopi yordamida ko‘rib bo‘lmaydi (27- rasm).
Bo‘linayotgan hujayralarda barcha xromosomalar kuchli spirallash-
gan, qisqargan, ixcham shaklga va o‘lchamga ega. Xromosomalar shakli
birlamchi belbog
‘
yoki
sentromera
deb ataluvchi qismga bog‘liq bo‘lib,
hujayra bo‘linish (mitoz) vaqtida bo‘linish urchug‘ining ipiga yopishadi.
Sentromera xro mosomani ikki yelkaga bo‘ladi. Ular teng yelkali va teng
bo‘lmagan yoki har xil uzunlikka ega bo‘lgan xromosomalardan iboratdir
(28- rasm).
Xromosomalarni o‘rganish quyidagilarni aniqlashga imkon yaratdi.
1. Har qanday o‘simlik yoki hayvon organizmining somatik hujay-
rasidagi xromosomalar soni bir xil.
2. Har qanday organizmning
jinsiy hujayrasi hamma vaqt somatik hujayraga nisbatan ikki barobar
kam xromosomaga ega.
3. Bir turga mansub barcha organizmlarning
hujayrasidagi xromoso ma lar soni bir xilda bo‘ladi.
Hujayradagi xromosomalar soni turning tuzilish darajasiga bog‘liq emas
va har vaqt ham ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini ko‘rsatmaydi.
Ular ning soni tizim guruhiga bir-biridan ancha uzoqda turgan vakillarda
bir xil va aksincha kelib chiqishi yaqin bo‘lgan turlarda esa har xil mi-
qdordagi xromosomalar uchrashi mumkin. Masalan, har xil turga mansub
bo‘lgan va sistematik guruhda bir-biridan ancha uzoq joylashgan shimpanze
Dostları ilə paylaş: