A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.
5.
Eukariot hujayralar qanday paydo bo‘lgan?
Eukariot hujayralarning turli tumanligiga misollar keltiring.
Hujayralarni oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkinmi?
Tashqi sitoplazmatik membrananing vazifalari nimalardan iborat?
Sitoplazmadagi turli xil moddalar to‘plami nima deb aytiladi?


43
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
Golji majmuasida
lizosomalarning hosil 
bo

lishi.
Lizosoma
25- rasm.
Ribosoma RNKsi yadrodagi DNK molekulasi yordamida hosil bo‘ladi. 
o‘sha joyda ribosomalar ham shakllanadi va yadrodan tashqariga chiqa-
di. Sitoplazmada ribosomalar erkin yoki endoplazmatik to‘rning tashqi 
yuzasiga birikkan holda joylashishi mumkin. Ribosomalar deyarli barcha 
hujayralar: prokariot va eukariotlarda uchraydi.
Golji majmuasi (apparati)ning asosiy qurilma elementi — silliq 
mem bra na bilan chegaralangan bo‘shliqlar (sisterna) tizimi, vakuolalar 
va kichik pufakchalarni paydo qiladi (25- rasm). Endoplazmatik to‘r 
membranalarida hosil bo‘lgan oqsillar, polisaxaridlar, yog‘lar Golji ma-
jmuasiga tashiladi. U ning ichida bu birikmalar o‘zgarishga uchraydi va 
ajralishga tayyor shira sifatida o‘ralib, kerakli joylarga uzatiladi yoki hu-
jayraning hayot faoliyati uchun foydalaniladi.
lizosomalar (yunoncha — “lizeo” — eritaman) uncha katta bo‘l ma-
gan yassi tanachalardir. Dia metri 0,4 mkm bo‘lib, bir qavat membrana 
bilan o‘ralgan. Ularning ichki qismi ozuqlarni parchalovchi fermentlar 
bilan to‘lgan. Bu fermentlar oqsillar, karbon suvlar, nuklein kislotalar, 
yog‘lar va boshqa moddalarni parcha lash xususiyatiga ega. Lizosomalar 
Golji maj mua si dan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri en do p laz matik to‘rdan hosil 
bo‘li shi mumkin.
Mitoxondriya (yunoncha —“mitos” — ip va “xondro” — dona) bir 
va ko‘p hujayrali organizmlarning barcha eukariot hujayralarida mavjud. 
Mitoxondriyalarning hayvon va o‘simlik 
olamida bunday keng tarqalishi ularni 
hujayrada muhim ahamiyatga ega ekan-
ligidan darak beradi.
Mitoxondriyalar turli-tuman shakl-
larda: yumaloq, yassi, silindrsimon va
hatto ipsimon ko‘rinishda ham uch -
raydi. Ular 0,2 dan 15—20 mkm kat-
talikka ega. Ipsimon shakl larning uzun-
ligi 15—20 mkm gacha boradi. Turli xil 
to‘qi malardagi mito xondriyalarning soni 
bir xil emas va hujayraning funksional 
faolligiga bog‘liq. Ularning soni sintez 
jarayonlari jadal amalga oshirilayotgan 
(jigar) yoki ko‘p energiya sarfla na digan 
hujayra larda ko‘p bo‘ladi. 



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin