Yer sharining ba’zi hududlari, jumladan, Amerikaning shimoliy qismi, Rossiyaning shimoli-sharq rayonlaridagi tog‘ jinslari uzoq yillar mobay- nida doimiy muzlagan holatda yotadi (17.1-jadval). Ana shu jins qatlam- larida u yoki bu darajada, turlicha chuqurliklarda yer osti suvlari uchraydi.
17.1-jadval
DOIMIY MUZLAGAN TOG‘ JINSLARI QATLAMLARI QALINLIGINING YER SHARINING BA’ZI HUDUDLARI BO‘YLAB O‘ZGARISHI
(G. V. Bogomolov ma’lumotlari asosida)
Muzlagan jinslar tarqalgan hududlar
|
Muzlagan jins qatlamlarining qalinligi, m
|
G‘arbiy Shpitsbergen
| |
Alyaska (Yuqon daryosining o‘rta oqimi)
|
120
|
Gudzon bo‘g‘ozi (Cherchil porti)
|
38
|
Gudzon bo‘g‘ozi (Nelson porti)
|
10
|
Rossiyaning shimoli-sharqiy hududlari (Shimoliy Taymir yarim orolida, Oymyakon, Yoqutiston rayonlarida)
|
Yer sathidan 3—15 va 15—30 metrdan chuqurlikda doimiy muzlagan holatda yotadi
| MUZLAGAN QATLAM USTI SUVLARI
Bu turkumga kiruvchi yer osti suvlari doimiy muzlagan tog‘ jins qatlamlarining ustki yer sathiga yaqin qismida vujudga keladi va yil fasllari bo‘ylab goh erib, goh yana muz holatiga aylanib turadi. Shuning uchun bu suvli qatlamni fanda aktiv faoliyatli qatlam deb ham yuritiladi. Bu qatlamda yillik harorat turli rayonlarda turlicha o‘zgarish xarakteriga ega. Masalan, Taymir orolining shimoliy qismida o‘rtacha yillik harorat 10—15 m chuqurlikda 13—15°C bo‘lsa, Oymyakonda — 10—12°C, Yoqutistonda esa 10—12 m da 4°C, Chitada — 2°C o‘zgaradi (M. O. Se- denko, 1979). Aktiv faoliyatli qatlamning qalinligi Rossiyaning shimoli sharqida 30 m ga yetadi. Bu chuqurlikdan pastda doimiy muzliklar qat- lami boshlanadi.
Muzlagan tog‘ jinslari qatlam usti suvining oziqlanishida yer usti suv oqimi bilan bir qatorda pastki qatlamlardan oqib chiquvchi qatlam- lararo va yoriq suvlarining ham ahamiyati katta (17.1-rasm). Qatlam usti suvlar kuz fasli oxirlaridan boshlab ustki tomonidan pastga qarab sekin-asta muzlay boshlaydi. Natijada mahalliy, fasliy xarakterga ega bo‘lgan bosimli suvga aylanishi ham mumkin. Bunday suvlarning vujudga kelishida qatlamlarning yer sathi tuzilishiga, jinslar tarkibiga va xossa, xususiyatlariga, ularning muzlaganlik darajalariga bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |