Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari Reja I. Kirish II. Asosiy qism Abadiy muzlik jinslaridagi yer osti suvlari



Yüklə 492,7 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü492,7 Kb.
#181872
1   2   3
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

MUZLAGAN QATLAMLARARO SUVLAR


N. I. Tolstixin bo‘yicha, muzlagan qatlamlararo suvlarga muzlagan tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida harakat qiluvchi suvlar hamda tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi, jins zarralarini qovushtirib turuvchi muzlar, muz uyumlari kiradi. Suyuq holatda harakat qiluvchi suvlar ko‘p holatda yuqori darajada minerallashgan bo‘lib, aniq, yagona oziqlanish oblastiga ega bo‘lmaydi. Bu suvlarning paydo bo‘lishida muzlagan jins usti suvlari, muzdan tushgan yoki pastga harakat qiluvchi erigan yax suvlari, past qatlamlar yoriqlari orqali ko‘tarilib chiqib turuvchi suvlar o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Yotish va harakat qilish holatiga qarab ular g‘ovak qatlamli, yoriq, tomirli suvlar guruhiga kiradi. G‘ovak-qatlamli suvlar, asosan, alluvial yotqiziqlar faoliyati bilan, yoriq va tomir suvlar tektonik yoriqlar, uzilmalar faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga keladi.







17.1-rasm. Gidrolakkalit. 1 — muzlagan qatlam usti suvi; 2 — muzga aylangan yer osti suvi; 3 — muzlagan jins qatlamidagi suvli yoriqlar.

Qatlamlararo yer osti suvlari Rossiyaning Markaziy Yoqutiston ray- onlarida, Novosibirsk, Lyaxov orollarida, Lena daryosi oqimining pastki qismlarida keng tarqalgan bo‘lib, suvli qatlamlarining qalinligi bir necha metrdan bir qancha o‘n, yuz metrlarga borishi mumkin.


Qatlamlararo yer osti suvlarining muzlashi, muzga aylanishi ba’zan yer sathi va yer osti qatlamlari ko‘tarilishiga, bukilishiga, baland- pastliklar vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi (17.1-rasm). Qatlamlararo suvlarni yuqorigi yoriqlar orqali ko‘tarilish va yig‘ilib yaxlashi oqibatida vujudga kelgan shakllarning ba’zilari N. I. Tolstixin tomonidan gidro- lakkalitlar nomi bilan atalgan. Gidrolakkalitlar yuqoridagi yer sathida yuz beradigan baland-plastliklar paydo bo‘lishida asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Yer sathidagi bunday o‘zgarishlarning mavjudligi o‘z nav- batida shu maydonda qatlamlararo suvning mavjudligidan dalolat beradi.

Xulosa




Doimiy yoki ko‘p yillik muzlagan jinslar qatlamlaridagi va ularning ostki qismida paydo bo‘lgan hamma yer osti suvlari shu turkumga kiradi. Bu suvlar muzlagan jinslar usti, muzlagan jinslar oralig‘ida paydo bo‘lgan suvlarga qaraganda o‘z joyiga nisbatan doimiyligi, suv sarfining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Vujudga kelishidagi asosiy omillar bo‘lib, abadiy, ko‘p yillik muzlar erishi oqibatida paydo bo‘lgan suv, atmosfera yog‘ini va yer usti suv oqimlari hisoblanadi. Qatlamlar osti suvlari minerallashgan va minerallashmagan holatda uchraydi. Asosan bosimli bo‘lib, tog‘ jinslari g‘ovaklariga, karst bo‘shliqlariga, tektonik yoriqlarga joylashgan. Muzlagan qatlam osti suvlar N. I. Tolstixin bo‘yicha alluvial, g‘ovak-qatlamli, yoriq qatlamli, yoriq, g‘ovak-karstli guruhlarga bo‘linadi. Alluvial qatlam osti suvlari, alluvial guruhdagi tog‘ jinslarining tarqalishi, yotish holatlari, qalinligi, litologik va petrografik tarkibiga bog‘liq holda vujudga keladi. Oziqlanishi atmosfera yog‘inlari, erigan muz va yax suvlari hamda qoya tog‘ jinslari yoriqlaridagi suvlar alluvial jins qatlamiga oqib kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jins qatlamlaridagi suvlarning harorati nolga yaqin bo‘lib, yoriq suvlar oqib kirish zonalarida esa ancha yuqori darajada bo‘lishi bilan, organik moddalar kamligi bilan xarakterlanadi. G‘ovak-qatlamli suvlar katta yoshdagi cho‘kindi jinslarining g‘ovaklari va qatlamlarida paydo bo‘lib, bosimliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu qatlam osti suvlari tarqalgan hududlarda artezian suv havzalari mavjud. Yoriq qatlamli suvlar, asosan, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan gil jinsla-
ri qatlamlari oralig‘ida yotuvchi seryoriqli qoya tosh jinslari, jumladan, qumtoshlar, konglomeratlar, ohaktoshlar yoriqlari bo‘ylab harakat qiladi. Ba’zan bir necha suvli gorizontlardan, qatlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘n, hatto yuz metrli suv bosimga ega.
Yoriq, yoriq-karst bo‘shliqlaridagi muzlagan qatlam osti suvlari tektonik burmalanish, uzilish, yorilish jarayonlari yuz bergan hududlarda, karst bo‘shliqlari mavjud bo‘lgan tog‘ jinslari tarqalgan maydonlarda paydo bo‘ladi. Bunday suvli maydonlar Rossiyaning Aldan, Lena daryolari havzalarida, Zabaykalyening ko‘p qismlarda o‘z rivojini topgan.
Abadiy va ko‘p yillik muzliklar bilan qoplangan hududlarda yer osti suvlarining yer yuzasiga buloqlar ko‘rinishidagi oqib chiqish holatlari ham mavjud. Buloqlar o‘zlarining oqib chiqish manbalariga qarab yuqoridan pastga oquvchi va pastdan yuqoriga otilib chiquvchi guruhlarga bo‘linadi.


17.2-rasm. Muzlagan jinslarning yil mobaynida erishi va qayta muzlashi oqibatida vujudga keluvchi buloqlar (N.I.Tolstixin bo‘yicha):
a — yozdagi va b qishdagi holati; 1 — aktiv faoliyatli qatlam; 2 — otqindi tog‘ jinslar; 3 — muzlagan otqindi tog‘ jinslar; 4 — fasllar mobaynida muzlash chegaralari. Yuqoridan pastga qarab oquvchi buloqlar asosan muzlagan qatlam usti suvlari harakati bilan bog‘liq bo‘lib, mahalliy eroziya bazasidan yuqorida joylashgan bo‘ladi va ulardan oqib chiquvchi suvning sarfi yil mobaynida nihoyatda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Shuning uchun bu guruhdagi buloqlar f a s l i y va d o i m i y oquvchi buloqlarga ajraladi.
Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar muzlagan qatlam osti suvlarining yer yuzasiga ma’lum bosim ostida otilib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday buloqlarga oqib kelayotgan yer osti suvlari yil mobaynida goh muzlash va yana suv oqimiga aylanishi mumkin (17.2-rasm). Shu- ning uchun ular vaqt-vaqti bilan qurib qoluvchi, fasllararo o‘zgaruv- chan, o‘z oqib chiqish joyini o‘zgartirib turuvchi, doimiy sarfli, yil mobaynida oqib turuvchi va doimiy sarfga ega bo‘lmagan buloqlar turlariga bo‘linadi (Sedenko, 1979).
Foydalanilgan adabiyotlar









Yüklə 492,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin