Аbdullа аvloniy ijodi



Yüklə 310,52 Kb.
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü310,52 Kb.
#189418
1   2   3   4   5   6   7
ABDULLA AVLONIY O\'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING ILK NAMOYONDASI. KURS ISHI OPACHA

II. BOB. ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA AXLOQIY QARASHLARINING AKS ETISHI.
2.1. Abdulla Avloniyning darsliklarining yaratilish tarixi
Darsliklar yaratish, ularni nashrdan chiqarish ishlari katta bilim, malaka hamda mablag` talab qilar edi. Shuning uchun ham Toshkentda Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxon o`g`li, Samarqandda Mahmudxo`ja Behbudiy, Buxoroda Abdulvohid Munzim, Shamidxo`ja Mehriy, Sadriddiy Ayniy, Qo`qonda Shamza Shakimzoda, Ashirali Zohiriylar o`lkada faoliyat ko`rsatgan dastlabki xayriya jamiyatlarining, shirkatlarining tashkilotlari, muassislari edilar.
A.Avloniy 1909-yilda «Xayriya jamiyat» ochdi. Bu jamiyat Turkiston o`lkasida ochilgan birinchi rasmiy jamiyat edi. Bu haqda Orenburgda chiqadigan «Vaqt» hamda «Sadoyi Turkiston» gazetalarida xabar bosilgan. Jamiyatning 1909-yil 12 mayda rasmiy ro`yxatdan o`tkazganligi haqidagi Nizomda uning faoliyat doirasi aniq belgilangan. Unda yoshlarni o`qitish, iqtidorli yoshlarni taraqqiyot etgan chet el oliy o`quv yurtlariga yuborish, ularni stipendiya bilan ta`minlash, yangi ochilayotgan maktablar uchun darsliklar nashr etish, kambag`al bolalarni bepul o`qitish va o`quv qurollari bilan ta`minlash kabi 41 moddadan iborat masalalar mavjud edi. Jamiyat muassislari: ToshShoji Tuyoqboyev (atoqli pedagog Yusuf Tohiriyning otasi), Nizomqori Mulla Shusanov, Mulla Abdulla Avlonov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Bashirullo Asatillaxo`jayev1.
Ushbu jamiyat qoshida «Turkiston kutubxonasi» shirkati tashkil etiladi. Shirkat o`z oldiga maktablar uchun darsliklar nashr etish, Rusiyaning turli o`lkalarida nashr etilgan darsliklarni sotib olish va Turkiston maktablariga arzon narxlarda tarqatish maqsadini qo`ygan edi. Turkiston o`lkasida yaratilgan deyarli hamma darsliklar «Turkiston kutubxonasi» muassisligida bosmadan chiqqan. Bunday darsliklar oxirida muallifi narxi va qayerdan sotib olish manzili berilar edi. Masalan, Muhammad Rasul Rasuliyning «Bolalar bog`chasi» darsligi oxirida shunday e`lonni o`qiymiz: «Ibtidoiy maktablarning birinchi sinf shogirdlari uchun turli kitoblardan olinub, ochiq til va yengil tarkiblar ila yozilish qiroat kitobidur. Nashiri «Turkiston kutubxonasi». Murojaat uchun adres: Eski Toshkand «Turkiston kutubxonasi»1.
Xayriya jamiyati o`lkadagi barcha hur fikrli ziyoli yoshlarni, boylarni o`z atrofiga birlashtirdi.
Abdulla Avloniy usuli jadid maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ishiga alohida e`tibor berdi. 1905-1917-yillar orasida o`nga yaqin darslik va qo`llanmalar yaratdi. Bu o`rinda «Birinchi muallim» alifbo darsligi alohida o`rin tutadi. Usuli savtiya (tovush usuli) metodida birinchi bor alifbo yaratgan pedagog Saidrasul Saidazizovdir. Undan keyin nisbatan mukammal o`nga yaqin alifbo darsliklari vujudga keldi. A.Avloniyning «Birinchi muallim», Abduvahob Ibodiyning «Tahsilul alifbo» hamda Muhammadkarim Shoji Faxriddinovning «Rahbari avval» darslik-alifbolari usuli maddiya metodida yaratilgan. A.Avloniy «Birinchi muallim» alifbosini usuli jadid maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun 1912-yilda V.M.Ilin matbaasida bosmadan chiqardi.
Usuli maddiya qoidasiga binoan muallif dastlab alifning so`zning uch o`rnida: boshida, o`rtasida va oxirida yozilishini ko`rsatib, barcha bosh harflarga alifning qo`shilishini ko`rsatadi va madd-bo`g`in hosil qiladi.
Usuli maddiya qoidasiga asosan, ba`zi so`zlar ma`no ifodalamaydi, ya`ni alifbo muallifi harflarning shaklini ko`rsatishgagina e`tibor beradi. Bu usuli maddiyaning salbiy tomoni deb qaralishi kerak.
Ushbu alifbo darsligi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi alifbo qismida harflar tanitiladi, ularning so`z o`rniga qarab oladigan shakllari o`rgatiladi. O`qitishni soddaroq shaklga ega bo`lgan harflardan boshlaydi, ya`ni darslar soddadan murakkabga o`tib boradi. A.Avloniy darslik tuzishda ham, dars berish jarayonida ham didaktik prinsiplarga to`la amal qildi. Darslikning alifbo qismi olti oyga mo`ljallangan. Ushbu qismda o`qish bilan parallel yozishga ham o`rgatib boriladi.
Darslikning ikkinchi qismi bolalarbop pand-nasihatlar, ta`limiy-tarbiyaviy xarakterdagi kichik-kichik hikoyalar, she`riy manzumalardan tashkil topgan. «Birinchi muallim» darsligidagi pandnomalarda o`zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Poshshoxo`ja (1480 ­ XVI-asr birinchi yarmi)ning «Miftox ul-adl» («Adolat kaliti») hamda «Gulzor» hikoyalar to`plamlardagi mashhur hikoyalarni bolalarbop qilib qayta ishlaganligi ham seziladi. Ma`lumki, Poshshoxo`ja to`plamlarida axloqiy-ta`limiy masalalarga bag`ishlangan hikoyalar anchagina. Shu nuqtai nazardan to`g`rilik, rostgo`ylik g`oyasini ilgari suruvchi «Sulton Sanjar Moziy va to`qri daraxtli kampir» hikoyasi e`tiborga loyiq. A.Avloniy ushbu hikoyaga ijodiy yondashgan, bolalar ruhiyatiga, tarbiyasiga ancha yaqinlashtirgan. Avloniy hikoyasi shunday mazmunda:
Bir kampirning hovlisida tut daraxti bor bo`lib, nihoyatda tik va to`g`ri o`sgan edi. Kampir tut pishgan vaqtda uni quritib sotar va tirikchiligini shundan o`tkazar edi. Podshoh bir ayvon qurdirmoqchi bo`ladi, ustun uchun to`g`ri yog`och topish ancha mushkul kechadi. Oxirida kampirning hovlisidagi tut daraxti podshoh ayvonga mos kelishi ma`lum bo`ladi. Podshoh tut daraxtini ming oltinga sotib oladi, kampir «boy xotin» nomini oladi. Nihoyatda to`g`ri o`sgan tut daraxti ayvonga go`zallik bag`ishlaydi. Poshshoxo`janing «Gulzor» to`plamiga kirgan «Sulton Sanjar Moziy va to`g`ri daraxtli kampir» hikoyatida ayvonni va ustunni tomosha qilgani kelgan kampir ustun bo`lgan daraxtiga shunday murojaat qiladi: «Ey yig`och, rostlig`ingdin o`zingni ham, meni ham tillapo`sh qilding». A.Avloniyda «To`g`rilik» nomi bilan berilgan ushbu hikoyada kampir ustun bo`lgan tutining to`g`ri o`sganligiga «qissadan hissa» sifatiga shunday murojaat qiladi:
«Ey tutim, to`g`rilig`ing qildi bizi davlatga yor,
Egri bo`lsang, san o`tun bo`lg`ay eding, man xor-zor.
To`g`rilar jannatning ayvonindadur,
O`g`rilar ranju alam konindadur.
Ushbu hikoya Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida to`g`rilik va rostgo`ylik bobida ham berilgan. Abdulla Avloniy Navoiy va Poshshoxo`ja asarlariga ijodiy yondashgan va bu hikoyani bolalar ruhiyatiga ancha moslashtirgan. Uchala muallif asarining pafosi bir: to`g`rilik, rostgo`ylik insonni sharaflaydi.
Atoqli pedagog, dramaturg Shoji Muin o`zining «O`zbekcha alifbolar tarixi» maqolasida 1900-yildan 1925-yilgacha yaratilgan alifbolarga obzor berib, A.Avloniy «Birinchi muallim» asarini Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» hamda Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining «Adibi avval» asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi ­ «Birinchi muallim». Bu alifbo 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozilib, Toshkentda «Maktab» kutubxonasining xarji bilan bosildi. Oktabr o`zgarishigacha 4-5 qatla bosilib chiqdi»1. A.Avloniy mazkur alifbo darsligini yaratishda usuli savtiya metodida yaratilgan dastlabki darsliklar (Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» - 1902-yil, Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining «Adibi avval» - 1907-yil)ni chuqur o`rgandi, o`zining amaliy pedagogik faoliyatidan keng foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alohida e`tibor berdi, o`qishning eng oson usullarini qo`llashga harakat qildi. Bu haqda A.Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o`qutub ko`rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning ta`m va mazasi vordur. Bu «bo`y» va ta`m esa tajriba sohiblarina kashf va ma`lum o`lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o`lur umidunda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko`b vaqt tajriba so`ngidan bu risolai ojizanomani «Birinchi muallim» ismi-la maydoni intishora qo`ydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak».
Aytib o`tilganidek, har bir didaktik, hajman nihoyatda mo`jaz hikoyaning oxirida ta`limiy ahamiyatga ega bo`lgan «qissadan hissa» chiqariladi, ular hammasi she`riy shaklda.
Alifbo muallifi bolalarbop hikoyalar tanlash, ularning bolalar axloqini shakllantirishdagi ahamiyati masalasiga alohida e`tiborni qaratadi. Shu nuqtai nazardan «Yaxshilik yerda qolmas» hikoyasi katta ahamiyatga loyiq. Shikoya Sharq ertaklaridan ta`sirlanib yaratilganligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Asar mazmuniga e`tibor bering. Ari suv ustida uchib borayotib, birdan suvga qulab tushadi, qanotlari ho`l bo`lib, uchishga madori qolmay, suvga g`arq bo`la boshlaydi. Arining ahvoliga kabutarning rahmi kelib, suvga bir cho`p tashlaydi va ari uni kema qilib, suv balosidan omon qoladi. Bir kuni kabutar bola qo`ygan tuzoqqa ilinadi, ari ham unga yordam berishga oshiqadi va u bolaning qulog`ini chunonan chaqadiki, tuzoqni tashlab, qulog`ini ushlaydi. Kabutar vaqtni g`animat bilib, tuzoqdan qutuladi. Muallifning bu hikoyadan qo`zlagan maqsadi bolalarni yomon ishlardan qaytarish, iloji boricha kishilarga yaxshilik qilish, hamkorlik, hamdo`stlik g`oyasini singdirishdir. Bu maqsad alifbo muallifi tomonidan chiqarilgan qissadan hissada yanada yorqinroq namoyon bo`lgan:

Yaxshilik qilsang, bo`lur joning omon,


Yaxshilikdan hech kishi qilmas ziyon.
Yaxshi so`z birlan ilon indan chiqar,
So`z yomon bo`lsa, pichoq qindan chiqar.

Ushbu alifbo darsligining besh marta nashr qilinishi uning usuli savtiyai tadrijiya maktablarida keng qo`llanganligidan dalolat beradi.


Abdulla Avloniy 1912-yilda usuli jadid maktablarining ikkinchi sinfi uchun o`qish kitobi sifatida «Ikkinchi muallim» darslik majmuasini yaratdi. Muallif maqsaddan kelib chiqqan holda ta`lim-tarbiyaga oid mo`jaz, ravon, bolalarbop hikoyalar, manzumalar yaratgan kitobning titul varag`ida:

Shavkati inson erur ilmu adob,


E`tibor etmas anga molu nasab, -

bayti epigraf sifatida berilgan. Darslik «Muqaddima», «Aql», «Salavot» dan keyin badiiy matn sifatida 9-banddan iborat maktabni ulug`lovchi, ilm-ma`rifatga da`vat etuvchi «Maktab» she`ri bilan boshlanadi. «Ikkinchi muallim» darsligidagi ba`zi bir hikoyalar keyingi yuqori sinflarda nisbatan murakkabroq mavzularni o`z ichiga olgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarini o`rganishga tayyorlash vazifasini ham bajaradi.


Pedagogning «Ikkinchi muallim» darsligi bilan bog`liq bir muhim masalaga e`tiborni qaratish kerak. Bu ­ Aql. Aqlga hamma islom mutafakkirlari alohida e`tiborni qaratadilar. Abdulla Avloniy o`z oldiga savol qo`yadi: XX-asrga kelib nima sababdan millat, Vatan ayanchli ahvolga tushib qoladi? Asar muallifi buning asosiy sababini xalqning ilm-ma`rifatdan uzoqlashganida, Olloh in`om etgan aql bilan ish yuritmaganligida deb bildi. Inson, demak, millat aql bilangina barkamollikka erishishi mumkin. Shuning uchun ham u aqlni Olloh bergan eng buyuk ne`mat deb bildi: «Janob Shaq bizga bergan ne`matlar orasida Aqldan aziz va qimmatli narsa yo`qdur».
A.Avloniy «ochiq til va oson tarkib ila yozulib, axloqiy hikoyalar, adabiy she`rlar ila ziynatlanmish» deb ta`kidlaganidek, darslikning keyingi nashrlari (3 marta nashr qilingan ­ U.D.) zarif hikoya va she`rlar bilan to`ldirib borilgan: birinchi nashrida 38 mavzuda, 1917-yil 3-nashrida 44 nomda matn berilgan.
Mutafakkir «Birinchi muallim»dagi kabi «Ikkinchi muallim»da ham birinchi adabiy matn sifatida «Maktab» she`rini kiritgan. Bu bejiz emas. Millat istiqboli, Vatan istiqloli maktabdan boshlanadi, jaholatdan, nodonlikdan qutulishning birdan-bir yo`li maktabdir:

Maktab sizi inson qilur,


Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g`ami vayron qilur,
/ayrat qilub o`qing, o`g`lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
/ayrat qilub o`qing, o`g`lon!
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o`quv asbob-jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag`al kishilarning bolalari bo`lganligi uchun ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta`minlash maqsadida, do`stlarining ko`magida «Jamiyati xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do`konini ochdi. Avloniyning maktabi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga ko`ra mashg`ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o`z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o`z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma`lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning ilk o`quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi:
«Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yo`l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug`i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: «Miroboddagi maktab 6 oyda o`qish-yozishni o`rgatarmish, jo`g`rofiya, hisob, tabiatni o`rganish degan darslar o`qitilarmish», — degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko`rishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to`rttamiz borishga jazm qildik.
Maktab pastakkina, nim qorong`u bo`lib, masjid yo`lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug`lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg`ir ham tushib turardi. Lekin xonada o`quvchilar va domlaning shogirdlari ko`p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho`qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O`qishga qabul qilindik. Ko`p o`tmay ko`z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to`la ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo`lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o`qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo`shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to`ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi1».
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to`rt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o`qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug`lab, o`z xalqini ilmli, madaniyatli bo`lishga chaqiradi.
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o`ziga xos o`ringa ega; «Birinchi muallim» 1917 yil to`ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo`lar, desak xato bo`lmas.
Kitob maktabni olqishlovchi she`r bilan boshlanadi:

Maktab sizi inson qilur,


Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g`ami vayron qilur,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!

Maktabdadur ilmu kamol,


Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!

Bu she`rda Avloniy maktabni insonning najot yo`li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.


Kitobdagi dastlabki berilgan ikki hikoya «Saxiylik» va «Baxillik» deb nomlangan. Birinchi hikoyada o`sha davr turmushiga xos bo`lgan voqyea tasvirlanadi. Said ismli bolaning otasi har kuni o`g`li maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat puli berardi. Bir kuni Said maktab yo`lida faqir kishini uchratadi.
«O`g`lim ikki kundan beri ochman, taom olib yey desam ustimdagi yirtiq choponimdan boshqa hech narsam yo`q»,— deydi u. Said qo`lidagi 10 tiyinni beradi va o`sha kunni ovqatlanmasdan o`tkazadi. Otasi o`g`lonning olijanobligidan mamnun bo`ladi, «Saxiy Saidim» deb olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi.
«Baxillik» hikoyasida bir badavlat kishi misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko`rsatiladi.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta`limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning «+utadg`u bilig», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Sa`diyning «Guliston» va «Bo`ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo`lib o`sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo`l uzatmak kabidur», — deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g`oyat katta ahamiyatga ega.
O`zbek pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya`ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta`rif berdi. Tabiiy bunday ta`rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to`rt bo`limga ajratadi:
1. «Tarbiyaning zamoni».
2. «Badan tarbiyasi».
3. «Fikr tarbiyasi».
4. «Axloq tarbiyasi» haqida hamda uning ahamiyati to`g`risida fikr yuritadi.
«Tarbiyaning zamoni» bo`limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta`kidlaydi.
«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot—yo mamot, yo najot—yo halokat, yo saodat—yo falokat masalasidur» deb uqtiradi, Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo`lishi avlodlar tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`liq, deb hisoblaydi adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan — uy, bog`cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma`noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo`ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog`ligi haqida g`amxo`rlik qilishi lozimligini uqtiradi.
Avloniyning fikricha, sog`lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o`qumoq, o`qutmoq, o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir».
Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog`lom qilib o`stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatlariga alohida e`tibor beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o`stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug`ullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog`liqdur».
Ayni zamonda muallif ta`lim va tarbiya uzviy bog`liq ekanini ham ta`kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo`lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur»2— deydi.
Avloniy idrok va zako deb ochuq fikrni, xushtabiat, ziyrak bo`lmoqni tushunadi. U idrok va zakoni ma`rifatparvarlik bilan bog`lab, «yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmoq uchun aziz umrimizni o`yin-kulgu, safsata, moloya`ni kabi behuda so`zlar ila o`tkarmay, har xil kitob, g`azeta va jurnallarni o`qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmoq lozimdur».
Bu esa Avloniyning xalqni ma`rifatga tashviq qilganidan dalolat beradi. Xususan, shoirning quyidagi she`ri fikrimizning dalili bo`la oladi:

Idrok ila aqling-la ayur yaxshi-yomonni,


Behudaga sarf etma, shu qimmatli zamonni.
Sa`y et, jadal et, ilmu fununa harakat qil,
Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni

Abdulla avloniy o`z ona tilini mukammal bilish, har bir so`zni o`z o`rnida ishlatish, milliy adabiy tilining taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, — deydi. «Har bir millatning dunyoda borligin ko`rsaturg`on oynai hayoti: til va adabiyotidur. Milliy tilni yo`qotmoq millatning ruhini yo`qotmoqdur. Hayhot! Biz Turkistonliklar milliy tilni saqlamoq, bir tarafda tursun kundan-kun unutmoq va yo`qotmoqdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini yopishtirmoqdadurmiz. Durust, rus tilini bilishimi kerak, lekin o`z yerinda ishlatmoq va so`zlamoq lozimdur. Zig`ir yog`i solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmoq tilning ruhini buzadur.





Yüklə 310,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin