partiya siyosatini, xalqlar dohiysini sharaflab asarlar bitayotgan bir pallada
Qahhorning sovet voqeligini qoʻyib, kechmishga yuz oʻgirishi, zamonning ilgʻor
kishilari, ijobiy qahramonlari qolib, qandaydir kichik odamlar, qoloq kimsalar
hayotidan asarlar yozishini qanday baholash mumkin? 30-yillarda Qahhorni
kechmish haqida, haq-huquqi, insonlik sha’ni poymol etilayotgan, xoʻrlangan,
tahqirlangan kichik odamlar, nodon kimsalar haqida yozishga ilhomlantirgan bosh
omil aslida adibning zamonasiga munosabati emasmikan? Bunday tamoyil 40-
yillarda yozilgan qator asarlarida ham davom etdi.Adib dunyoga kelib, esini tanib,
ilk bor koʻnglida ogʻir taassurot qoldirgan narsa — hayotda keng tarqalgan
tengsizlik, mutelik, fikrlashdan mahrumlik, qullik psixologiyasidir. Yozuvchining
ilk muvaffaqiyatli chiqqan hikoyasi “Boshsiz odam”dayoq mustaqil fikrlashdan
mahrum, mute bir kimsaning hajviy xarakteri yaratilgan. Shundan keyin yozuvchi
butun ijodi davomida bu toifa nomustaqil, mute odamlar obraziga takror-takror
murojaat etadi. Har gal bu ijtimoiy illatning qandaydir yangi bir qirrasini ochadi.
Shaxs erki, huquqi, mutelik, qullik psixologiyasi ifodasi, talqini bobida XX
asr adabiyotida Choʻlpon an’analarini eng izchil davom ettirgan adib ayni shu
Qahhorning oʻzidir. Qahhorning yuqorida tilga olingan asarlari, personajlari xuddi
Choʻlpondagi kabi mustabid tuzum sharoitida inson haq-huquqining poymol
etilishiga qarshi oʻziga xos isyondir.
Asosiy qism
1.
Abdulla Qahhorning satirik hikoyalarining oʻziga xosligi.
Abdulla Qahhorning XX asr oʻzbek adabiyotida realistik hikoya ustasi bo’lib
yetishishi, shuhrat qozonishi tasodifiy emas. Birinchidan, Qahhor ko’p asrlik oʻ
zbek adabiyoti real hayotga keskin yuz oʻgirgan, bu davrda Yevropa zamonaviy
jahon adabiyoti tajribalariga tayanayotgan, Qodiriy romanlari, Choʻlpon lirikasi,
hikoyalari, Fitrat, Hamza dramalari orqali yangi yoʻlga tushib olgan, realizm milliy
adabiyotda yetakchi oqimga aylanib borayotgan bir pallada ijod maydoniga tushdi.
Garchi Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, qolaversa, tengdoshlari Oybek bilan Gʻafur Gʻ
ulomlar hikoya janrida qalam tebratayotgan boʻlsalar-da, ular iste’dodi, tabiati,
badiiy tafakkur tarziga koʻra bu “Janrning odami” emas edilar. Qahhorning
“yozuvchi janrni emas, janr yozuvchini tanlaydi”, degan gapi bor.Qahhor iste’dodi,
badiiy tafakkur tarzi har jihatdan hayot hodisalarini hikoya shaklida koʻrish, idrok
etishga moyildir. Goʻyo u hikoya uchun tugʻilgan edi, roman, qissa, drammalarida
ham adibning hikoya shakliga xos fikrlash tarzi shundoq sezilib, koʻrinib turadi;
uning roman, qissa, drammalari oʻziga xos alohida-alohida epizodlar, bir-biri bilan
bogʻlangan hikoyalar majmuasidan iboratga oʻxshaydi. Xullas, Alloh in’om etgan
iste’dodi, tabiati Qahhor zimmasiga milliy adabiyotimizda realistik
hikoyachilikning asoschisi boʻlish mas’uliyatini yukladi.Qahhor hikoyalari,
birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi.
Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan boʻlib oʻtgan voqea, real
hayotning bir boʻlagi, epizodi boʻlib gavdalanadi; hikoyalarning koʻpchiligi real
hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda oʻzi koʻrgan, eshitgan hodisalardan,
tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. “Agar
yozuvchilik turmushdan nusxa koʻchirishdan iborat boʻlsa, dunyoda bundan oson
ish boʻlmas edi, — deydi adib. — Hayotdan aynan koʻchirish kitobdan koʻ
chirishday gap.Nusxa nusxa boʻlib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik
kutib boʻlmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan oʻtkazish, uni his qilish, unga
oʻylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qoʻshib ifodalash bilan yuzaga
keladi”. Zotan, yozuvchi hikoyalaridagi hayotiylik, ishontirish kuchi, siri ana
shunda. Bundan ham muhimi, yozuvchining oʻsha hayot hodisalarini oʻziga xos
tarzda badiiy idrok etishi, magʻzini chaqib, ulardan xilma-xil original va teran
ma’nolar topishi — kashf etishi hikoyalariga oʻziga xos joziba baxsh etgan.
Abdulla Qahhorning hikoyalarining o`ziga xosligi esa adibning oʻttizinchi
yillaridagi hajviy hikoyalarida insonning qadr-qimmatini pastga uradigan turli-
tuman nuqsonlar har xil illatlar badiiy jihatdan teranlik bilan atroflicha tadqiq
qilinganidadir.
Masalan “Bek”, “Ogʻaynilar”, Iikki yorti bir butun”, “Munofiq” kabi
hikoyalarda Abdulla Qahhor laganbardorlik, xushomadgoʻylik munofiqlik kabi
illatlarni qattiq qoralaydi. Bu illatlar hamisha jamiyatga zararli odamlarning oʻzaro
munosabatlariga rahna soluvchi illatlar boʻlib kelgan, ammo muayyan sharoitda bu
illatlar ayniqsa munofiqlik odamlar boshiga son-sanoqsiz kulfatlar ham sabab boʻ
lgan.Abdulla Qahhor “Munofiq”hikoyasida shunday shaxsning kishini ijirgʻ
antiruvchi obrazni yaratgan.Kattakon ketmon nusxa shapka kiygan yengli kamar
bogʻlab yuradigan Nizomiddinov xalq dushmanlarini fosh qilish bahonasida
kurakda turmaydigan dalillarni roʻkach qilib halol odamlarga tuhmat yogʻdirdi,
ularga siyosiy ayblar qoʻyadi.Biri shuning uchun dushmanki, “oʻrtoq Buzrukov oʻg
ʻlining otini Marks qoʻyganda kulgan”. Ikkinchisi shuning uchun dushmanki,”bir
mushtumzoʻrdan echki sotib olgan”. Yana bir chol “sakkizinchi mart kechasi boʻ
shagan limonad shishalarini uyiga olib ketgan”. Nizomiddinov boshqalarga tuhmat
yogʻdirish yoʻli bilan ularni qoʻrqitib olishga intiladi hamma undan choʻchisa
shunda uning oshigʻi olchi, biror mushugini pisht deyolmaydi. Holbuki,
Nizomiddinovning oʻzi munofiqqina emas, u oʻta ketgan laganbardar-xushomadgo
ʻyligi shu darajadaki boshligʻini kuldirish uchun qovunga piyoz qoʻshib yeydi.
Xullas, hikoyada munofiqlik e’tiqodsizlik bilan qoʻshilib ketganda jamiyat
uchun xavfli illatga aylangani yaxshi koʻrsatilgan.Bulardan tashqari
madaniyatsizlik, ongsizlik,nodonlik , manmanlik kabi qusurlar “Adabiyot
muallimi”,”San’atkor”, “Oʻjar”, “Ayb kimda” kabi hikoyalarida yaxshi
ochilgan.Bu hikoyalar oʻzbek sovet hajviyotining eng nodir namunalari boʻlib
qoldi.
Abdulla Qahhor hajviyotining eng muhim xususiyati shundaki, avtor qaysi
bir illatni tanqid obyekti qilib olmasin, odamlardagi qaysi bir salbiy xususiyatni
fosh etmasin, buning hammasini bir maqsadga-oʻzbek xalqining hayotida
sotsialistik tuzum tufayli yuz bergan ma’naviy oʻzgarishlarni ijtimoiy-madaniy
siljishlarni tasdiqlash va rivojlanishimizga toʻgʻanoq boʻlgan dogʻlarni yoʻqotish
maqsadiga boʻysundiradi.Yangi hayot, yangicha madaniyat , yangi axloq va yangi
psixologiya egalari Abdulla Qahhorning hamma hajviy hikoyalarida salbiy
qahramonlarining salbiyligini yanada chuqurroq ta’qidlaydigan fon vazifasini
bajaradi.Ayrim hikoyalarida salbiy qahramonlar yangi hayot va yangi odamlar
bilan bevosita toʻqnashuvda fosh boʻladilar. Masalan “Mirza”hikoyasida “Inobatli
Mirzo” deb don chiqargan, bir vaqtlar Nikolay zamonasida shirkatlarda mirzalik
qilgan keyinchalik odamlarga ariza, duoyi salom yozib berib yurib, tirikchiligini oʻ
tkazgan.Boqi mirza yangi hayot bilan toʻqnashadi.Turgan shaharida mirzolik bilan
kuni oʻtmay qolgach bshqa shaharga uzoq qarindoshinikiga boradi, ammo ma’lum
boʻladiki bu yerda ham mirzodan boshqa savodsiz odam yoʻq ekan. Yangi hayot
mirzolarni bir chetga surib qoʻyib mislsiz sur’at bilan oʻsib ketibdi.
“Jonfigʻon” bilan “Qizlar” hikoyasida ham xuddi shunday manzarani koʻ
ramz. “Qizlar” hikoyasidagi Nurmatjonning otasi katta eshon oʻtgan. Zamonlar oʻ
zgarib, eshonlarning qadri ketgach, Nurmatjon zamonga moslashib bir amallab
tirikchiligini oʻtkazadi. Familiyasini domovoyga “Toshxoʻjayev”deb emas,
“Toshev” deb yozdiradi. Oʻzi xotin-qizlarning ochilishiga, ishlashiga oʻlgiday
qarshi, lekin ishlaydigan xotin olishga rozi, negaki zamon unga boqmayapti.
Hamma qizlar oila qurish masalalaridan zarracha havotir olmay bir oʻqishga, yana
bir ishga kirib ketyapti.Bunaqaa ahvolda”ishlagan xotinni olmayman” deb oʻ
tiraversa boʻlmaydi gadoy arazlasa, toʻrvasiga zarar.Shundoq boʻlgandan keyin
Nurmatjon ishlaydigan xotin olishning rivoyatini ham topadi-“husn chinni tovoq
qazisi bilan boʻlsa yana ham yaxshi”. Shunisi qiziqki, bu rivoyat masalani yana
Nurmatjon foydasiga hal qiladi. Hullas, zamonga moslashib olgan Nurmatjon
hayot haqida odamlar toʻgʻrisida hamon eski tasavvurlar bilan yashaydi, toʻgʻrirogʻ
i u tasavvurlardan vos kechib hayotga sogʻlom fikr bilan nazar tashlashni,
uyqudan uygʻonishni istamaydi. U bir zamonlar otasiga nazir qilingan.
Karomatxon bilan Adolatxonni zamon oʻziniki hisoblab ularga uylanish rejalarini
tuzadi.Holbuki,qizlar buni uxlab tushida ham koʻrmagan. Ularning biri zavod
direktori, ikkinchisi-ximik injener. Yangi hayot Nurmatjonning oʻzini ham
davolarini ham oʻta kulguli ahvolga solib qoʻygan.
“Oʻjar”, “Adabiyot muallimi”, “San’atkor kabi hikoyalarida yangi hayotning
qudratli oqimi oʻziga xos yoʻl bilan ochilgan. Masalan “San’atkor”da oʻzini benih-
oya “Ma’daniy”deb biladigan, aslida esa oʻzi aytadigan ashulaning ma’nosini
tushunmaydigan chalasavod va madaniyatsiz artist fosh qilinadi.Hikoyada bir
epizodik obraz bor-u san’atkorning uy xizmatchisi, lekin u martabasi
san’atkornikiday yuqori emasligi bor yoʻgʻi oddiy bir uy xizmatchisi ekaniga
qaramay savodsizlikni tugatish kursida oʻqiydi binobarin qandaydir maqsad
oliyjanob niyatlar bilan yashaydi. Zamon shu oddiy odamning oʻsishi uchun yangi
ufqlarga kiritilishi uchum hamma sharoitni yaratib bergan .Hikoyada uy
xizmatchisi bilan san`atkor bevosita taqqoslanmaydi ,ammo oʻrtadagi qisqagina
dialogga qarab kitobxonning oʻzi ular toʻg`risida teran hukum chiqarib oladi .
“xizmatchi daftar –qalam keltirib, san’arkorning oldiga qoʻydi:-“J”ning
kattasi qanday yozilar edi? Domlamiz bir kuni koʻrsatgan edi ,esimda qolmabdi.
San`atkorning jaxli chiqdi :
-Endi “J”ga keldingizmi? Barjon deganda yoziladi.Kechagi Barjon og`zi
ochiq qolibdi,gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat.Siz ham dunyoga kelib
kulturniy boʻlsangiz-chi!:Burningiz terladi,arting tabir jayoiz koʻrilsa…
San`atkor oʻrnidan turib yotoqqa kirib ketdi.
-Yotasizmi?-dedi xizmatchi nargi uyidan.
-Kichigini yozib qattiqroq oʻqing.
Bu parchadan oʻz ustida ishlayotgan, ilimga intilayotgan xizmatchi
qarshisida “kulturniy“likning birdan bir belgisi deb “boʻlsa”,”ta`bir joiz koʻ
rilsa”kabi iboralarni qoʻllashni tushunadigan,aslida esa ma`naviy dunyosi oʻta
g`arib,hatto chala savod san’atkorning qiyofasi toʻla ochilgan.
Shu tariqa Abdulla Qahhor hajviy hikoyalarida turli-tuman ijtimoiy
illatlarni ishonarli satirik tiplarda mujassamlashtirar ekan, shu illatlarni qoralash
qusurlarni rad etish bilan cheklanmaydi.U ayni chog’da yangi hayotning qudratli
qadamini ham tasdiqlaydi. Bu qadam hayotda turli shakillarda tulicha koʻrinishlar
namoyon boʻladi.Adib ularni oʻz hikoyalarida shunday biro mil qilib oladiki, uning
yordamida salbiy kuchlarning zamiridagi kulgi toʻla-toʻkis ifodalanadi.
Adulla Qahhorning hajviy hikoyalarida satirik harakterlar juda hayotiy boʻ
lib yorqin va qabariq chizilgandir.Toʻg`ri yozuvchi hech qaysi hikoyada qahramon
xarakterini butun tarixi bilan koʻrsatmaydi,uning takomil jarayoni bilan
tanishtirmaydi.Shuningdek,qahramonlar psixologiyasini chizganda,
aniqrog`i,ularning xatti-xarakatini psixologik jihatdan dalilaganda muallif biror oʻ
rinda ortiqcha tafsilot nooʻrin cheklanishlarga yoʻl qo’ymaydi.U asosan biror
konkret detal yordamida yoxud bitta –ikkita xarakat orqali xarakterni ochadi,xatto
xarakter chiziladi.Abdulla Qahhor kamdan kam xollardagina (masalan
“Bek”hikoyasida)qahramon xarakterini bayon qilish ta’rif –tavsif yordamida
ochadi asosan esa ular bevosita harakatda koʻrsatiladi.
Adib yaratgan satirik obrazlarda portret ham muhim oʻrin tutadi.U ayniqsa
psixologik portretdan keng foydalanadi biz yuqorida “Munofiq” hikoyasiga
ma`lum darajada toʻxtab oʻtdik.Endi shu hikoyada qahramom portereti
chizilganiga ahamyaat beraylik:”U kattakon ketmon nusxa shapkasini stulga qoʻ
yib bir quchoq material bilan minbarga chiqdi:enlik qamarini tortib bog`lab,”mana
endi soʻzlash payti keldi “,deganday majlis axliga bir nazar tashladi-yu soʻz
boshladi.
-Oʻrtoqlar!Trotsitkiychi – buxarinchi bandidlar,burjiya millatchilarni…
Ketdi…
Sirasini aytganda bu parchani ham aytganda tugal deb boʻlmaydi. U tepa
kalmi yo sochi jingalakmi, yuzini ajin bosganmi yo hali silliq, qip-qizilmi, burni
qoshi , quloqlari qanaqa, gavdasi miqtimi,ozg`inmi –hikoyada bularning hech
qaysi tilga olinmaydi. Bundan keyin hikoya davomida xam uning tashqi qiyofasi
haqida biron narsa demaydi. Biroq shunga qaramay ,oʻquvchi Nizomiddinovning
qiyofasini koʻz oldiga keltiradi. Uning qanaqa odamligi haqida tugal tasavvur xosil
qiladi.Yozuvchi qahramon portretini toʻla chizishni maqsad qilib qoʻymagan-
mukammal va batafsil portretni hikoya koʻtara olmas ham edi.Shuning uchun u
kitobxon diqqatini Nizomiddinov qiyofasidagi ikkita narsaga –uning “ketmon
nusxa shapkasi”-yu, “enlik kama”ga jalb qiladi. Shunisi muhimki ,shapka ham
kamar ham faqat obrazni jonlantirish uchun, uning quyofasiga konkretlik baxsh
etish uchun xizmat qilmaydi. Ayni choqda bu detallar satirik tipning ijtimoiy
mohiyatini ta’kidlovchi muhim vosita hamdir.Gap shundaki, 30-yillarning oʻ
rtalarida ketmon nusxa shapka ,koʻkragida ikkita choʻntakli ,qaytarma yoqqalik
gimnasterka,nimasi bilandir galifega oʻxshab ketadigan yarmi xarbiycha
shim,xrom etik ancha modaga kirgan edi.
Biroq muayyan toifadagi odamlar bu libosdan gʻarazli maqsadlarda
foydalanganlar.Ular bu libos yordamida oʻzlarini sotsiallistik tuzumning oʻta
jonkuyar ximoyachisi qilib koʻrsatishga kaltabinliklarini e’tiqodsizlik
munofiqliklarini yashirishga urinishgan.
Abdulla Qhhor hikoyada Nizomiddinovning tashqi qiyofasidagi ikkita
detalni ta’kidlash orqali uning harakteridagi ana shu jihatlarga ishora
qilyapti.Shunisi e’tiborga loyiqki, “Munofiq “ hikoyasida ham , boshqa hajviy
hikoyalarda ham adib janr talablariga qat’iy amal qiladi –biron oʻrinda portret
chizishda batafsilikka berilmay ,eng muhim detallar orqaligina qahramonning
qiyofasini ochadi.Tabiiyki, yozuvchi shunday ixcham portretning oʻzi bilan
kifoyalansa , obraz yetarli darajada ochilmay qolishi mumkin edi.
Shuning uchun u hikoya davomida Nizomiddinovning nutqini ham
berib boradi.Natijada nutqiy harakteristika qahramonning kim ekanini toʻla koʻ
rsatadi-da,uning mohiyatini ochishda muhim badiiy vositaga aylanadi. U
balandparvoz gaplarni yoqtiradi.Hamma narsaga siyosiy tus berishga harakat
qiladi, qiziq gaplar bilan oʻzining demagogligini niqoblaydi.
Satirik harakter yaratishdagi bunday prinsip “Adabiyot muallimi”, “Oʻjar
“, “Sa’natkor “kabi hikoyalarida ham yetakchi oʻrin tutadi.
Abdulla Qahhor hikoyalarining muvafaqqiyatini ta’minlagan muhim
omillarda yana biri – xar qaysi hikoya sujeti va kompozitsiyasini shu
hikoyaning gʻoyaviy mazmuniga moslab ishlagandir . Biron hikoyada ortiqcha
bayon , nooʻrin tafsilot keraksiz detal yoʻq. Voqealar kitob bilan rivojlanadi
uning oqimida hech qanday suniylik , zoʻrma –zoʻrakilik sezilmaydi .
Har qaysi hikoya ikki –uch epizoddan ixcham lavhadan tashkil
topgan boʻladi.
30- yillarning oʻrtalaridan boshlab , hikoyalar sujetini ishlashda
Abdulla Qahhor Chexov tajribalaridan samarali foydalanadi ; u ham koʻp
hikoyalarida voqeani eng keskin nuqtadan boshlaydi va biron oʻrinda
dramatizmni susaytirmagan xolda voqeani nihoyasiga yetkazadi. Ayni
chog’da koʻpgina hikoyalar kompozitsion qurilishida yozuvchi xalq
ijodidan birinchi navbatda latifalardan foydalangani koʻrinadi. Ma’lumki
latifalar koʻpincha bir-ikki lavhadan iborat boʻladi-yu , keyin biron jumlada
ifodalangan yechim bilan tugaydi . Xuddi shu yechimda latifaning asosiy
asosiy magʻizi hikmati ifodalangan boʻladi.Abdulla Qahhorning koʻpgina hajviy
hikoyalari ana shunaqa kutilmagan yechimga ega.
Nihoyat, Abdulla Qahhor hikoyalarining tili puxta ishlanganini, g’oyat
rangdor va shirali ekanini qayd qilmoq kerak. Toʻgʻri, bu mavzu aloxida tadqiq
qilishga arziydigan, batafsil taxlil kirib, chuqur umumlashmalar chiqarish uchun
yetarli material beradigan mavzu. Mavridi kelganda adibning badiiy til bobidagi
mahorati masalasiga kengroq toʻxtarmiz. Hozircha esa hikoyalarning tili haqida
bir-ikkita umumiyroq mulohaza bilan cheklanamiz. Maʻlumki, realistik metod
adabiyotning asosiy materiali boʻlmish tildan ham realistik prinsiplar asosida
foydalanishni taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, xalqning jonli tilidan uzoq,
kitobiy, balandparvoz va sun’iy til bilan hayotiy va haqqoniy xarakterlar chizib
bo’maydi, ularning ichki dunyosini, psixologiyasini aniq ifodalash qiyin, nuqtai
xarakteristikalar gʻayritabiiy adi. Abdulla Qahhor 30-yillardagi ijodi davomida,
ayniqsa, ustoz Chexovning maktabida tahsil koʻrib chiqqandan keyin asarlarida
tilning hayotiyligiga intildi. Buni ijodning yetakchi prinsiplaridan biri darajasiga
koʻtardi va bu prinsipga izchillik bilan amal qildi.
Abdulla Qahhor hikoyalarining tili sodda va tabiiy. Biroq bu soddalik
shunchaki junlik emas, aksincha u juda katta mehnat evaziga qoʻlga kiritiladi.
Hikoyalarda avtor nutqi xuddi xalqning jonli tiliday ravon oqadi. Buning ustiga
har bir jumla fikrni gʻoyat tiniq ifodalashga xizmat kiladi. Ammo tilda soddalik va
tabiiylik bilangina yuksak badiiylikka erishib boʻlmaydi. Shuning uchun adib tilda
ham puxta obrazlilikka intiladi. Bu obrazlilik badiiy tasvir vositalaridan unumli
foydalanish evaziga maydonga keladi. Yozuvchi xalq maqollari va materiallarini
ham, turli ideomatik birikmalaridan ham keng foydalanadi. Personajlar nutqini
ishlashda ham yozuvchi qahramon aytayotgan har bir jumlani uning psixologik
xolatiga, madaniy saviyasiga, bilimiga, xarakteriga mos qilib tuzadi. Bularning
xammasi asar mazmunini oʻquvchiga yetkazibgina qolmaydi, balki jonli, konkret
manzaralar yaratadi, qaxramonlarning ichki dunyosini ochishga yordam beradi. Oʻ
quvchida muayyan emotsional holat uygʻotadi va unga hadsiz estetik zavq bagʻ
ishlaydi. Shu bilan birga, ilgʻor gʻoyalarni, zamonning talab va vazifalarini,
xalqning istak va niyatlarini tasdiqlaydi va targʻib qiladi. U yomonga oʻz idealini,
davr pafosini qarshi qoʻyadi va bu pafosning afzalligini, kelajagini va gʻalaba
qilishi muqarrarligini ochib beradi, oʻz asarlarining mazmuniga kulgisini,
masxarasini singdirib yuborish bilan, kulgining ijobiy xususiyatini tasdiqlaydi.
“Sanʻatkor”, “Adabiyot muallimi”, “Oʻjar” va boshqa hikoyalarini koʻzdan
kechirsak, avtor kulgisi va masxarasining baquvvat kuchi doim sezilib turadi. Bu
hikoyalarida avtor salbiy obrazlar qilmishlari ustidan barala kulish bilan ijobiy
idealni oldinga suradi, uning gʻalabasiga yoʻl ochadi, afzalligini tasdiqlaydi.
Abdulla Qahhorning ilgʻor idealni ijobiy qahramonlar orqali berishi ham
diqqatga sazovordir. Uning barcha ijobiy qahramonlari satirik shaxslar ustidan
kuladi, ularni
“Adabiyot muallimi”da Hamida, “Sanʻatkor”da traktorchi, “Oʻjar”da
Suyar, “Munofiq”da chol, “Qizlar”da kampir, “Jonfigʻon”da Malohatxon, “Bek”da
Muharir yomon ,chirigan narsalarni sarqitlarni qoralovchi , ilg’or yaxshi
narsalarni targ’ib qiluvchi sifatida namoyon bo’ladilar.Bu hikoyalarda targ’ib qilish
orqali tasdiqlash darajasi, priyomlari turlichadir. “Adabiyot muallimi”da savol-
javob formasida ijobiy ideal tasdiqlansa, “Oʻjar”, “Qizlar”da faktlar keltirish, toʻgʻ
rini egriga qarama-qarshi qoʻyish, “Sanʻatkor”, “Munofiq”, “Jonfigʻon”da, nuqson
va kamchiliklarga bevosita qarshi chiqish, ularga qarshi kurashish orqali kulgi
keltirib chiqariladi, uning tasdiqlovchi roli oldinga suriladi.
Avtor turli yoʻllar bilan kulgining hayotdagidek quvvatini adabiyotga olib
kirishga urindi. Uning ijtimoiy quvvatini baland koʻtarmoqchi boʻladi.
Sa’natkor ijtimoiy kulgini, xalq kulgisini illatlar ustidan qanchalik yuqori ko
ʻtarsa, uning tasdiqlovchi roli ham shunchalik oshadi. Buni ayniqsa, butun satirik
asarlaridan qizil ip kabi oʻtadigan avtor kulgisida yaqqol koʻramiz. Lekin
kulgining tasdiqlanishini ijobiy qahramonlar orqali berishga kelganimizda, bu
narsaning yetarli ochilmaganligi koʻzga tashlanadi. Abdulla Qahhorning satirik
hikoyalarida kulgili personajlar puxta chizilgan, ular asosli ravishda tanqid
qilinadilar. Ammo, ularga qarshi qoʻyilgan, oʻzlarida kulgining tasdiqlovchilik
funksiyasini gavdalantirish lozim boʻlgan ijobiy qahramonlar boʻshroq chiqqan.
Bu esa, kulgining tasdiqlovchi kuchini boʻshashtirgan. Abdulla Qahhor
satirasining xarakterli xususiyati shundaki, uyada kulgining inkor etuvchilik ruhi,
tanqid darajasi kuchli berilgan, tasdiqlovchi xarakteri esa, sustroq chiqib qolgan.
Bunday nuqson ayniqsa “Qanotsiz chittak”, “Ikki yorti — bir butun”, “Mayiz
yemagan xotin” hikoyalariga xos.Umuman olganda A. Qahhor kulgining qudratini
oʻz asarlarida ifoda eta olgan. Bular hammasi adibimizning rus klassiklari
tradisiyalariga toʻgʻri yondashganligini, ulardan toʻgʻri foydalanganligini koʻ
rsatadi.
Buning natijasida A. Qahhor mashqdan oʻtib, hikoyachilik kasbini egalladi,
keyinchalik mohir, novator novellist, ajoyib talant egasi boʻlib yetishdi. Bu davrda
uning oʻziga xos takomillashgan stili, boshqa yozuvchilardan ajralib
turadigan loʻnda, ixcham, siqiq, individual ijodiy tili tashkil topdi va rivojlandi.
Adibimiz hikoya janrida shuhrat qozondi. Salmoqli ijodi bilan hikoya janrini
oldingi janrlar qatoridan oʻrin egallashiga muhim hissa qoʻshdi. 20-yillarda
endigina boshlangan hikoya janri, 30-yillarga kelib toʻla ravishda rivojlandi va
yuqori pogʻonaga koʻtariladi.
Oʻzbek sovet novella janrini yuqori pogʻonaga koʻtarishda hech qaysi bir oʻ
zbek yozuvchisi A. Qahhorday koʻp ter toʻkkan emas. U, bor kuchi va talanti bilan
novella sohasida ijod etdi. Gʻafur Gʻulom, A. Qodiriy, Oydin, P. Tursun, H.
Shamslar esa, unga joʻr boʻldilar va baralla ovoz bilan birga kuyladilar. Abdulla
Qahhor ulkan hikoyanavis boʻlib yetishdi, oʻzbek adabiyotida novellachilikning
asoschilaridan biri boʻlib qoldi. Abdulla Qahhor hikoya janrida juda katta
muvaffaqiyat qozongan.
Uning har bir hikoyasi ixchamligi, ta’sirchanligi, tasvirning hayotiy va
tabiiyligi, tili oʻtkir, shirali va jozibaliligi bilan oʻziga xos.
Ushbu kitobdagi hikoyalarda odamlar orasida uchrab turadigan illatlar, oʻ
tmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, oʻsha davrdagi ayrim amaldorlarning
kirdikorlari ba’zan hajv yoʻli bilan, ba’zan esa oʻquvchi qalbini larzaga solarli
voqealar asosida tasvirlangan.
Kishilarning dard-u quvonchlari, orzu-armonlari umuman, hayotning ogʻ
riqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirlagan yozuvchi asarlarini oʻqib, soʻzning
qudratini yana bir bor his etadi inson. Yozuvchi Abdulla Qahhorning “Adabiyot
muallifi” degan hikoyasi bor. Adib oʻz davridagi mazkur fan oʻqituvchilarida
uchraydigan illatni tanqid qiladi. Saltikov Shedrinni ikki yozuvchi deb biladigan
adabiyot oʻqituvchisi qay tarzda maktab oʻquvchilariga saboq berishi mumkinligi
adibni qiynagan. Afsuski, bizning davrimizda ham eng mashhur asarlarni oʻ
qimagan, zamonaviy nasr va nazmdan tamoman bexabar, faqat darslikdagi badiiy
parchani oʻquvchiga naridan-beri sharhlab dars oʻtadigan adabiyot oʻqituvchilari
yoʻq emas. Ulardan voz kechish davri keldi. Farzandlarimizga adabiyot ilmini
yuqori darajada oʻrgata berishi zarur.
Ular nutqidagi (oʻzgalar nutqi) frazeologik iboralar kitobxon
tasavvurlarini boyitishga, obrazli mushohadalar hosil qilishga yordam beradi.
Berilgan iboralar Niso buvi holatini mukammal koʻrsatishdan tashqari, obrazni
navbatdagi intrigaga tayyorlaydi. Niso buvi Abdurahmon bilan birga toʻqqiz yil
yashasa-da, uni oʻz eri sifatida tan olmaydi. Abdurahmon Niso buviga er sifatida
hech qanday mehr koʻrsatmaydi, qizlarini esa “Razzoq yamoqchining qizlari”
sifatida biladi. Roviy nutqida berilgan “er bilan maslahatsiz” jumlasi Niso buvi va
Abdurahmon munosabatlarini konkretlashtiradi. Niso buvi Abdurahmon bilan
“majburiyat” asosida yashaganligi uchun ham muallif tomonidan “er bilan” jumlasi
keltiriladi. Adib har bir soʻzga badiiy -estetik vazifa yuklaydi. Har bir soʻz obraz
xarakter mantigʻidan va muallif niyatidan kelib chiqib ifodalanadi. Roviy nutqida
birgina egalik qoʻshimchasi “i”ning berilmasligi Abdurahmon-xotinlik rishtalari yo
ʻqligini koʻrsatadi. Demak, muallif ijodida nafaqat soʻz, jumla, hattoki birgina
tovush va qoʻshimcha ham badiiy-estetik funktsiya bajarishini hikoya matnida
kuzatdik. Matndagi har bir qoʻshimcha va jumla asar struktursida kontseptual
ahamiyatga ega ekanligi koʻzga tashlanadi.
Abdulla Qahhorning “Boshsiz odam” hikoyasidagi muallif pozitsiyasi va
roviy funktsiyasi haqida soʻz yurtiladi. Hikoyada real voqelikni badiiy voqelikka
aylantirishdagi muallif mahorati, tasviriy vositalar: oʻxshatish, qiyoslash, kinoya
kabi badiiy tasvir vositalardan foydalanish mahorati, yozuvchining soʻz qoʻllash
mahorati, hikoya strukturasidagi roviy funktsiyasi, oʻquvchi va kitobxon
munosabatlarini amalga oshirishdagi uning vazifasi, oʻzgalarning kiritma
luqmalari, ularning asar strukturasidagi oʻrni va ahamiyati, hikoya janrida
roviyning betaraf, tarafkashlik pozitsiyasi, obrazlar haqidagi ma’lumotni
kitobxonga asosli va tez yetkazish usulining xarakterlar shakllanishidagi muhimligi
masalasi, kitobxon kutgan voqealarning syujetda roʻy bermasligi, kitobxonning
fabulani bilishga boʻlgan qiziqishini topa bilish, tasvirda qoʻllanilgan kontrast
usulining muhimligi, uni matnda ishonarlililigini ta’minlash kabilar haqida fikr
yuritiladi va ilmiy xulosalar chiqariladi.
Abdulla Qahhorning.”Boshsiz odam” hikoyasi badiiy jihatdan mukammal
asarlaridan biri sanaladi. Hikoya roviy nutqi bilan boshlanib, unda Niso buvi
haqida ma’lumot keltiriladi. Muallif tasvir bayonida aniq ma'lumotlar keltirish
bilan birga, ikkilanish, gumonsirash tendentsiyasilarini ham berib boradi.
Syujetning keyingi qismlarida ikkilanish ohangi kuchayib boradi. Roviy nutqida:
Bunga hamma ham hayron qoldi. Bu toʻgʻrida ba'zilar: Niso buvi ilgari ham usta
Abdurahmon bilan don olishib yurar ekan,- degan gapni qilishdi, ba'zilar: “Bechora
nima qilsin ikkita bolasi bor, usta Abdurahmonning ham oʻlgan xotinidan oʻgʻli
bor. Vaqti kelganda tili qisilmaydigan ish qilibdi-da,” deyishdi.
Yuqoridagi roviy nutqida metaforik matn qoʻllanilib,u oʻzgalar gapi
tarkibida berilib, syujet davomida matnning asl ma'nosi ochilib boradi. Niso buvi
haqidagi ma'lumotdagi noaniqlik, gumonsirash, ikkilanish tendentsiyalari sekin-
asta oʻquvchiga ham yuqadi. Oʻzgalarning Niso buvi haqidagi aytgan gaplari obraz
toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni yanada toʻldiradi, aniqlik kiritadi. Bu kabi kiritma
luqmalar roviy berayotgan ma’lumotni toʻldirish bilan birga, qahramon xarakterini
shakllantirishga ham yordam beradi. Roviy ma'lumotlaridan koʻngli toʻlmay,
ikkilanib turgan oʻquvchi oʻzgalar gapidan soʻng aniq ma'lumot oladi. Qahramon
haqidagi ma'lumotni tez va asosli yetkazishga harakat qilayotgan roviyga oʻzgalar
tomonidan aytilgan bu kabi xabar yordam beradi. Roviy nutqida berilgan
frazeologik iboralar nutqni aniq, loʻnda, ta'sirchanligini ta’min etadi. Masalan,
“Niso buvi don olishib yurar ekan. Vaqti kelganida tili qisilmaydigan ish qilibdi-
da” kabilar shular jumlasidandir. Keltirilgan kiritma ma'lumotlar yozuvchining
“Mayiz yemagan xotin”, “Toʻyda aza” hikoyalarida ham uchraydi. “Uning xotini
mayiz yemagan,” degan oʻzganing gapida juda katta tagma’no yashiringan boʻlib,
metaforik matn hisoblanadi Aslida soʻz xotinning mayiz yemaganligi xususida
emas, uning axloqan buzuqligi haqida ketadi. “Toʻyda aza”dagi “Qarigan chogʻida
xoʻrozqand yalamay, domla ham oʻlsin” degan luqma ham shular jumlasidandir.
Hikoyalarda keltirilgan oʻzgalar luqmasi syujetdagi voqealarni rivojlantiradi, roviy
nutqini asoslaydi, obrazlar xarakterini shakllantiradi.
Badiiy matnni tushunarli boʻlishiga monelik qiladigan ortiqcha “shovqin”
lardan xalos etadi. Abdurahmon yuborgan sovchi Niso buviga shunday dedi:
“Sizda ikkita bola boʻlsa, u kishida bitta bola bor. Bularning yegan-ichgani
qayoqqa borar edi. Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi,
u kishi ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar.” Adibning aksariyat hikoyalarida
uchraydigan oʻzgalarning kiritma luqmalarida ironiya ma’nosi yetakchilik qiladi.
Bu kabi kiritmalar hikoya mazmuniga ijobiy ta'sir etadi. “Oʻzga kim, u nima ish
bilan shugʻullanadi, ishtirokchilarga uning qanday aloqasi bor?” tarzidagi
savollarga javob berishga oʻrin qolmaydi. Kitobxon oʻzgalarning gapini hech
ikkilanmay qabul qiladi. Shuning uchun A.Qahhor asarlarida uchraydigan bir kishi,
bir xotin singari kiritma obrazlar tilidan berilgan ma'lumotlar asar syujetida muhim
sanaladi. Ba'zan keltirilgan kiritma luqmalar asar voqealarini davom ettirishga asos
boʻladi. Masalan, matnda keltirilgan sovchi nutqi: “Usta bolani juda yaxshi koʻ
radilar” jumlasining aksi hikoyaning keyingi qismida, aksincha, Abdurahmon Niso
buvining qizlarini jazolashi bilan yakun topadi. Dastlabki voqealardan
Abdurahmonni yaxshi inson deb tanib borayotgan oʻquvchi jumla isbotini
syujetdan topmagach, unda bu obrazga nisbatan salbiy qarash kuchayadi. Kitobxon
kutgan holat yuz bermagach, uning fabulani bilishga boʻlgan istak va qiziqishi
yanada ortadi. Tasvirda qoʻllanilgan kontrast usuli muallif tomonidan ataylab
kitobxonga ta'sir etish usuli sifatida qoʻllanilgan topilmadir. Yozuvchining juda koʻ
p asarlarida ishtirok etgan tayyor xarakterlar bu hikoyada ham ishtirok etadi.
Abdulla Qahhorning.”Boshsiz odam” hikoyasi badiiy jihatdan mukammal
asarlaridan biri sanaladi. Hikoya roviy nutqi bilan boshlanib, unda Niso buvi
haqida ma'lumot keltiriladi. Muallif tasvir bayonida aniq ma'lumotlar keltirish
bilan birga, ikkilanish, gumonsirash tendentsiyasilarini ham berib boradi.
Syujetning keyingi qismlarida ikkilanish ohangi kuchayib boradi. Roviy nutqida:
"Bunga hamma ham hayron qoldi. Bu toʻgʻrida ba'zilar: Niso buvi ilgari ham usta
Abdurahmon bilan don olishib yurar ekan, degan gapni qilishdi, ba’zilar: “Bechora
nima qilsin ikkita bolasi bor, usta Abdurahmonning ham oʻlgan xotinidan oʻgʻli
bor. Vaqti kelganda tili qisilmaydigan ish qilibdi-da,” deyishdi"
Yuqoridagi roviy nutqida metaforik matn qoʻllanilib,u oʻzgalar gapi
tarkibida berilib, syujet davomida matnning asl ma’nosi ochilib boradi. Niso buvi
haqidagi ma’lumotdagi noaniqlik, gumonsirash, ikkilanish tendentsiyalari sekin-
asta oʻquvchiga ham yuqadi. Oʻzgalarning Niso buvi haqidagi aytgan gaplari obraz
toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni yanada toʻldiradi, aniqlik kiritadi. Bu kabi kiritma
luqmalar roviy berayotgan ma'lumotni toʻldirish bilan birga, qahramon xarakterini
shakllantirishga ham yordam beradi. Roviy ma’lumotlaridan koʻngli toʻlmay,
ikkilanib turgan oʻquvchi oʻzgalar gapidan soʻng aniq ma’lumot oladi. Qahramon
haqidagi ma’lumotni tez va asosli yetkazishga harakat qilayotgan roviyga oʻzgalar
tomonidan aytilgan bu kabi xabar yordam beradi. Roviy nutqida berilgan
frazeologik iboralar nutqni aniq, loʻnda, ta’sirchanligini ta'min etadi. Masalan,
“Niso buvi don olishib yurar ekan. Vaqti kelganida tili qisilmaydigan ish qilibdi-
da” kabilar shular jumlasidandir. Keltirilgan kiritma ma’lumotlar yozuvchining
“Mayiz yemagan xotin”, “Toʻyda aza” hikoyalarida ham uchraydi. “Uning xotini
mayiz yemagan,” degan oʻzganing gapida juda katta tagma’no yashiringan boʻlib,
metaforik matn hisoblanadi Aslida soʻz xotinning mayiz yemaganligi xususida
emas, uning axloqan buzuqligi haqida ketadi. “Toʻyda aza”dagi “Qarigan chogʻida
xoʻrozqand yalamay, domla ham oʻlsin” degan luqma ham shular jumlasidandir.
Hikoyalarda keltirilgan oʻzgalar luqmasi syujetdagi voqealarni rivojlantiradi, roviy
nutqini asoslaydi, obrazlar xarakterini shakllantiradi.
Badiiy matnni tushunarli boʻlishiga monelik qiladigan ortiqcha “shovqin”
lardan xalos etadi. Abdurahmon yuborgan sovchi Niso buviga shunday dedi:
“Sizda ikkita bola boʻlsa, u kishida bitta bola bor. Bularning yegan-ichgani
qayoqqa borar edi. Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi,
u kishi ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar.”Adibning aksariyat hikoyalarida
uchraydigan oʻzgalarning kiritma luqmalarida ironiya ma’nosi yetakchilik qiladi.
Bu kabi kiritmalar hikoya mazmuniga ijobiy ta'sir etadi. “Oʻzga kim, u nima ish
bilan shugʻullanadi, ishtirokchilarga uning qanday aloqasi bor?” - tarzidagi
savollarga javob berishga oʻrin qolmaydi. Kitobxon oʻzgalarning gapini hech
ikkilanmay qabul qiladi. SHuning uchun Abdulla Qahhor asarlarida uchraydigan
bir kishi, bir xotin singari kiritma obrazlar tilidan berilgan ma'lumotlar asar
syujetida muhim sanaladi. Ba'zan keltirilgan kiritma luqmalar asar voqealarini
davom ettirishga asos boʻladi. Masalan, matnda keltirilgan sovchi nutqi: “Usta
bolani juda yaxshi koʻradilar.” jumlasining aksi hikoyaning keyingi qismida,
aksincha, Abdurahmon Niso buvining qizlarini jazolashi bilan yakun topadi.
Dastlabki voqealardan Abdurahmonni yaxshi inson deb tanib borayotgan oʻquvchi
jumla isbotini syujetdan topmagach, unda bu obrazga nisbatan salbiy qarash
kuchayadi. Kitobxon kutgan holat yuz bermagach, uning fabulani bilishga boʻlgan
istak va qiziqishi yanada ortadi. Tasvirda qoʻllanilgan kontrast usuli muallif
tomonidan ataylab kitobxonga ta'sir etish usuli sifatida qoʻllanilgan topilmadir.
Yozuvchining juda koʻp asarlarida ishtirok etgan tayyor xarakterlar bu hikoyada
ham ishtirok etadi.
Hikoya syujetida keltirilgan roviyning navbatdagi bayoni badiiy estetik
qimmati jihati jihatidan yuqoridagilardan kam emas. “Usta Abdurahmon qizlarni
koʻp urdi. Bir kuni Niso buvi: Ursangiz oʻsha doʻkoningizga olib borib uring”
deganida, usta Abdurahmon: “Ha, joning achiydimi, bundan keyin men
urayotganimda kulib turmasang, uch taloqsan” deb yubordi. Shundan soʻng Niso
buvi koʻp martalab “kuldi” Hikoyada roviy tafsilotlarga berilmaydi, keltirilgan
“kuldi”soʻzi matnda koʻchma ma’noda kelib hikoya strukturasida badiiy- estetik
funktsiya bajaradi. Abdulla Qahhor uslubining eng muhim jihati, roviyning qisqa
va aniq bayoni bilan kitobxon tasavvurlarini boyitishdan iboratdir. Roviy nutqidagi
ironik ifodalar hikoya syujetining oʻqimishli boʻlishini ta’minlash bilan birga,
muallifga xos badiiy-gʻoyaviy kontseptsiyasini ham beradi. Hikoyadagi asosiy
obrazlardan biri boʻlgan Faxriddinni bir-ikki gapirtirish va xatti-harakatlariga
berilgan qisqa izohlar u haqida kitobxonga aniq ma’lumot bera oladi. Hikoyaning
“Boshsiz odam” deb nomlanishining oʻzi dastlabki jumboq boʻlib, “Nahotki,
boshsiz odam boʻlsa?”-degan oʻy-xayol kitobxonni ohanrabodek oʻziga tortib,
tezroq oʻqishiga sabab boʻladi. Syujet bilan tanishib borish jarayonida: “Syujetning
qaerida boshsiz odamni uchratar ekanman?” degan savol hamisha oʻquvchiga
hamrohlik qiladi. “Boshsiz odam kim?” degan jumboq hikoya davomida ikki
parallel hodisa orqali yoritib beriladi. Bulardan birinchi moddiy hodisa - boshsiz
chaqaloqning tugʻilishi boʻlsa, ikkinchi ma'naviy hodisa - Faxriddining oʻzining
fahm-farosati, kallasi yoʻqligi ,”boshsiz” ekanligining fosh boʻlib borishidir. Bu
mantiqiy asoslar Faxriddin oʻz fikri yoʻqligi, otasi chizgan chigʻiqdan chiqmasligi,
hatto otasi oʻrgatgan ikki ogʻiz gapni ham uddalab aytolmasligida koʻrinadi. Roviy
tilidan: “Faxriddin erka oʻsgan tantiq bola”, - deb qisqa axborot berish bilan
chegaralaniladi. Obrazning keyingi xatti-harakatlarida keltirilgan mantiqiy xulosa
oʻz ifodasini topadi. Faxriddin soʻz va harakatlari, qiliqlari bilan oʻquvchining u
haqidagi salbiy tasavvurlarini toʻldira boradi. Niso buvining: “Faxriddin hali
yoshsizlar. Uch-toʻrt yil bolasiz yurish yaxshi. Doktor shu ishlarni bilarmikan?” -
degan savoliga ham, “Men bilmasam, dadam biladilar”, - deb, hatto farzand koʻrish
va koʻrmasligini ham dadasidan soʻrashi, oʻz aqli yetmasligini oshkor qilib qoʻ
yadi. Faxriddin Niso buviga shu javobni aytishdan oldin roviy tomonidan quyidagi
tasvir keltiriladi. “Faxriddin osilib turgan qalin labini bir-ikki qimirlatib, bilagi
bilan burnini artib javob berdi.”
Roviy pozitsiyasining toʻgʻri va muvafaqqiyatli tanlanganligi va portret
tasvirida aniq salbiy chizgilarning berilishidan yanada ayonlashadi. Natijada,
tayyor, oʻziga xos xarakterlardagi ishtiroki muallif ijodiy tamoyilining bir koʻ
rinishi sifatida zohir boʻladi. Tayyor xarakterlarning badiiy matndagi ishtiroki
birinchidan, qahramonlar portretidan unumli foydalangan boʻlsa, ikkinchidan,
roviy zimmasiga oʻziga xos aniq kompozitsion funktsiya yuklaydi. Uchinchidan,
hikoya janri talabidan kelib chiqib abzatslarga syujet-kompozitsion vazifalar
yuklay oladi. Ular quyidagilardan iborat: 1) janr tabiatidan kelib chiqib
abazatslarga epik bayonni singdira olish; 2) harakatlarning badiiy matnda keng
qamrovliligini ta'minlash; 3) oʻzgaruvchan makon va zamon, voqea.larining bir-
biriga payvandlay olishida.Tasviridagi yuqoridagi chizgilar A.Qahhorning juda koʻ
p asarlarida uchraydi. Aniq chizgilar asosida berilgan portret tasviridan kitobxon
obrazning qanday odam ekanligini bilib oladi. Niso buvi oʻz qizini Faxriddinga
turmushga berishga rozi boʻlmasligining asosiy portret tasviridan soʻng
oydinlashadi. Hikoya syujetidagi obraz haqida roviy tafsilotlar berilmagan boʻlsa
ham, roviy rivoyasidan kitobxon aniq ma'lumotga ega boʻladi. Ular har birining
betakror qiyofa va sa'jiyalarini koʻrib, muallifning yuksak mahoratini his etamiz.
Roviy syujet davomida obrazlar xarakterini shakllantirib, ularning harakat va
holatlarini koʻzdan qochirmaydi. Faxriddin xarakteriga xos jihatlarni roviy
yordamida kasalxonadagi suhbatdan bilib olamiz. Boʻlib oʻtgan suhbat
Faxriddinning tom ma'nodagi boshsiz odam ekanini koʻrsatib beradi. “Mehri:
Kundan-kun battar boʻlgan edim, olib tashlashdi. Naqd oʻlayozdim” desa,
“Hayriyat” dedi Faxriddin ogʻiz va koʻzlarini katta ochib, bolaning ham boshi boʻ
lmaydimi!...(ikkilanish-ta'kid bizniki-I.R) Dadamdan soʻraychi.
(ilhaqlik-ta'kid bizniki -I.R) Roviy bayonida berilgan badiiy ottenkaga boy
soʻzlarning Faxriddin nutqida qoʻllanishi kitobxonga emotsionallik bagʻishlaydi.
Uning gaplariga quloq solib, raftorini (ta'kid bizniki -I.R) kuzatib turgan hamshira,
“Kasalni toliqtirib qoʻyasiz, - dedi va eshikni koʻrsatdi”
Faxriddin hamshira eshikni koʻrsatmaguncha, oʻtirgan joyida oʻtiraverdi.
Nafaqat, roviy bayonida, balki obrazlarning bir-ikki luqmalaridan ham ularning
saviyasi, dunyoqarashi haqida kitobxon toʻliq ma’lumotga ega boʻladi. Hikoya
yechimida: Niso buvi ikkala qizi bilan boshini olib chiqib ketdi, - deb keltiriladi.
“Boshini olib chiqib ketdi” - iborasida Niso buvi bu uyga hech qachon qaytmaydi
hech narsadan umidvor ham emas ma’nosi anglashiladi. Roviy ushbu hikoyada
asosiy tasvir bayonini oʻz qoʻliga oladi va muallif niyatini amalga oshiradi. Aynan
kasalxona si goʻyo Faxriddinning barcha qusurlarini koʻrsatuvchi “kichik
mukammal sahna”ga oʻxshaydi. Roviyning psixolingivistik nutq bayoni ham
hikoyadagi obrazlar xarakteri ochilishida katta yordam berdi. Mulla Abdurahmon
erka oʻsgan tantiq bola boʻlganligi uchun Niso buvi: “Ha, ikkovining ham boshi
omon boʻlsin”- deb qoʻya qolar, bu “yoʻq” degani edi. Badiiy matnda soʻzlar
vositasida berilgan axborot har doim ham aniq ma’lumot sifatida qabul qilinmaydi.
Verbal (soʻzlar yordamida fikrni ifodalash) matnda berilgan “Mehrini Faxriddinga
qilamiz” mazmunidagi gap matn bilan toʻliq tanish boʻlmagan kitobxon aniq
ma'lumotga ega boʻlmaydi. Uni aniq kengaytirilgan shakli: Faxriddinga Mehrini
xotin qilib olib beramiz shaklida boʻlishi kerak edi. Badiiy asarlarda muallif oʻzi
aytmoqchi boʻlgan fikrini koʻproq roviy zimmasiga yuklaydi. Roviy asarning go
rizantal va vertikal tomonlarini tutashtiruvchi oʻq sanaladi. Shunday qilib,
“Boshsiz odam” hikoyasidagi muallif pozitsiyasining xilma –xillligi va roviy
funktsiyasining badiiy asar strukturasidagi oʻziga xosligi mavjud.
2.Abdulla Qahhorning hikoyalarida xotin-qizlarning obrazi.
Barcha xalqlar adabiyotini kuzatadigan bo‘lsak, qadimdan ayol obrazi
kulminatsion darajaga ko‘tarilganligining guvohi bo‘lamiz. Ertaklardan tortib
to zamonaviy adabiyotimizdagi Kumushbibiyu Zaynab , Zebi-yu Zabarjadlar
qaysidir jihatlari bilan adabiyotimizda milliy o‘zligimizni anglatadigan asosiy
obrazlar sifatida yashab kelmoqda “Insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi
navbatda ayolshunoslik, ya’ni ayolni o‘rganish, uni kashf etish ilmidir.
Kuzatsak eng qadimgi asarlar ham ayolga bag‘ishlangan, ular konfliktini
ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish mumkinki,
adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning teranlasha
borishi bilan chambarchas bog‘liq” ekanligi barcha davrlar adabiyoti uchun
xosdir. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda ayol obrazining o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish adabiy jarayonning umumiy qonuniyatlarini, ayniqsa
milliy adabiyotlarni o‘zaro qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganishda yordam beradi.
Ayol obrazi dunyo adabiyotida, aks etishi alohida mavqega egadir. Uning
jamiyatdagi mavqei , u yashagan tarixiy davr bi lan alohida bevosita bog‘liqdir.
XX asrning dastlabki yillarida ham o‘zbek adabiyotida ayollar
obraziga murojaat qilish, ayol obrazlarining turfa qiyofalarini yaratish nasriy
asarlarimizda ham ko‘rina boshladi. Masalan: “Kecha va kunduz” romanidagi
Zebi obrazi, “Qutlug‘ qon “ romanidagi Gulnor va boshqa obrazlarini ham
keltirishimiz mumkin. Yana bundan tashqari Abdulla Qahhorning “Dahshat”
hikoyasidagi Unsin, “Ming b uy ishlarini qizi Fotimaga qildirganda ham uni
hech suymasdi. Onaning bolalarga noto ‘g‘ri tarbiya berish oqibatida Zuhra
hech kimga indamasdan uydan chiqib ketadi. Zuhra obrazini yozuvchi o‘ta
qaysar, kalandimog‘, qo‘lidan hech ish kelmaydigan, hattoki onasi ham unga
so‘zini o‘tkaza olmaydigan darajada ko‘rsatib bergan. Zuhra voqeasiga
to‘xtaaldigan bo‘lsak, oradan uch kun o‘tgacha Fotima maktabidan yig‘lab
keladi.Zuhra 3 kundan buyon maktabga bormaganligi uchun uni sinf daftaridan
o‘chirmoqchi bo‘lishadi. Lekin bu xabar chol-kampir uchun xuddi Zuhraning
o‘lim xabari kelgandek gap bo‘ldi. Shu gaplardan keyin Fotima yana ta’na –
dashnomlarga qolib ketadi. Xuddi Zuhraning yo‘qolib qolishiga Fotima aybdordek
Fotima uydagi bo‘lar-bo‘lmas ta’na –dashnomlarni ko‘p eshitdi, oxiri joni
halqumiga kelib, zor-zor yig‘lab shunday deydi: “– Ayajon hamma aybni
menga to‘nkayvermang, axir Zuhraga mening so‘zim emas, o‘zingizning
so‘zingiz ham o‘tmas edi-ku! Hu, ana unda, ozib –yozib bir ish buyurib,
“Qizim, to‘rttagina piyoz archib ber”, deganingizda teskari qarab, men sizga
malay emasman”, degani esingizfdan chiqdimi ! Shunda ham indamadingiz !
Men esimni taniganimdan beri sizga qarashaman, ro‘zg‘or ishini butkul qo‘limga
olsam-u sizni yetti qavat ko‘rpachaga o‘tqazib qo‘ysam deyman! Hamma ayb
o‘zingizda, yaxshi o‘qisin deb Zuhrani juda erkalatib yuborgan edingiz!
Qizimning qo‘li qavardi deb, o‘smasini ham o‘zingiz siqib berardingiz!”.
Onasi Fotimaning bu gaplaridan so‘ng lol-mim deyolmay qoldi.
Haqiqatdanda Zuhraning maktabdagi arzimas yutug‘i oldida uyda qilgan
filday gunohlarini ona payqamagan edi. Mana shu gaplardan keyin Fotima
ham sinovlardan qutuldi, biroq onaning ichiga g‘am to‘lib borardi.
Zuhradan xat kelguncha, bir oy mobaynida Fotimaning onasi mushtdakkina
bo‘lib qoladi. Zuhradan ham shu vaqt oralig‘ida xat keladi. U xatida turmush
o‘rtog‘i bilan baxtli oilalar safida ekanligini, ular nurli cho‘qqilar tomon
ergashayotganligini aytadi. Zuhra aytadiki, sizlar muhabbat nima ekanligini
bilmaysizlar, shuning uchun mendan xafa bo‘lmaysizlar, xursandchilik kunlar
ham yaqinlashib kelayotganini aytadi. “Fotima xatning “aziz dadajonim ,
mehribon onajonim”, oxiriga “sizlarga sihat- salomatlik tilaymiz” degan
so‘zlarini qo‘shib o‘qiydi” Zuhraning oila a’zolari uchun yozilgan maktub orqali
ham uning qanday ayol ekanligini bilib olish qiyin emas. U maktubida unga
mehribon bo‘lgan, qo‘lini sovuq suvga ham urdirmagan mehribon onasidan
hol-ahvol ham so‘ramadi. Fotima bo‘lsa, ota-onasiga Zuhrani xuddi ularga
mehribondek qilib ko‘rsatadi. Uning ayblarini yana bir bor yashiradi. Zuhra
yozgan maktubdan uning balandparvoz, o‘y-andishasiz yozilgan gaplariga
e’tibor bering. Maktub salom-aliksiz, kibr-havo bilan yozilganligi ham ir jon
“ hikoyasidagi Mastura, “Xotinlar”, “Maston” kabi hikoyalari turli xil
harakterdagi xotin-qizlar obrazlarining talqinini ko‘rishimiz mumkin. Garchi
bu asarlarning barchasida ayollar obrazi yetakchi qahramon darajsiga
chiqmagan bo‘lmasa-da, asarda ko‘zlangan maqsadni u yoki bu darajada
ochish uchun xizmat qilgan. Ayollar obrzani yaratishda uning to‘laqonli chiqishi
yozuvchining iste’dodi va hayotiy tajribasi bilan bog‘liq. Rus olimi E.Shore
ayollar obrazlarini tasnif qilishni quyidagicha taklif qiladi: malikalar,
jodugarlar, farishtalar, yoqimli va jozibalilar mehribon ona xislatli ayollar.
Ammo u o‘z qarashlarini rus adabiyoti misolida dalillab “….. rus
madaniyati va adabiyoti ayol eng yuqori insoniy qadriyatlarni o‘zida
mujassamlashtiradi”, deyd Ma’lumki, har qanday adabiyot o‘z g‘oya va
personajlari bilan ajralib turadi.Shunga ko‘ra, barcha zamonlarda ayol
siymosiga, ayol xarakterini ochib berishga bag‘ishlangan asar yaratilgan. Bu esa
ayolning jamiyat va insoniyat hayotidagi o‘rni, ayol timsolining dolzarbligidan
dalolat beradi. Jamiyatda xotin-qizlarning tengligi, ozodligi uchun erlari bilan
tengma –teng ishlashi mavzusi yorqin badiiy shaklda ochiladigan
hikoyalardan biri bu. Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin “
hikoyasidir. Shu g‘oyaga tish- tirnog‘i bilan qarshi turgan mulla Norqo‘zi
paranjisini ochgan xotin-qizlar sha’niga kecha-yu kunduz bo‘hton to‘qiydi.
Dostları ilə paylaş: |