XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI Xorazmiy o’zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san’atkordir. Ayni vaqtda she’riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so’z ustasidir. U Jonibekning mahalliy beklaridan bo’lgan Muhammad Xojabekning iltimosiga ko’ra dajriy 754, melodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Ma’lum kirish kism, asarning yozilish tarixi, «Muhammad Xojabek madhiyasi», ulardan keyin esa nomalar yozilgan. Nomalarning tuzilishi ham eski tradision tartibda: oldin noma, keyin g’azal, undan keyin masnaviylar berilgan va har qaysi noma:
Saburdin yaxshi yo’qtur pesha qilsam,
Bu yo’lda sabr yo’q andesha qilsam - degan baytli naqorat bilan
xotima qilingan. «Muhabbatnoma» 3 nomasi fors-tojik tilida yozilgan. Bu asar dastlabki reja bo’yicha 10 nomadan iborat edi, lekin noma tugatilgach, muallif qo’shimcha sifatida yana bir noma yozib, asarni 11 nomadan iborat qiladi.
Xorazmiy asarning xalqqa tushunarli bo’lishi uchun o’sha davr o’zbek tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan. She’r yor vasli oshiš kechinmalarini tasvirlashda xilma-xil badiiy til vositalaridan moќirlik bilan foydalanadi.
Buyuk Alisher Navoiy «Muhokamat-ul lug’atayn»da o’zbek tilida katta holni ifodalovchi maxsus «meng» so’zi borligini aytib, «Muhabbatnoma»dan quyidagi baytni keltiradi:
Aning kim el enganda meң yarattы,
Boyы birlә sachыna teң yarattы.
Ko’rinadiki, Navoiy tomonidan «Muhokamatul-lug’atayin» asarida shu misralarning keltirilishi shu davrda asarning til jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi.
«Muhabbatnoma» eski o’zbek adabiy tilini boshlab beruvchi asar sifatidagina emas, balki ayni zamonda o’zbek adabiyoti tarixiga, ayniqsa, nomachilik janri tarakqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan asardir. Uning bevosita ta’sirida Said Ahmadning «Taashshuqnoma» (XV asr), Xo’jandiyning «Latofatnoma» (X1U-XU asr), Amiriyning «Dahnoma» (XV asr) kabi asarlar yaratilgan.
Demak, Xorazmiy o’zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan shoirdir.