Abdulla qodiriy


O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIY



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə21/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING TUTGAN O’RNI
Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, Movarounnahrda shuhrat topgan shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulug’bek zamonida yashab ijod etgan. Shoir g’azallar va qasidalar bitgan.
Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va nashr kabi usullardan foydalanadi, o’xshatish, mubolag’a, majoz va boshka turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada, xalq og’zaki ijodiga xos bo’lgan xalq, qo’shiqlari uslubida g’azallar yaratdi.
Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo’lsa-da, yozgan g’azallaridan uning so’z o’yiniga usta shoirligi ko’zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o’z g’azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi.
Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «yaңlыg’» so’zlari «kabi», «o’xshash» degan ma’nolarni ifodalaydi. Bu so’zlar Alisher Navoiygacha bo’lgan shoirlarning hammasida uchraydi. Sakkokiy asarlarining yana o’ziga xos tomoni shundaki, Atoiy tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha so’z va iboralar ko’p uchraydi. Masalan: ko’hkan - tog’ qo’poruvchi, jankan-jon oluvchi, garat-barbod, tura-koqil kabilar.
Umuman, Sakkokiy ham o’zbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali xissa qo’shgan shoirlardan biridir.
O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR DURBEKNING TUTGAN O’RNI
Durbekning nomi XX asrning 20-yillarigacha ma’lum emas edi. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonining dastlabki qo’lyozmasi topilgach, shoir adabiyotshunos va tilshunos olimlarning dikqatini jalb etadi. Doston 1409 yilda Balxda yozilgani haqida ma’lumotlar mavjud.
Durbek dostonda Balx shahrining qamal qilinishi, qamalda qolgan xalq bilan birga bo’lib yuz berayotgan voqyealarning guvohi bo’lganligi haqida bayon qiladi. Dostonda tarixiy voqalar gavdalantirilishi bilan birga Yusuf va Zulayhoning sof ishqiy-romantik kechinmalari bayon qilinadi. Dostonning tili judda sodda, ravon. Xalq og’zaki ijodi namunalari va yozma adabiyot asarlarida bo’lgani kabi Durbekning mazkur asarida ham xalq tili elementlaridan foydalandi. Asar tili xalq tili bilan hamoќangdir.
Durbek dostoni tilida quyidagi xususiyatlarni ko’rishimiz mumkin.
Jo’nalish kelishigi kushimchasi -ga (-gә, -kә) -qa affikslari bilan birga -a shaklida ham uchraydi: kөksinә, qolыma kabi.
Durbek o’zbek poetik tili taraqqiyoti uchun kurashgan shoirlardan biridir. U doston ustida ishlaganda tilning tushunarli va ravon bo’lishi uchun harakat qilgan. Doston o’zbek poetik tilining Navoiygacha bo’lgan takomilini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, shoir asarida sinonimlardan unumli foydalangan ko’r so’zi bilar bir qatorda basir so’zi ishlatilgan.
Ājiz edi bedilu zāru zajir,
Ko’z yashыdыn kөzlәri edi basir.
Dostonda arxaizmlarga aylanib borayotgan so’zlardan ham unumli foydalangan. Jumladan, bakovul, yasovul, cherik, ilik kabi so’zlar ham uchraydi. Bunday so’zlarning asarda ishlatilishi Durbekning xalq tiliga murojaat qilganligidan dalolat beradi.
Doston o’quvchilarga tushunarli tilda yozilgan bo’lishiga qaramay, unda arab, fors tillari elementlaridan foydalanilgani asar tili leksikasida ko’rinib turadi. Bir qizi bor erdi, maxl xovariy, Orazig’a shamsu šamar mushtariy. Yuzi kuyosh erdi, vale bezavol. Barcha funun bobida sohib kamol. Hosili umri ul edi shohning, Oti ulayho edi ul moxling.
Shuningdek, asarda «yaxshi emas oy bulutga nihon», «to’ti kibi erdi asiri qafas», «bulbuli bo’lgan asir dar qafas», «toza jarohat uza septi namak», «umidim gulidin tug’di xor» kabi misralarda xalq maqol va iboralarning ta’siri borligi sezilib turadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin