Abdulla qodiriy


NAVOIYNING ARAB VA FORS TILLARIGA MUNOSABATI



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə24/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

NAVOIYNING ARAB VA FORS TILLARIGA MUNOSABATI
Navoiy turkiy til elementlaridan tashqari fors va arab tillarining madaniy merosidan xam keng foydalangan. Arabcha-forscha elementlarning ko’pchiligi Navoiy tilini tabiiy ancha murakkablashtirgan.
Klassik janr sistemasida va poeziyaning arabcha vazn o’lchovlaridan foydalanish Navoiyga poetik erkinlik bergan. Bundan tashqari o’sha davr talabiga ko’ra poetik asarlar ko’tarinki, dabdabali uslub bilan yozilishi kerak edi. Badiiy tradisiya ta’siri natijasida poetik uslub xalq tilidan kisman bo’lsa-da, uzilib qolganligi taassurotini beradi. Shuning uchun Navoiy poetik tematika sohasida eski tradisiyadan chetga chikqan bo’lsa-da, til va uslub masalalarida klassik tradisiya chegarasidan chetga chiqa olmadi. Alisher Navoiy o’zining poetik asarlarida, jumladan, «Chor devon», «Xamsa» asarlarida o’zbek tilini fors-tojik adabiy tili kabi ishlashga va unga dabdabali tus berishga harakat qildi. Bularning hammasi arab va fors tillarining elementlariga keng yo’l ochib berdi.
Navoiy asarlarida arabcha-forscha leksik elementlar bilan birga morfologik elementlar qo’llangan. Navoiy tilida otlarning aniqlik va noaniqlik formalari mavjud. Noaniqlik formasi -i affiksi bilan hosil qilingan. Bu affiks o’zbek tiliga tojik tilidan o’tgan bo’lib, eronshunoslikda «yoyi vaxdat» (birlik yoyi) deb ataladi. Masalan, «Karam (saxovat) bir jafākashnың shiddati (qiyinchilik) yukin kүtәrmәkdүr va anы ul suubatdыn (qiyinchilik) yetkәrmәkdүr» (Mahbub-ul qulub) Bu o’rinda noaniqlik ma’nosi analitik usul bilan ya’ni so’z oldiga bir so’zini keltirish bilan hosil qilingan. Rindi xarābātiyki (aysh-shiratdan sөzini tortmaydigan), may ыchmaq bilә otar avqāti, hubābdek (ko’pikdek) bāda havāsi bashыda surāhidek (sharobdan) bash qoyar yeri sāg’ar (qadaq) qashыda dayrda (mayxona) har qayanki bazme kөrүb, sabukashlik (may tashish) vasilasi (vositasi) bilә өzin yetkurub («Mahbub-ul qulub»)
«Bu tāifadыn agar qarы dadakturki (dadak-oqsoch) yasalurg’a rāg’ibdur (moyil) va agar arpaye almas eshәkdүr, naqshыn afsāru julg’a (to’qim) tālibdur (muhtoj) jumlalaridagi bazm, arpa suzlariga forscha yoyi vahdat qo’shilib noaniqlikni bildirgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin