Abdulla qodiriy


O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə22/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR GADOIYNING TUTGAN O’RNI
XV asrdagi o’zbek she’riyati namoyandalaridan biri shoir Gadoiydir. Navoiy «Majolisun nafois» tazkirasida yozadi: Mavlono Gadoiy - turkigo’ydur, balki mashohirindur. Bobir mirzo zamonida she’ri shuhrat tutti. Tazkiradan ma’lum bo’lishicha, Gadoiy 806 (1403-1404) yilda dunyoga kelgan. Shoirning qayerda va kanday ta’lim olgani, ijod qilgani haqida hyech qanday ma’lumot yo’k,
Shoir o’z she’rlarini sodda va ravon tilda yozgan. U aslo uslubiy jimjimadorlikka intilmagan. Uning she’rlarida yuksak samimiyat va so’z san’atining alohida jozibadorligini ta’min etuvchi musiqiy ohang yaqqol sezilib turadi. Gadioiy she’rlaridagi til soddaligi va qofiya erkinligi xalq poetik me’yorlari bilan yaqindan aloqadorligi seziladi.
Savol va topshiriqlar:
1 . Bu davrdagi ijtimoiy-madaniy hayot haqida gapirib bering.
2. Bu davr o’zbek tilining tayanch dialekti masalasi haqida nima deysiz?
3. Eski o’zbek adabiy tilining bu davr manbalariga oid bo’lgan xususiyatlar nimadan iborat?
Tayanch tushunchalar:
Arxaizm – hozirda mavjud narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalari arxaizmlar deyiladi. Masalan: ulus (xalq), lang (cho’loq), firqa (partiya), tilmoch (tarjimon) va h. Eskirgan so’zlar bildirgan narsa hodisalar hozirgi hayotda bor bo’lgani sababli, o’z-o’zidan, tilda ularni ataydigan zamonaviy so’zlar bo’ladi.
Qasida – qasida lirik tur janrlaridan biri bo’lib, arab tilidagi قصد so’zidan olingan niyat, intilish, ma’nolarini ifoda qiladi. Qasida muhim tarixiy voqyealar va mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yoziladigan asar sanaladi. Qasida arab, fors, va turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida keng tarqalgan janrdir.
6 -mavzu
O’ZBEK ADABIY TILI TARIXIDA ALIShER NAVOIY IJODINING ROLI
Reja:
41. O’zbek adabiy tilining mumtoz davridagi tarixiy sharoit.
2. Alisher Navoiy o’zbek tilining asoschisi.
3. Alisher Navoiyning asarlarida o’zbek tili me’yorlarining belgilanishi.
4. Alisher Navoiyning asarlarida «turkiy», «turkcha» atamalarining qo’llanishi va ma’nolari.
A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so’z san’atkoridir. Navoiy o’z asarlari orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste’dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro saroyida ish ko’rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. Shu jamiyatdan o’z atrofiga zamondosh shoir va yozuvchilarni to’plab ular bilan fors-tojik va turk-o’zbek shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari to’grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suќbatlar olib borar edi. Bu suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa Navoiy har choq xursand va mamnun bo’lgan. Navoiy zamondosh shoir, yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. Shoir va yozuvchilarning shaxsiy munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug’ilib qolgudek bo’lsa hamda o’rtada hal qilinmasa, shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o’zlariga kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu suhbatlar turk-o’zbek badiiy adabiyotida to’plangan boy tajriba, adabiyotning turli janrlarida to’plangan o’zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug’atayin», kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo’lgandir. Shu yuqorida ko’rsatilgan asarlarning yozilishi uchun bo’lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog’likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo’shni davlatlarga ko’rqinch tug’dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko’z oldida inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o’rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning harbiy- iqtisodiy šudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda yetakchilik xamon tradision forsigo’y shoirlar ko’lida edi. Maktab va madrasalarda arab va fors tili o’rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma’lumot olinar edi. O’zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o’zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so’z ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. Shuning uchun ham fors poeziyasida tarbiyalangan turk-o’zbek shoirlari uchun o’z ona tilida yozishdan ko’ra badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan ko’pgina turk-o’zbek shoirlari o’z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma’lumot berib, shundan 2-majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o’zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan faqat 3 tasigina turkigo’y ekanligini aytadi. Shu keltirilgan ma’lumotdan ham ko’rinib turibdiki, o’zbeklar ichidan yetishib chiqqan so’z ustalari o’z ona tilida asar yozishga kam e’tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma’lum darajada putur yegkazar edi. Shunday sharoitda o’zbek tilini mensimas, uning burdini tushirishga, bu til avom tili, dag’al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda qilish kudratiga ega bo’lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi.
Shularga qarshi Navoiy o’zbek tilining badiiy qudratini adabiyotning butun vositalari orqali isbot etdi. U yuksak badiiy ijodiyotning timsoli sifatida «Xazoyinul maoniy», «Xamsa» va shu kabi sharq poeziyasida shuhrat qozongan mavzularda asar yozib, o’zbek tilining qudratini keng namoyish qildi va shuhratini yoydi. Shu asosda yozuv tilini umumxalq tiliga moslashtirdi. Bu haqda Navoiyning o’zi ham ko’p asarlarida ko’rsatib o’tgan O’zbek tilining qudratini oshirgani va xalq, tilini kitobiy til bilan yaqinlashtirgani haqida «Lison-ut-tayr»asarida shunday deydi.
Tүrk nazmыda chү tartыb men alam,
Ayladыm ul mamlakatnы yak qalam.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin