ATOIYNING TUTGAN O’RNI «Nazm dengizining tubiga sho’ng’ib, she’riy durlar» yaratishiga intilgan Atoiy o’zbek dunyoviy adabiyotining Navoiyga qadar yetishgan atokli namoyandalaridandir.
Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og’zaki ijodini yaxshi bilganligi va ulardan ijodiy foydanlanganligini sezamiz.
Atoiy xalq qo’shiqlarining tili soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan xam ilhomlanadi va uni o’rganadi. U o’zining 260 ta g’azalidan 109 tasini xalq qo’shiklari avznida yaratgan. Bu narsa uning xalq, tili boyliklaridan bahramand bo’lib, ijod etganligini ko’rsatadi.
Atoiy xalq maqollari va ta’birlariga katta e’tibor beradi. U xalq makollaridan foydalanish bilan o’z g’azallarining mazmunini ham, tili badiyligani ham boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she’riy misralarga singdyradi:
Boldы bag’rыm suv g’amingdыn, yaxshыlыq, sal sug’a,
Axir, ey gүl, xirmānnы, albatta, Zar ekkәn orar,
Vasl noshi dunyāda bolmas, Ataiy, nishsiz.
Bundan tashqari, Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida aytilgan misralardan, kontrast usulidan foydalandi. Lekin u yengil kulgiga jiddiy tus beradi. «Yүzigә kөp tikә baqsam, maңa kүlib aytur», «Ataiy, ne Kuzi toymas gadā emishtuksen?»
Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original o’xshatish, kinoya, mubolag’a, tajoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratadi.
Shoir omonim so’zlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli so’z o’yinlari yasaydi va go’zal mumtoz tuyuklar namunasini yaratdi.
Desangkim: «Jān sыpar qыlg’l Atayыm».
Turubmen ushmunaq өldүr, at ayыm...
Yүzingai, ey malāhat xann, bir ach,
Toya kөrsүn seni bu mustāxiq ach.
Atoiy asarlarining tili Oltin O’rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. Chunki Atoiyda qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi.
Umuman, Atoiy g’azallari tilida XV asr boshidagi o’zbek adabiy tiliga xos xususiyatlar uchravdi. Shoir o’z asarlari bilan XV asr o’zbek dunyoviy adabiyotigagina emas, balki o’zbek adabiy tili tarakxiyotigagina ham munosib hissa qo’shdi.