«MUHOKAMAT-UL-LUG’ATAYN» ASARI Alisher Navoiy «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Majolis-un nafois», «Mezon-ul avzon» kabi asarlari bilan o’zbek adabiy tilini praktik jihatdan isbotlagan bo’lsa, «Muhokamat-ul lug’atayn» asarida uni nazariy jihatdan tushuntirib berdi. Shu jihatdan uning mazkur asari zo’r ilmiy qimmatga egadir. «Muhokamat-ul lug’atayn» Navoiy hayotining so’nggi yillarida yozilgandir, ya’ni hijriy 905, melodiy 1499 yilda yozilgan.
Navoiyning bu qarashi qadimgi grek falsafasida ham, Islom falsafiy-tarixiy asarlarida ham keng tarqalgan edi. Navoiy esa ulardan unumli foydalangan. Shundan keyin turklarning kelib chiqishi, turkiy tilning xususiyatlari, uning sort (tojik) tili bilan munosabati, ba’zi o’rinlarda turkiy tilning orqalligi haqida fikr yuritadi. Buning isboti sifatida turkiy tildagi sinonim, omonimlarning taraqqiy topganligini keltiradi. Umuman, Navoiyning mazkur asarida olg’a surilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iboratdir:
1. O’zbek tilini fors-tojik tili bilan chog’ishtirib, uning fors tilidan qolishmasligini ko’rsatib, o’zbek tilida asarlar yozishga boshqalarni ham chaqiradi.
2. Navoiy ikki tilni chog’ishtirar ekan, o’zbek tili lug’at boyligining ustunligini ko’rsatdi. Asarda 100 ta fe’l keltirilib analiz qilinadi, shuningdek, o’zbek tilining boshqa leksik qatlamlarida, ya’ni qushchilik, chorvachilik, kiyim-kechakka oid ko’pgina so’zlarning rivoj topganligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham turkiy tilni u xazina deb ataydi. Lekin bu xazinaning atrofini, Navoiy tili bilan aytganda, «ilonlar» va «tikonlar» o’rab olgan. Navoiy ana shu so’zlarni «ilon va tikonlar»dan tozalab o’z asarida qo’llar hamda bu ishga boshqalarni ham chaqiradi.
3. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o’zbek tilining so’z yasalish borasida ustun ekanligini namoyish qildi. Bunda -chi va -vul affikslarining so’z yasash roli, ayniksa, buyuk ekanligini ko’rsatadi.
4. Grammatik formalarning hosil qilinishida -sh, -t, -l Affikslarining ahamiyati haqida ham qimmatli ma’lumot beradi. Masalan, Birgalik nisbat hosil qiluvchi affiks haqida shunday deydi: Ammā kүlmitrәk kalimātni adā qыlalы: arab tiliniң sarfiy istilāhinың abvābida bir bābdirki, aңa mufāala bābы ot quyupturlarki lafz bir mazkur bolur, ammā ikki kishi fe’liga mushtamildirki (o’z ichiga oluvchi), bir nav’ vāqyea bolg’ay. Andaqki, «muāzara»(munozaralashish, tortishish, qarshi kelish) va «mushāarā (she’r aytishish)», «muqābal»(qarshi kelish) va «muhākama» (gaplashish) va kulmey bābdur va munda azim vafāid (foydali) hāsil. Va fārsigo’ylar muncha fasāhat va balāg’at da’vāsы bilә bu fāydadыn mahrum. Ammā tүrk bulag’asы va fāydag’a maarruh qilibdurlar va masdarg’a bir ish harfi ilhāq qыlmaq bilә ul maqsudnы tapыbdurlar. Andaqki, «chapыshmaq» va «tapыshmaq» va «quchushmaq» va «opushmaq» va bu shoye lafzdur (A.Navoiy.Tanlangan asarlar. 14-tom. ‘, 1967y, 116-bet)
Z.O’zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir qimmatli fikrlar mavjud: vov harfining to’rt xil (undosh bilan besh xil) talaffuz qilinishi, yoyning uch xil (i,i,ye) talaffuz qilinishi haqida fikr yuritadi.
5. Omonimlar haqida shunday deydi:
«Va kөk lafzыnы ham necha ma’ni bilә iste’māl qыlurlar. Biri kөk-āsmānnы derlәr. Yana kөk āhangdur. Yana kөk tegrәdә kөklәmdүr. Yana kөk qadag’nы derlәr, yana kөk sabza va olangnы dag’ы derlәr» va h.o.
6. O’zbek tilining yuqoridagi imkoniyatlarini isbotlashda Navoiy fors-tojik tilini hyech vaqt kamsitmaydi, balki unga xhrmat bilan qaraydi.
«Muhokamatul-lug’atayn»da Navoiyning dialogik karashlari o’zining yorqin ifodasini topgan. Navoiy til masalalariga tilshunos sifatida emas, balki adabiyotshunos sifatida yondoshgan. Bu asari bilan o’zbek adabiy tilini nazariy jihatdan ishlab chiqish zarur ekanligani o’rtaga tashlab, bu masalani hal qilmasdan turib, adabiy tilni yaratish va uni rivojlantirish masalasi bilan shug’ullanish mushkul ekanini ta’kidlaydi. Shu jihatdan «Muhokamatul lug’atayn» o’zbek adabiy tilining balog’atga stishida va yetishtirishida uning keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik bo’ldi.