MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI. Maxmur o’zining xajviy asarlari bilan inqilobgacha bo’lgan o’zbek adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish bejiz emas. Chunki xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va shaharlarning xarobaga aylanib borishini ko’rgan shoirning g’azabi oshgan edi. Ana shu g’azablari «Munojon ba dargohi qoziyul xrjot» (xudo dargohida yolvorish), «Hapalak», «Ta’rifi valoyati qurama» kabi satirik asarlarida o’z aksini topdi.
Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san’atkordan badiiy til vositalaridan ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi.
Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham seziladi. Masalan, «Munojot» satirasida shunday misralar bor:
Amri-nahyыng rāhi bātil uzrә ermish yadыmыz
Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz.
«Avsofi louboli o’ratepagi» satirasida:
Hisābi jurmimi bilsәg Shumāri chox qumdыn
Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun.
Shuningdek, shoir uslubida ba’zan na o’zbekcha, na tojikcha anglanishi qiyin konstruksiyalar, lug’atsiz tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar uchraydi. Ular ko’pchilikni tashkil etmaydi.
Shunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo’qon xonligida yashab ijod etgan, progressiv o’zbek adabiyotining vakillaridan biri bo’lgan Maxmur o’zining merosi, xususan satirik asarlari bilan o’zbek adabiyotining, o’zbek adabiy tilining taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
9-mavzu YANGI IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARNING RIVOJLANIB BORISHI SHAROITLARIDA O’ZBEK ADABIY TILINING TAKOMILLASHISHXARAKTERI Reja: 1. O’zbek xalqi adabiy tilining so’nggi davri: a) XIX asrning 60-pillaridan 1905 yillargacha bo’lgan adabiyoti; b) 1905 yildan inqilobgacha bo’lgan davr; 2. Bu davr o’zbek xalq adabiy tilining boyish manbalari. 3. O’zbek adabiy tiliga gazeta va publisistik uslublarning kirib kelishi. 4. Umummilliy tilni yaratish sohasidagi urinishlar: panturkizm, panislomizm. 5. Bu davr ijodkorlari asarlarining til xususiyatlari, uslublari. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi o’zbek adabiy tiliga tarixiy xarakteristika.
Bu davrdagi adabiy til O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi bilan yuz bergan tarixiy sharoitda taraqqiy etdi. Chor Rossiyasi bosib olgan o’lkalardagi xom-ashyo manbalaridan to’liq foydalanish va shu boyliklarni o’z foydasiga hal qilish uchun qator tadbirlarni ko’rish kerak edi. Shu tadbirlar mamlakat hayotida iqtisodiy va madaniy xususiyatdagi o’zgarishlarni kiritish bilan bog’liq edi. Shu iqtisodiy problemani hal qilish uchun mamlakatda katta va kichik xajmdagi ishchi korxonalar (paxtachilik bilan bog’lik, bo’lgan fabrika va zavodlar), O’rta Osiyoni Rossiya bilan bog’laydigan temir yo’l, qishlok xo’jaligini rivojlantirish uchun sun’iy irrigasiya inshoatlarini qurish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim edi. Rossiya bilan O’rta Osiyo revolision harakatning o’sishi natijasida yangacha siyosiy-leksika va terminologiya hamda rus tili ta’sirida yangacha grammatik konstruksiyalar paydo bo’ldi. Bu hol Hamza va S.Ayniyning dastlabki asarlarida, M.Behbudiy asarlarida ham mavjuddir.
Adabiyot va vaqtli matbuotdagi davrning turli ta’sir kuchini hisobga olib yuqorida ko’rsatilgan asarlardagi adabiy tilni ikki davrga bo’lishi mumkin:
1.X1X asrning 60 yillaridan 1905 yilgi revolyusiyasigacha bo’lgan davrdagi o’zbek adabiy tili:
2.1905 dan Oktyabr sosialistik revolyusiyasigacha bo’lgan davrdagi o’zbek adabiy tili.