Abdulla qodiriy


TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə29/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI. Shoir Turdi XVII asrning oxirida Buxoroda ijod etgan demokratik tendensiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o’rinni egallaydi.
Ma’lumki, satira janrida ijod etish ma’lum darajada shoirdan ko’tarinki uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. Shu tufayli ham Turdi she’rlarida xalq tilida qo’llanadigan leksika ko’plab aks etgan. Masalan, «Subxonqulixon to’g’risida hajviya» she’rida og’zaki nutqqa xos bo’lgan ko’r, ko’ppak, qumaloq, qirchonu va boshqa so’zlar qo’llangan. Shu she’rdan olingan quyidagi parchada buning isboti ko’rinadi:
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
Kasb ilә mālыn alыb, qoymadingiz bitini,
Qamchыlar dag’ salыb bugang’a, tilib bitini
Yardыңыz zahrāsыnы (ichidan) alыb өtini
Bolmadы kam bu raiyat bashыdan hyech tayaq.
Bu banddagi she’rda ham yedingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib, tayoq kabi so’zlar og’zaki nutqqa xos so’zlardir.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar faqat leksikada emas, balki morfologiyada ham ko’rinadi. Masalan, o’tgan zamon fe’lining II shaxs ko’pligida (qo’ymadingizlar) ko’plikning ikki marta qo’shilishi, shahar shevalaridagidek men olmoshiga —ga affiksi qo’shilgach, menga tarzida talaffuz qilinishi, izladim fe’lning shevalarda aytilganidek, istadim varianti ham qo’llangan.
Ne ayaq, ne bashыg’a yetdim, sarāpā istәdim,
Qayadыm ikki yolnың ortasыda hamrāh istәdim.
Turdi she’rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga, g’arbiy tillarning ta’sirini ham ko’ramiz. Albatta, bunda ulug’ ozarbayjon shoiri Fuzuliyning asarlaridan ilhomlangan bo’lsa kerak. Shu ta’sir natijasida ayrim so’zlarda, ko’pincha so’zning boshnda keluvchi t tovushi d ga o’tadi.
Fitna sho’r hama ilә maskun dutdi
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.
O’g’uz tillarida qo’llanadigan cho’x (ko’p) so’zidan foydalangan:
Tufrāg’da jān bitsә, ravādүr, ne ajab gүl
Mux sarvi sixl etdi nihān kөzlәri shahlā.
Shunday qilib, Turdi bir tomondan ulug’ Navoiy tradisiyalarini davom ettirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon shoiri Fuzuliy ijodidan ta’sirlandi.
Shu tufayli adabiy tilda Alisher Navoiy an’analarini saqlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan o’g’uz tili elementlaridan foydalandi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin