GULXANIY ASARLARINING TIL VA USLUBI. O’zbek adabiy tili taraqqiyotining XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi holatini Gulxaniy asarlari orqali o’rganamiz. Gulxaniy shoir sifatida bir necha g’azallar va XVIII asr oxirining prozasi namunasi bo’lgan «Zarbulmasal» asarining muallifidir. Uning g’azallarida tematikasi va tilida avvalgi shoir va yozuvchilar tradisiyasi saqlangan holda, unda o’g’uz elementlari nisbatan kengroq o’rin egallagan.
«Zarbulmasal» asari o’sha davr prozasining namunasi bo’lishi bilan birga, folklor materiallaridan foydalanib yozilganligi uchun ham, xalq tilining adabiy tilga yaqinlashtirishga xizmat qilgan asarlardandir.
Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida xalq og’zaki ijodi asarlarini qayta ishlash bilan birga uning uslubi va badiiy vositalarini ham saqlab qoldi. Bular quyidagi holatlarda ko’rinadi:
1.3arbulmasal»ning ayrim hikoyalari xalq og’zaki ijodiga bo’lgan so’zlar bilan boshlanadi: «Bor erdi Farg’onada bir sarbān» (Tuya bilan bo’taloq), «Ilgargi ayyomda ikki kabutar bor erdi» (Bozonda va Navozanda).
2.Ommaviy janr bo’lgan maqollardan o’rinli foydalangan.
Asarda ikki tildan (o’zbek, tojik) maqollar keltirilib boradi va bu maqollar asar mazmuniga ustalik bilan singdirib boriladi.
Asar tilida jonli tilga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarni ko’ramiz: 1. Qaratkich va tushum bir xil ko’rsatkich bilan ifodalangan o’rinlar mavjud:
Hosili umri edi ul baynы
Atы gunashbonu oshal bayni.
2. -q bilan tugagan so’zlarga III shaxs egalik affiksi qo’shilganda, negizidagi shu undoshlar jaranglamaydi: Farāsat ayaqы aqsaq qыznы āshыqыg’a berdi. 3. Adabiy tilda qo’llanib kelingan yechmaq, chechmaq, tarzida qo’llangan: «Yana bir masal borki: Er bashiga shi tushsa, өtүk chechmәy suv kechәr». 4. Jonli tilga xos bo’lgan —turgon affiksi qo’llangan: hamiyat himmatini darjo’sh kelturub, yarim xazina dinār, yүz teva, uch yүz qaramal, uch yүz yыlqы, besh yүz qoy va qыznың bash-kөzi yasala turgan qalыnnы jamlab... 5. Jonli tilda bo’lgan itәrchi (it boquvchi: «It qig’onni itorchi qilmas»), yavuq (uzoq), sunmaq (taklif qilmoq:) «Soqiyi tushtaroqlar piyola suna boshladilar»), «Burnog’i (avvalgi)lar masalidurki». Shuningdek «Zarbulmasal»da xalq o’rtasida keng qo’llanadigan teva, taka, ayran, sapal, qatqaq, burunduq, taylaq, qo’naq, aqsaq, yantaq, boqaq, kulba, kurk tavuq, tutav, sachbag’, tushav, bo’ydaq, kabi so’zlar ishlatilgan.
6. Og’zaki nutkda ko’p qo’llaniladigan frazeologik birikmalardan foydalangan: ag’zыnы bir burchidin chekar,.. Jan satыb өzin uyin etardi tan. Ag’ыz ashga yetgәndә burni qanagan, xās tarbuznы qoltug’uңga alma va boshqalar.
«Zarbulmasal»da qo’llangan boshqa til elementlari avvalgi so’z ustalari asarlarida ishlatilib kelgan grammatik va leksik elementlarga muvofiq keladi.
Asarda fors-tojik va arab so’zlari ham ana shu davr tradisiyasiga ko’ra qo’llangandir. Gulxaniy asarlarida stil talablariga muvofiq sinonim so’zlardan unumli foydalangan: g’am-g’ussa-anduh, āsmān-kөk-falak, xalq-ulus-el, ism-at, yoldash-hamrāh, nāma-xat, ay-qamar, āftāb-quyash-shams-xurshid, chayan-aqrab, taraf-jonib, yүz-āraz-jamāl, daryo-nahr va boshqalar.