O’RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN 1905 YILGACHA BO’LGAN DAVRDAGI O’ZBEK ADABIY TILI O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi chekka o’lkalarda yashagan millatlar va elatlar shu jumladan o’zbek xalqining ham rus madaniyati va adabiyotidan bahramand bo’lishida ijobiy rol o’ynadi. Bu davrda ikkita adabiyot-reaksion va progressiv-demokratik adabiyoti o’sdi va taraqqiy etdi. Davrning adabiy tiliga diqqat qilsak,, undagi o’zgarish va burilish avvalo leksikada ko’rinadi. XIX asrning II yarmida so’z san’atkorlari yangi tushunchalarni ifodalash uchun rus tiliga, mahalliy shevalarga va o’zbek adabiy tilining ichki imkoniyatlariga murojaat qildilar.
So’z tanlash va ijod qilishda o’sha davrda uch manbaga asoslanib ish tutdilar.. Ular quyidagilardir:
1.O’zbek tilining o’z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan so’zlar hisobiga adabiy til boyidi. Ma’lumki, jamiyatda paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bunday so’zlarning bir qismini semantik neologizmlar tashkil etadi. Rus madaniyati va fani bilan bog’liq kirib kelgan tushunchalar quyidagicha ifoda qilingan:
a) Ruscha tushunchalarning ma’nosini berish uchun o’zbek tilida avvaldan bo’lgan so’zlar moslashtirilgan. Masalan, Jahonnoma geografiya ma’nosida, manzil (T.Z.G)-stansiya manosida, bosmaxona-tipografiya, tabib-vrach, nishon (T.V.G)-orden. b) Rus tilidagi terminlarni kolka qilish orqali yangi tushunchalar ifoda qilingan: poxvalnaya gromata-ta’rifnoma, ambulatornaya - tabibxona, upravitel — boshqaruvchi, jeleznaya doroga — temir yo’l, belыy sar — oq poshsho, povestka - chaqiruv qog’ozi, kerosin - yer yoђi, shtraf - jarima puli, ruchka - po’lod qalam, poyezd - otash arava, poroxod - otash kema. 2.Xalq jonli tilidan foydalanib, adabiy tilni boyitdilar, Bu davr so’z san’atkorlari XIX asrning 1-yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy tradisiyalarini davom ettirib, «avomcha» hisoblangan xalq tilidan foydalanib adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar.
3.Adabiy til rus tilining hisobiga boyidi. «Turkiston viloyati gazeti» da mahalliy ziyolilar ayrim asar va maqolalarni rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladilar. Bunda ko’pgina ruscha so’zlar o’z holicha qabul qilindi. Bundan tashqari madaniy va siyosiy hayotdagi boshqa o’zgarishlar rus tilidagi so’zlarning o’zbek tiliga o’zlashishiga olib keldi.
Shu davrdagi progressiv-demokrat shoir va yozuvchilar asarlarida «Turkiston viloyati gazeti» sahifalarida quyidagi sohalarga oid ruscha va rus tili orqali kirgan so’zlar qo’llangan:
1. Ijtimoiy-siyosiy, harbiy-polisiya rejimi bilan bog’liq bo’lgan so’zlar: uyezd, volost, duma, pristav, konsul, soldat, torma, shtraf, geniral, gubernator. 2. Transportga oid so’zlar: poyezd, vagon, kolyaska, vokzal, stansiya. 3. Pochta va telegraf bilan bog’liq bo’lgan so’zlar: pochta, telegraf, adres, marka, konvert. 4. Sanoat va moliya ishlari bilan bog’liq so’zlar: zavod, fabrika, kupes, magazin, bank, vensel. 5. Fan va madaniyat bilan bog’liq so’zlar: gimnaziya, teatr, muzika, muzey, gazeta. 6. Medisinaga oid so’zlar: gospital, doktor, lazaret, feldsher. 7.Sud ishlariga oid so’zlar: sudya, zakun. 8. Hujjat va mukofotlarga oid so’zlar: bilet, pasport, orden, medal. 9. Uy-xo’jalik predmetlari nomlari: samovar, stol, stul,patnis,talinka,lampa,fonuz,pech,kalish, dran, sites. 10.O’lchov birliklari nomlari: pud, sajen, vershon, minut. 11. Oziq-ovqatga doir so’zlar: pivo, kvas, limonad, kofe, konfet, kartoshka, suxari. 12.Etnik va toponomik nomlar: Moskva, Rossiya,ingliz, fransuz, rus. Bu davrdagi rus tilidan o’zbek tiliga so’z qabul qilinishi asosiy sababi shundan iboratki, madaniy turmushda bir qancha yangiliklar paydo bo’ldi. Bunday tushunchalarni ifodalash uchun o’zbek tilida so’z yo’q edi. Shuning uchun rus tilidan to’g’ridan-to’g’ri so’z qabul šilganlar.
XIX asrning II-yarmida rus tilidan o’zlashgai so’zlarning bir qismi aslida turkiy so’zlardir: Ular yangicha ma’no va ba’zi fonetik o’zgarishlar bilan qabul qilingan. Bularga tovar, istihān, karandash (qalam) boyar, bek, bashmak, kolpak, kabluk, chulan, cherak, dengi, karaul, yarlыk, kabak va h.o. O’zlashgan so’zlar ichida etimologik jihatdan arabcha va Yevropaning boshqa mamlakatlari tillariga oid so’zlar ham bor.
Yuqoridagi kabi so’zlarning aksariyat qismi jonli so’zlashuv nutqi orqali va vaqtli matbuot orqali o’zbek tiliga kirib kelgan.
Turli tildagi tarjimalar faqat rus tilidan emas, balki fors-tojik tilidan ham bo’ldi. Ayniqsa bu davrda Bedil ijodi bilan qiziqish va unga ergashish kuchaygan edi. Shu tufayli demokratik shoirlar zullisonaynlikni davom ettiradi. Natijada klassik adabiyotda fors-tojikcha, arabcha leksik va grammatik elementlardan foydalanish tradisiyasi ham davom ettirildi.