Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə42/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

Savol va topshiriqlar:
1. O’zbek xalqi adabiy tili taraqqiyotining so’nggi davriga tavsif bering:
a) XIX asrning 60-yillaridan 1905 yillargacha bo’lgan adabiyoti;
b) 1905 yshshan inqilobgacha bo’lgan davrga tavsif;
2. Bu davr o’zbek xalq adabiy tilining boyish manbalari nimalardan iborat, misollar orqali izohlang.
3. Bu davr o’zbek adabiy tiliga qaysi uslublar kirib keldi?
4. Umummilliy tilni yaratish yaratish sohasidagi urinishlar: panturkizm, panislomizm deganda nimani tushunasiz?
5. Bu davr ijodkorlari asarlarini sanab ko’rsating va til xususiyatlari, uslublari haqida gapiring.
11-mavzu
YANGI O’ZBEK ADABIY TILI
Reja:
1. Yangi o’zbek adabiy tilida orfoepik me’yorlar.
2. Yangi o’ebek adabiy tilida orfografik me’yorlar.
3. Yangi o’zbek adabiy tilida tinish belgilarining ishlatshshshi.
Yangi o’zbek tili o’zbek mshiiy adabiy tili, uning tashkil topishi, taraqqiyot bosqichlarini o’zida aks ettirgan tildir. Yangi o’zbek adabiy tili shu tilning yaratuvchisi bo’lgan o’zbek xalqining tarixi, uning qo’lga kiritgan ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy, madaniy, fan va texnika sohalarida qo’lga kiritgan olamshumul yutuqlari bilan bog’liq bog’liq. Shuningdek yangi o’zbek adabiy tili o’zbek tilshunosligida qo’lga kiritgan yutuqlar bilan umumlashtirilib, sistemaga solingan, me’yorlashtirilgan mukammal til sanaladi.
Yangi o’zbek adabiy tili o’zbek tilining ta’rifi, uning rivojlanish bosqichlari, sovet davridagi taraqqiyoti, shuningdek, milliy adabiy tilmizning fonetik sistemasi, grafikasi, uning lug’at boyligi, material strukturasi, so’z yasash yo’llari va grammatik qurilishi, punktuasiyasi haqidagi bilimlar bilan qurollantirilgan.
1. Fonetik prinsip. Shevalar va ayrim individlar (shaxslar)ning nutqidagi xilma-xillikni hisobga olmaganda ham og’zaki nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilishi natijasida so’z tarkibida, turli xarakterdagi juda ko’p o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu xilma-xilliklar hammasi ham orfografiyada o’z aksini topaverganda, yozuvda bir xillikni ta’minlab bo’lmas edi, natijada yozuvda sistemalilik va bir xillik o’rnini turli xarakterdagi xilma-xillik, hatto chakashlik egallagan bo’lar edi. Yozuvda bunday nuqsonlarga barham berish uchun orfografiyaning yuqorida sanab o’tilgan uchta asosiy (umuman olganda beshta) prinsipi joriy qilindi.
Bulardan fonetik prinsipga asosan so’zlar nutq jarayonida fonetik jihatdan qanday eshitilsa, xuddi shunday qilib yoziladi.
Ma’lumki, fonemalar mustaqil ma’noni anglatuvchi so’zlarni vujudga keltirishda muhim vazifani bajaradi. Chunki fonemalarning asosiy vazifasi ham so’z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilishdir.
So’z tarkibadagi nutq tovushlarining yozuvda maxsus grafik shakl orqali eshitilishiga qarab, sistemaga solib berilishi fonegik prinsip deb yuritladi.
Fonetik prinsipga asosan adabiy talaffuzda so’z kanday fonemalardan tashkil topgan bo’lsa, bu fonemalar yozuvda tegashli harflar bilan aks ettiriladi.
Masalan, adabiy tilda jo’nalish kelishigining asosiy formasi -ga shaklida qabul qilingan. Ba’zan bu forma -ka, -qa tarzida eshitiladi va shu tarzda yoziladi (boqqa, go’dakka kabi). Bu hol so’zning fonetik prinsip asosida qo’llanishiga kiradi.
Avvalo shuni aytish kerakki, hozirgi o’zbek orfografiyasida fonetik prinsipga juda kam amal qilinadi. Masalan, adabiy tildagi tutdi va tushgan so’zlaridagi d tovushning t tarzida, g tovushning k tarzida talaffuz etilishidan qat’iy nazar, bu tovushlar d va g harflari orqali beriladi. Ba’zan talaffuzda so’z oxirida ikki undosh yonma-yon kelganda, so’nggi» d yoki t undoshi tushib qoladi. Masalan, xursand, bahramand, qasd, past, Toshkent, Samarqand so’zlaridagi so’nggi t va d talaffuzda tushib qsshishiga qaramasdan, yozuvda ular saqlanadi, ya’ni qabul qilingan orfografik qoida bo’yicha yoziladi. Bu misollar amaldagi o’zbek orfografiyasida fonetik prinsipning nisbatan kuchsiz qo’llanishini ko’rsatadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin