Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə38/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

GAZETA-PUBLISISTIK STILINING PAYDO BO’LISHI VA TAKOMILLASHISHI
Turkistonning Rossiyaga qo’shilishi turli xil iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Rossiyaning chekka o’lkalarida adabiy va madaniy harakatchilik islomni reforma qilish, uni burjuaziya talablariga ko’ra modernizasiyalashtirish yo’li bilan olib borildi. Natijada milliy burjuaziyaning ideologiyasi vujudga keldi.
Demokratik yo’nalishda bo’lgan ma’rifatparvar o’zbek ziyolilari O’rta asr despotizmiga, asrlar bo’yi davom etib kelgan qullik va jaholatga qarshi kurashdilar.
Adabiy harakatchilik panturistik, panislamistik nazariyalar asosida rivojlandi. Turli ta’sirlar natijasida Rossiyaning chekka o’lkalarida «umumiy turk tili» to’g’risidagi nazariyalar tarqaldi. Demokratik-ma’rifatparvarlar esa o’zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun kurashdilar. Bu nazariya va kurashlar XIX asrning II yarmidan boshlab paydo bo’lgan nashriyot va vaqtli matbuotda o’z ifodasini topdi. Avval aytganimizdek 1871 yildan mustaqil ravishda «Turkiston viloyati gazeti» keyinchalik 1906 yildan «Taraqqiy» gazetasi chika boshladi. Shu davrdan boshlab o’zbek adabiy tilida gazeta-publisistik stil paydo bo’ldi.
Shunday qilib, «Turkiston viloyati gazeti» XIX asrning II- yarmi va XX asr boshlarida o’zbek madaniyati, xususan, adabiy tili tarixida ma’lum ijobiy rol o’ynadi. Furqat, Sattorxon, Is’hoqxon kabi ilg’or intelligensiya vakillari gazeta orqali adabiy va publisistik faoliyatlarini namoyish qildilar.
Furqat dastlab gazetani «E’lonnoma» deb tushunadi, lekin keyinchalik uning siyosiy ijtimoiy ahamiyatini tushunib, unda aktiv ishtirok etdi Sattorxon 1883-1890 yillar davomida redaksiyada muharrir yordamchi va tarjimon bo’lib ishlaydi.
Ular o’zlarining publisistik maqolalarida va xatlarida fan-madaniyatni tarqatuvchi sifatida maydonga chiqdilar.
Furqat, Sattorxon, Isxoqxon publisistikasining tili alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular o’zbek adabiy tilning gazeta-publisistik tili va stili rivojida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ular o’zbek adabiyoti klassiklarining eng yaxshi tradisiyalarini davom ettirib, o’zbek adabiy tili rivojlanishiga munosib hissa qo’shdilar.
Ular o’zbek tilini arxaik elementlardan tozaladilar, uni yangi iboralar va ruscha-internasional so’zlar bilan boyitdilar.
Gazeta publisistik stilida qo’llangan ruscha-internasional so’zlar doirasida quyidagi qatlamlar mavjud edi
1 Siyosiy-diplomatik tushunchalarni anglatuvchi so’z va terminlar: sudya, komissiya, konsul, duma, siyezd, monifest, zabostufka, morsileza, onorxiya va h o
2 Harbiy tushunchalarni biddiruvchi suz va terminlar pulkovnik, kopiton, giniral, litinont, ofitser va hokazo.
3 Pochta-telegraf bilan bog’liq so’zlar: tshshgraf po’shtaxona, morka, tilfo’n
4 Matbuotga doir so’zlar: redoksiya, gazetxona, harf bosadurgon moshina
5 Madaniy-maorif ishlari bilan bog’liq bo’lgan so’zlar: gimnoziyiya, muzi, loborotoriyiya, tirmumetr, kompos.
6 Administrasiya bilan bog’liq sœzlar: inspiktur, diriktur, ministur, onjirnoy (injener), grojdonen va h o
Gazeta tilida o’zbek tilvda mavjud bo’lgan yasovchi affikslar (ularning ayrimlari fors-tojik elementlaridir), ya’ni -lis, -lik, ma, -chi, -xona, kabi affiks va iffiksondlar yerdamida yangi so’zlar yasaldi Ularning eng mahsuldori -chi affiksi hisoblangan Bu affiks ishtirokida go’za ekuvchi, oktabrchi, saylovchi so’zlari, -lich affiksi ishtiroksda buzg’unliq, -ma affiksi ishtirokida otishma, xona affiksi yerdamida po’shtaxona kabi so’zlar yasalgan
Shuningdek so’z yasovchilardan o’rinsiz foydalangan hollar ham seziladi, -chi affiksi bilan yasalgan so’zlarda shunday hodisa yuz bergan Xurriyatchilar va hukumatchilar orasida voqye’ o’lmish, gazitachi, (jurnalist) kabi
Muhimi shundaki, gazeta-publiistik stilida badiiy stilning ta’siri kuchlidir, chunki bidiiy stil o’zining ko’p asrlik tradisiyasiga ega edi Ayni zamonda gazeta publisistik stilining shakllanishi natijasida bu stilga xos ayrim xususiyatlar badiiy adabiyetga ham singib bordi Bunda Furqat, Is’hoqxon, Sattorxonlarning roli katta bo’ldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin