O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIYIJODINING ROLI. XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan O’zbek demokratik shoirlari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O’tarlarning asarlari o’zining g’oyaviy mazmundorligidan tashqari, tilining soddaligi va ravonligi bilan ham feodal-saroy adabiyotiga mansub bo’lgan reaksion shoirlardan ajralib turadi. Demokratik shoirlar o’z asarlarining ommaga tushunarli bo’lishiga va unga tezroq borib yetishiga katta ahamiyat berdilar. Adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til elementlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitishga intildilar.
O’zbek adabiy tili ko’p asrlik tradisiyaga ega bo’lib, u A.Navoiy tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan edi. Biroq zamonlar o’tishi bilan Navoiy tilidagi ayrim formalar o’zgarib eskira boshladi. Muqimiy asarlari tili Navoiy tilining eski o’zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko’p jihatlari bilan farq qiladi. Bu farq asos-e’tibori bilan tildagi xalqchillikda ko’rinadi.
Muqimiy satiralarida ba’zi so’zlar ko’chma ma’noda qo’llanib, adabiy tildagi ma’no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressiv bo’yoqqa ega ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar:
Toyga өzi tuxumdin xātin demәdi,
Achchыg’ыdыn atasы ash yemәdi.
Yakka nafsimga gadālыg’ әylәsәm, andag’ emәs,
Jo’jasi kөp qыp-qыzыl degәn: qanы don?» ko’samen
Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap yesәng
Erlәri ornыg’a shāld xātunыdыn tegsә gap.
Yuqoridagi baytlardagi tuxum so’zi qarindosh-urug’, jo’ja- bola-chaqa, ichkari-xotin-qiz, ayol ma’nosida qo’llangandir.
Muqimiy asarlarida jonli tilga xos leksik elementlarigina emas, balki fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab
Ichkan giyahi bo’lsa ko’knor, aroba qursun.
Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu
Bahaqqi choriyoru hurmati payg’ambaron, bezgach.
Bu fonetik hodisa Farg’ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir.
Muqimiy ijodida so’zlashuv tilida bo’lgan yeng uchida, өpkәңni bas, kөzgә bizi ilmәgәy, ashы misāli tabaqda kөz yashы, changi chыqdыkabi frazeologik birikmalardan unumli foydalangan.
Muqimiy asarlarida -zor affiksi jonli tildagidek shaxs otlariga ham qo’shilib kelgan:
Yetdim ul oqshom g’am yutub,
Dashti qarakchыzār ekәn.
Muqimiy asarlari tili eski o’zbek tilining davomidir. Muqimiy asarlari tilida klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin. Navoiy va boshqa klassiklar leksikasida qatnashgan so’zlar Muqimiy lirikasidan ham o’rin olgan.
Uning asarlari grammatik kurilishida esa Navoiy tilida qayd qilingan barcha formalar uchraydi.