Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə43/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

2. Morfologik prinsip. Mofologik prinsipga ko’ra tildagi affikslar yoki morfemalar nutkda qanday aytilsa, yozuvda ham shunday yozilishi kerak. So’z o’zagiga qo’shiluvchi morfemalarning yozuvda to’liq yoki qisman bir sistema asosida aks ettirilishi yoki ularning variantlaridan birining tanlab olib yozilishi asosida bir xillikka erishish morfologik prinsip deyiladi.
Hozirgi o’zbek orfofafiyasida morfologik prinsip keng qo’llanadi. Masalan, og’zaki adabiy nutqimizda -lar affiksining kamida ikkita (til oldi va til orqa: echkilar, qo’ylar) varianti uchraydi, ba’zan hatto bu variantlar burun tovushlaridan keyin sonorlashib, yana ikkita yangi forma kasb etishi mumkin (olinglar, kelinglar). Lekin shunga qaramay, adabiy orfografiyamizda qabul qilingan morfologik prinsipga muvofiq —lar hamma holatda ham faqat bir formada yoziladi.
Shuningdek, infinitivning asosiy formasi bo’lgan —moq affiksi og’zaki nutqimizda ikki formada (yumshoq va qattiq variantda: kelmok, bormoq) qo’llanishiga qaramasdan yozuvda bir formada —moq tarzida yoziladi.
Kelishik formalari haqida xam xuddi shunday fikrni aytish mumkin. Umumiy qoidadan mustasno tarzida uchraydigan misollar soni ko’p emas. Masalan, jo’nalish kelishigining asosiy formasi -ga tarzida yozilishiga qaramasdan oxiri q, k, g’, g tovushlari bilan tugagan ba’zi so’zlarda bu forma og’zaki nutqdagi -k,a, ka tarzda (bokxa, elakka, o’roqqa kabi) qo’llanadi. Hozirgi orfofafiya talabi bo’yicha affikslarning hammasi morfologik prinsip asosida yoziladi. Masalan, egalik affikslari: -m (im), -ng (ing), -si (i), -miz (miz), -ngaz (ingiz); kelishik affikslari: -ning, -ni, -da, -dan; kesimlik affikslari: -man, -san, -miz, -siz; shaxs va zamonni ko’rsatuvchi hamda so’z yasovchi affikslar og’zaki nutkda qanday aytilishidan qati nazar, imloda o’zining bir xil morfologik formasini saqlagan holda yozilaveradi.
3. Tarixiy-tradision prinsip. O’zbek xalqning yozuvi tarixida ko’pgina so’z va iboralar borki, og’zaki nutqda qay tarzda talaffuz etilishidan qat’iy nazar, ularning yozilishida ma’lum tradisiyaga amal qilinadi. So’zlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadidan o’zlashib qolgan formada yozilishi orfografiyaning tarixiy-tradision prinsipini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, tarixiy-tradision prinsipga asosan so’zlar hozirgi holatiga ko’ra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko’ra yoziladi: Chora Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi.
Ќozirgi o’zbek orfografiyasida morfologik prinsip bilan bir qatorda tarixiy-tradision prinsip ham juda keng qo’llaniladi. Bu hol o’zbek yozuvi va o’zbek yozuv adabiy tili juda qadimdan boy tradisiyalarga ega ekanligi bilan izohlanadi.
Hozirgi orfografiyada tarixiy-tradision prinsip asosida yoziluvchi ba’zi formalar va so’zlarni izohlaymiz va misollar bilan keltiramiz.
1. Buyruq-istak mayli eski adabiyotimizda qo’llanib kelgan tradisiyaga ko’ra she’riyat va proza tilida ba’zan —gil // -g’il tarzida ishlatiladi: borgil//borg’il.
Bas, yetar, cholguvchi, bas qil sozingni. Bas, yetar ko’ksimga urmagil xanjar... (A. Oripov.)
2. Hozirgi o’zbek adabiy til va shevalarda maqsad ma’nosini anglatuvchi -gani formasi o’rnida eski o’zbek adabiy tilida -gali, -g’ali, -kali formalari qo’llangan. Bular ba’zan xozirgi o’zbek adabiy tilimizda ham o’sha formada uchrab turadi: Ko’rgali xusningni zoru mubtalo bo’ldum senga. (Navoiy.) Yoki: Ko’rgali keldingmi, yor, kuydirgali keldingmi, yor. (Qo’shiqdan.)
3. Xozirgi-kelasi zamon sifatdoshi yasovchi -r (-ar)ning -ur formasi ham klassik adabiyot tilida ko’plab ishlatilgan. Bu forma ba’zan hozirgi yozuv sifatida ham o’sha holicha qo’llanadi:
Yulduzlar o’tiga bardosh berurman,
Fazolar taftiga qnlurman toqat. (A. Oripov.)
Qururmiz zo’r kanallar, baxtimizdek ul ravon bo’lsin. (A. Po’lat.)
Sening-chun, ey g’aribim, ich-ichimdan bo’zlagaydurman. (A. Oripov.)
4. Eski o’zbek tilida chiqish kelishigi formasi -din bo’lgan. Bu forma hozirgi o’zbek adabiy tildagi chiqish kelishigi formasi -dan o’rnida hozir ham ba’zan ishlatiladi: Sevar yorim qaydin galding. (Xorazm xalq qo’shig’i.)
5. -mi yuklamasi o’zbek tilida ba’zan -mu tarzida qo’llangan. U holat hozirgi adabiy tilda ham kuzatiladi:
Sevgini tortib bo’lurmu
Toshu torozu bilan. (E. Vohidov.)
Yorning men tortmagan jabru jafosi koldimu. (Bobir.)
Go’zal jonon, sog’indingmu. (P. Mo’min.)
Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu. (A. Po’lat.)
6. Hozirgi adabiy tilimizda orfografik norma sifatida qo’llanvuchi chorizm so’zi va chor Rossiyasi birikmasi tilimizga Oktyabr inqilobi arafasida kirib kelgan bo’lib, o’sha davr og’zaki nutk tradisiyasiga muvofiq s o’rniga ch qo’llanib keladi. Bu so’zlar ruscha sarizm so’zi va Sarskaya Rossiya birikmasining o’zbek tili talaffuziga moslashtirib qo’llanilishi natijasida yuzaga kelgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin