O’ZBEK ORFOEPIYASINING NORMALARI Orfoepiyada og’zaki nutq talaffuzi asosiy rol o’ynaydi. Talaffuzni belgilashda esa, tovushlvrning to’g’ri aytilishi ahamiyatlidir. O’zbek tili orfoepiyasining nomalarini belgilashda fonetikaning, ayrim tovushlari talaffuzi qonuniyatlarining roli kattadir. Ana shunday qoidaga kirib qolgan xususiyatlar asosan quyidagilardan iboratdir.
1. b undoshi bilan tugaydigan oftob, kitob, adab, maqta’, Tolib, hisob kabi so’zlarning oxiri o’zbek tilining deyarli hamma shevalarida p tarzda talaffuz qilinadi va bu hol orfoepiya uchun normal hodisa ќisoblanadi. Lekin bu so’zlarning oxiriga egalik affiksi yoki bir xil unli tovush qo’shilishi bilan p tovushi yana b tarzida talffuz qilinadi: kitobi, maktabi. Xuddi shunga o’xshash b tovushining so’z oxirida p tarzda talaffuz qilinishi borib, kelib, aytib singari ravishdoshlarda ham uchraydi.
2. Og’zaki nutqda va deyarli barcha o’zbek shevalarida uchta so’zi ushta, uch so’m so’zi— usso’m, besh so’m so’zi—besso’m, quchdi so’zi— qushdi, yechdi so’zi— yeshdi, izsiz so’zi— issiz, yuzsiz so’zi— yussiz tarzda talaffuz qilinadi va bunday talaffuz qilish adabiy orfoepiyaning umumiy normasidan chekinish bo’lmaydi. Lekin, oshni o’rnida oshshi, ishni o’rnida ishshi, yuzni o’rnida yuzzi, qorni o’rnida qorritipidagi ayrim talaffuzlar va o’rda, sho’rda, o’tta, sho’tta, aqqa, baqqa kabi formalar orfoepiyaning umumiy nomasiga kirmaydi. Chunki bunday qo’llash ko’pchilik shevalarga xos bo’lganligi uchun umumxalq tilining talaffuzini aks ettirmaydi. Ikkinchidan, ular og’zaki nutqda har xillikni ko’paytiradi.
3. Samarqand, xursand, dard, baland, band, go’sht, past singari so’zlarning oxirida d tovshining nutqimizda jarangsizlashib, t tarzda talffuz qilinishini yoki shu tipdagi so’zlarning ba’zilarida so’z oxiridagi d yoki t undoshining og’zaki nutqda tamoman tushib qolishini (xursan, Samarqan, go’sh, pas singari) ixchamlikka intilish nuqtai nazaridan, tilimiz tabiatini hisobga olgan holda va tradisiyaga aylanib qolishini nazarda tutib, orfoepiya normasiga mos keladi, deyish mumkin.
4. Og’zaki nutqda bo’lsa, kelsa, bo’lgan, kelgan singari so’zlar talaffuzida l tovushini ko’pincha tushirib qoldirish ham adabiy orfoepiya normasiga aylanib qolgan. Opti, bo’pti, qopdi, borarkan, kelarkan, ovor, qo’yvor kabi so’zlarning og’zaki so’zlarning og’zaki nutkda talaffuzi ham shu xodisaga kiradi.
5. Buncha— muncha, bundan— mundan tipidagi so’zlarning adabiy nutqimizda parallel ishlatilishi ham adabiy orfoepiyaning normasiga zid emas. Tanbur so’zining tambur tarzida, Sunbula so’zining sumbula tarzida talaffuz qilinishi ham orfoepiya normasidan chekinish bo’lmaydi.
b.Chiroq, oyoq, yong’oq, yaproq tipidagi so’zlarning oxiridagi k tovushini g’ tarzida talaffuz qilish tilimizdagi shu so’zlarning asli holiga to’g’ri kelmaganidek, o’zbek tilining tabiatiga ham to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun ham yuqoridagi so’zlar oxiridagi k tovushini o’zining orfofafik holatini saqlagan holda og’zaki nutqda xam q tarzida talaffuz qilish maqsadga muvofiqdir. Ayni vaqtda bu hol orfoepiya bilan orfografiyaning birligini saqlash uchun xizmat qiladi.
7. Hozirgi yozuvimizda bir xil yoziluvchi ayrim so’zlar ham borki, ularning og’zaki talaffuzi farq qiladi va bu farqni nutkda aralashtirish yaramaydi. Masalan, Ravshan va tavsiya so’zlaridagi v tovush og’zaki nutqda u ga yaqin kelib lab-lab v tarzda talaffuz etilmoђi lozim. Bu so’zlardagi v ni f ga aylantirib talaffuz qilish hozirgi orfoepiyaning normasidan chekinishga olib keladi.