Abdulla qodiriy


ABULG’OZI BAHODIRXON ASARLARINING



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə30/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

ABULG’OZI BAHODIRXON ASARLARINING TIL VA USLUBI. XVII-XIX asrlarda yaratilgan asarlarda ikki xil tendensiya mavjud edi. Birinchi tendensiya shundan iboratki, unda Alisher Navoiy ijodiga ergashish tufayli badiiy asarlarda ko’tarinki uslub saqlangan edi. To’g’ri, bunday uslubda og’zaki nutq yoki jonli so’zlashuv tili elementlari ham keng qo’llangan. Ikkinchi tendensiyada esa tarixiy, ta’limiy asarlar tilida dialektlarning adabiy tilga bo’lgan ta’siri yanada kuchaygan. Shu jihatdan Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» asarlarining tili xarakterlidir.
«Shajarai tarokima» asari turkman xalqi tarixiga bag’ishlangan. Unda afsonalar ham ko’p o’rinni egallagan.
«Shajarai turk» asarida yoritilgan ma’lumot uchta tematikaga bo’linadi:
1. Diniy xarakterdagi Odam ato haqidagi afsonalar.
2. O’g’uz-turkmanlarning O’g’uz haqidagi ma’lumotlari.
3. Real asosga ega bo’lgan, lekin afsonaviy tarzda yetib kelgan voqyealar.
Abulg’ozi Baxodirxon asarlari tilida adabiy tilning soddalashtirilgani ko’rinadi. Buning o’ziga yarasha sababi bor. Tarix asarlarini yozgan, ayniqsa, hukmdor oiladan chikqan, mualliflar feodalizmni mangu tuzum deb, xalqli hukmdorlarga itoat ettirish uchun asarni xalq tushunadigan tilda yozishga harakat qilar edilar. Shuning uchun ham Abulg’ozi o’zining tarix asarlari boshqa tarixlardan farqli ekanini ta’kidlab, quyidagilarni yozadi: «Barcha bilingki, bizdin burun turkiy tarix aytqanlar arabiy lug’atlarnы qoshib tururlar va turkiyni ham saj’ qыlыb tururlar. Uzlarining hunarlari va ustazlarыnы xalqqa ma’lum qыlmaq uchun. Biz munlarning hyech kaysыsыnы qыlmaduq, aning uchunkim, bu kitobnы o’qug’uchы va tыnglag’uchi, albatta, turk bolg’usы turur: bas, turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasы fahm qыlg’aylar». «Shajarai tarokima»dan olingan bu fikrni «Shajarai turk» dan olingan quyidagi parcha yana ham oydinlashtiradi: «Hamma ulug’lar, ham oddiy kishilar tushunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmenkim, besh yashar o’g’lon ham tushunur. Tushunush oson bo’lsun teb, men chig’atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so’z qo’shmadim «.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin