Abdulla qodiRİYNİng satiRİk va yumoriSTİk ruhdagi KİCHİk asarlari tahliLİ. Rayhonova Gulnoza Jurnalistika fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili yo‘nalishi


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103069
1   2   3   4
ZDIF1202

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
oshirib, bo‘rttirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari 
yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obyektiga “ishlov” beriladi. Satira muallifi 
komiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin, biroq satir uchun salbiy tus berib, 
keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi. Qo‘shimcha tarzida shuni aytib o‘tish 
o‘rinliki, A.Qodiriy o‘zining satirik ruhdagi asarlariga Julqunboy, Dumbul va Tarsak kabi 
taxalluslarini qo‘llagan. Asarga qaytadigan bo‘lsak, unda shunday mazmudagi gap keltiriladi: 
— 
“ Isroflik to‘y…Samarqandda o‘rtoq Qurbi o‘g ‘illarini kestirdi. 3-4 kun to‘y berdi, bir-
ikki milliard pul ketdi… To‘yga isrof qilgan aqchasini “Ko‘mak uyushmasiga”
4
berganda 
foydali bo‘lar edi…”.
5
Xususan, A. Qodiriy bu yerdagi vaziyatda muxbirga murojaat qilish orqali butun bir boshli 
o‘zbek xalqini g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqchi bo‘lmoqda. Bizning o‘zbek millatimizdagi 
dolzarb masalarlaridan biri bu—to‘ydir. Haqiqatdan, o‘tmishda ham, hozirda ham barcha ota-
ona yig‘ib terganini, uyidagi bor narsasini ham sotib bo‘lsa ham, orzu-havasli to‘y qilishni 
xohlashadi, vaholanki, uning ertasiga yoki kelajakda kutiladigan falokatlarni yoki moddiy 
yetishmovchiliklarni hisobga olishmaydi. Biz sevib tomosha qiladigan o‘zbek filmlaridan 
birida shunday jumla keltiriladi: “To‘y to‘ydek bo‘lsin, mahallada duv-duv gap bo‘lsin”. 
Nahotki, baxt pulda yoki hashamatda emasligini ota-onalar, qarindoshlar va umuman butun 
bir jamiyat anglab yetishmasa? Nahotki, butun bir boshli xalq uyquda bo‘lsa? Shu o‘rinda 
Niyoziy ustozning she`rlaridan bir parchasini keltirib o‘tish o‘rinlidir: 
“Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u juvon
Domi g‘aflatdan xalos o‘lmoqqa imkon istamas”.
6
A.Qodiriy muxbirga qarata bu gaplarni aytish mening ham qo‘limdan keladi, yozaman desam 
sendan ham yaxshi yozaman, ammo har bir gapda andisha kerak, yaniki “so‘zni aytgil 
uqqang‘a…”—degan mazmundagi gapni keltiradi va asarini muxtasar qiladi. 
Yozuvchi bu yo‘nalishni ko‘plab asarlariga dolzarb mavzu qilib olgan. Shu o‘rinda “Baxtsiz 
kuyov” pyesasini ham keltirib o‘tish o‘rinlidir. Unda ham to‘y mojarolari va kamchiqimlik 
to‘g‘risida aytib o‘tiladi. Dabdababozlik, hashamdorlik, o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun katta 
to‘y qilish oqibatida ikk yosh, yigirma besh yoshli Solih va o‘n olti yoshli Rahimanining umri 
xazon bo‘ladi. Xo‘sh ularning aybi nima edi? Ularning ham yashashga haqqi bor edi? Ular ham 
hali misli onasining bag‘rida bir go‘dak misoli edi. Ular hali hayotning achchiq haqiqatlari 
anglamagan, o‘zining ertaknamo hayollari bilan band bo‘lib yurgan soddadil va mehribon qalb 
egalari edi. ” Xo‘sh, unda ularni kim o‘ldirdi?”—degan savol paydo bo‘lishi aniq, Solihning 
amakisi, ota-onasi yo‘qligini bildirmay o‘stirgan Abdurahimning uylantirish qistovimi yoki 
Solihning qaynotasi, Rahimaning otasi bo‘lgan Fayziboyning orzu-havasimi? Balki, domlaning 
sarpo haqidagi soliqlari yoki boyning sudxo‘rlik evaziga bergan puli, ularni bevaqt o‘limiga 
sabab bo‘lgandir. Ammo, aksincha, insonlarning hayotga bir tomonlama qarashi, jamiyatdagi 
dabdababozlik va asosiysi, ularning nafsi ikki yoshning umriga nuqta qo‘ydi. Bejizga Ahmad 
Yassaviy nafsni tepgil deb aytmaganlar: 
Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur, 
Yo‘ldin ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur. 
Yotsa, qo‘nsa shayton bila hamroh bo‘lur, 
4
. Maorif ishlari uchun moddiy yordam yig’uvchi ixtiyoriy tashkilot. 
5
.”Turkiston” jurnalining 41-soni. 
6
. H.H.Niyoziyning “Dardiga darmon istamas” musallasidan. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin