«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
A.Qodiriy o‘zining “Ro‘za, iftor, xatm, zakot” nomli qisqa yumiristik ruhdagi asarida ham
jamiyatdagi nuqsonlarni keskin tanqid qiladi. Eng avvalo, yumor haqida qisqacha aytib o‘tish
joizdir.
Yumor—kulgi bilan xayrixohlikni o‘zida mujassam etgan komiklik turidir. Badiiy adabiyotga
mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi,shaxsiy masalalardagi, xususan, ayrim
kishilardagi ba`zi kamchilik, nuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid
qilinayotgan obyektning yo‘qotilishiga tarafdor emas, unga achinadi, undagi mavjud
kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruh bilan yumor satiradan biroz farq
qiladi. Satirik asarda ijtimoiy hayot zaharxanda kulgi orqali fosh etilsa, xaraketerdagi
nuqsonlar hazil-mutoyiba, kinoya bilan tanqid qilinadi. Satirada yumor unsur bo‘lganidek,
yumorda ham satira unsuri bor.
Bilamizki, shariatimizda ro‘za, iftor, xatm va zakot farz qilingan amallardan hisoblanadi.
Ularni bajarish musulmonlar uchun farzdir. Ammo ularni imkoniyati bo‘lsa ham
bajarmaydigan va eng yomoni, farzli amallarimizni yuziga niqob qilib olgan yomon amalli
insonlar ham bor oramizda.A. Qodiriy ham aynan shu shariatdagi amallarimizni tashqi
tarafdan bajargandek qilib ko‘rsatadigan odamlarni yumor orqali keskin tanqid ostiga oladi.
Asarda eng birinchi navbatida, ro‘za haqida gapirib o‘tiladi. Ya`ni ro‘za tutish kerakligi islom
ta`limotida belgilab qo‘yilgan, lekin bu degani hamma ishingni, ahli ayol-u farzandlaringni och
holatda qoldir degani emas, aksincha, imkoniyati, sog‘ligi va vaziyati to‘g‘ri kelsagina ro‘za
tutish aytiladi. Ammo, kambag‘al odamning tinimsiz ro‘za tutishi qiyin ekanligi aytib o‘tiladi
asarda. Tinimsiz qora mehnat qilgani, buni ustiga ro‘za mahalida bir burda nonga zor bo‘lgan
kambag‘al va faqir bo‘lgan insonlar bor, ular ro‘zada iftorlik mahali og‘izlarini bir qultum suv
va bir burda non bilan ochganlarida, boylar yog‘lik-jazlik palov bilan iftirlik qilishi
yaxshimikan deyiladi? Bundan tashqari iftorlik qilgan boylar, nega faqatgina “dam chiqarsa”
tahorati ushalmagan boylarnigina mehmon qiladi? Qani adolat, qani insonning insonga
bo‘lgan mehr-u muhabbati? Yana shunday paytlar bo‘ladiki, kambag‘al odam bir necha kun
ro‘za tuta olmay qolsa, ularni kalaka qilib ustidan kulishadi.
“ Ishchi, nafaqai ahli ayol
7
uchun ro‘za tutmay ishlasa, tag‘in sizning ta`na-tuvangizga nishon
bo‘lsinmi? Og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham boy gapirsinu—boyvachcha gapirsin; kambag‘alni
tuyaning ustida it qopsinmi?
Bo‘lmagan gap, yarashmagan qiliq, yopishmagan shirach!”—deb aytadi yozuvchi.
Ro‘za oyining muhim nuqtalaridan biri, iftor va ta`na-to‘va masalasi bo‘lsa, ikkinchisi xatmdir.
Xatmni ko‘pchilik qachon qiladi degan savolga, yozuvchi ochiq-oydin javob bergan:
“Ikkinchisi xatm bo‘lib, bu masala ustida uzoq to‘xtamaymiz. Chunki masala ochiq. Birov xatm
qildirar ekan va yo bu yilgi ro‘zada xatm ko‘paygan ekan, “Eshak eshakdan qolsa qulog‘ini
kesar”, degan so‘zdir, maydonda bundan boshqa narsa yo‘q”.
Zakot ham shu yo‘sunda amalga oshiriladi deb aytadilar Abdulla Qodiriy. Shu o‘rinda Ro‘ziboy
hojining zakot berishini misol qilib keltirib o‘tiladi:
—“Xo‘-o‘sh, deganingizdan bilsak, qani cho‘tni oling-chi—besh yuz million tramvayda
kisavurga oldirdik; bir milliard vagonda konduktorga pora berildi, olti yuzni domaxonaning
ishtrafiga to‘ladik, bir yarim milliardlik mol Maskov yo‘lida yo‘qoldi… Jamuljam bo‘ldi: uch
milliard olti yuz. Bu yilgi beradigan zakotimiz hisobi uch milliard besh yuz bo‘lsa… Tavba,
7
. oilasini boqish uchun.