«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
buni qarang-a… Bergan zakotimiz hisobdan bir oz osha tushibti!.. Xayr, bizdan ketsa-ketsun,
dargohida qabul bo‘lsa bas!”
Bu o‘rinni o‘qigan inson kulishini ham, yig‘lashini ham bilmay qoladi. Nahotki, insonlar
nafaqat bandasini, balki yaratgan parvardigorni ham aldamoqchi bo‘lishadi. Ularning qo‘lida
tarbiya topayotgan yosh avlodning ahvoli qanday kechadi, ular ham kelajakda o‘z otalaridek
bo‘lmaydi deb kim kafolat bera oladi. Zero, “ Tarbiya biz uchun yo hayot—yo mamot, yo
najot—yo halokat, yo saodat—yo falokat masalasidir”
8
—deyilgan hikmatli so‘z
bejiz
aytilmagan.
Bu ham bir zamonaning zayli ekanda. “Zamonaning zayli” nomi bilan nomlangan Abdulla
Qodiriyning keying yumoristik ruhdagi maqolasida ham insonlardagi salbiy illatlar keskin
fosh etiladi. Unda shu jumlalar keltirib o‘tiladi:
“Zamonaning zayli ekan-da. O‘zbek millatining bir necha asrlik turmushi ko‘z oldinga kelib saf
tortsa, millatning hozir mulla, eshon, azayimxon, folvun, Maxdum tabib, Mamarasul tabib va
maxdumlarni—ikkinchi safga tizib, tomosha qilsang juda bir mudhish va qo‘rqinchlik
manzara bo‘lar edi-da”.
Bilamizki, o‘zbek xalqi xonlik tuzumi davrida hukmronlik monarxiya tartibotini, keyinchalik
sotsial tuzum davrlaridagi tartibni boshdan kechirdi. O‘sha paytlarda o‘zining deyarli to‘liq
ilmi bo‘lmay mulla, eshon, folvin yoki maxdum bo‘lganlarning soni anchagina bo‘lgan. Albatta,
guruch kurmaksiz bo‘lmasligi tabiiy holdir. Shunday
insonlar davlat rivojini, mavqeyini
tushib ketishiga asosiy aybdordirlar. Shu o‘rinda G’afur G’ulomning eng mashhur va biz
sevgan asari ya`ni “shum bola” qissasidagi bola va eshonning nutqi yodga keladi:
“Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l
bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar
ham bo‘ladi. Naqdina pul—ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina
bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin..”
Yoki bo‘lmasam, yana shu qissadan boshqa misol keltiradigan bo‘lsam:
“Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga
aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha xudojo‘ylikda Eshondan qolishmaydi.
Biroq uning
qilayotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskari jarayondir”.
Ammo, bu –hayot. Uning yozilmagan va biz bilmagan qonunlari juda-juda ko‘p. keyinchalik,
vaqti-soati kelib, bunday toifadagi insonlar ham bu hayotni tark etishi mumkin, biroq hayot
yaxshilik va yomonlik ziddiyati ustiga qurilgan, shuning uchun
ham yashash qiziqarlidir
balkim. A. Qodiriy o‘zlari shu jumlalar bilan yakunlaydilar gaplarini: ” Sizning ham davringiz
kelgan edi. Endi tikanlar o‘rniga gullar ochildi. Zog‘lar o‘rniga bulbullar qo‘ndi. Bu ham
zamonaning zaylidir!”
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, Abdulla Qodiriyning har bir asarida teran va katta bir mazmun
bor, yozuvchining har bir asarini qayta-qayta o‘qisak, o‘zimizga olam-olam mazmun va
tushunchalar olamiz. Uning satirik va yumoristik mazmundagi
maqolalar va asarlarida
jamiyatning, xalqning turmushini yaxshilash kabi go‘zal va mushtarak go‘ya mujassamdir. . Bu
asarlarni o‘qigan har bir kitobxon o‘ziga nafaqat estetik zavq, balki tariximiz, qadriyatlarimiz,
tuzumimiz va eng muhimi, o‘tmishimizning eng qiyin damlarini o‘zining qalbi ila his etadi.
Abdulla Qodiriy asarlarining qiymati va qadri ham shundadir
va ular bebaho va durdona
satirik va yumoristik asarlarimizning yorqin namunasi bo‘lib qoladi.
8
.Abdulla Avloniy