bo'yida o‘tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda
o ‘ng qo‘l chap ko‘krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa yengil
ta ’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib
salomlashish ko‘rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikm
bildiradi - odobdan emas. Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtayi
nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim;
ayollar bilan
k o ‘rishganda ham erkak kishi to m o n d an shunday etiket qoidasi
bajarilmog‘i talab qilinadi.
Milliy m entalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga
ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh
kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tom onda tu tib,
to ‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi
lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to n va
d o ‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l
qovushtirib, boshni bir
yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular,
bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusumlardan
farqi yo‘q ekan, degan taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on
taassurot. C hunki udum , odat, rasm -rusum lar muayyan darajada
erkinlikka ega, b a ’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda
buning imkoni yolq — etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go zallikning
uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli
xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak,
etiket estetika
bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i, o‘zni tutish estetikasi talablariga javob
beradi.
Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha
ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ко zini
quvontiradigan muom ala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy
asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo ladi.
etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o ‘z
xohish-ixtiyoriga qarshi
ish ko‘rayotgan b o ‘lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning
bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan
chiqdingiz, deylik. R o‘parangizda tanishingiz yoki qo shningiz uchraydi.
Siz ko'rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib
Uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb
ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo
istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni
o ‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o ‘z istagingizga qarshi,
etiket-
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulozamat yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na
chora — munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket
shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda b o ‘lmasin,
bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o ‘rgatishi bilan aham iyatlidir.
Dostları ilə paylaş: