Abdumannopov boburbekning



Yüklə 2 Mb.
səhifə2/12
tarix22.07.2023
ölçüsü2 Mb.
#137112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Amaliyot xisobot. Boburbek

2023 — 2026- yillarda fazoviy ma’lumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar ro‘yxati 4- ilovaga muvofiq;
2023 — 2026- yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantir is h bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5- ilovaga muvofiq. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) mazkur Dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

  • Belgilansinki, 2023- yil 1- yanvardan boshlab: Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlard a — hududiy bo‘limlar), Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasi), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish v ertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zb ekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi; Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki ta’sir o‘tkazish qat’iy taqiqlanadi.

  • Kadastr agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar ini rivojlantirish vazirligi 2023- yil 1- iyulga qadar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq Kadastr agentligi organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani Ichki ishlar vazirligining “Ema’muriy ish” tizimi bilan to‘liq integratsiya qilingan maxsus mobil dastur orqali elektro n hujjat shaklida tuzish imkoniyatini yaratsin.

  • Quyidagilar: Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida — Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi; Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuzilmalarida — chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi; Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji tuzilmasida — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi; “Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida — geodeziya va kartografiya sohasida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyati, Fazoviy ma’lumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tashkil etilsin.

  • Belgilansinki:Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi uchun qo‘shimcha 16 ta shtat birligi Davlat kadastrlari palatasidagi tegishli shtat birliklari qisqartirilishi hisobiga tashkil etiladi, ushbu shtat birliklarini saqlash va Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish xarajatlari har yili geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish ishlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi; 13 nafar chegara masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish hisobidan joriy etiladi.

  • Belgilansinki, yangi o‘zlashtirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalla ngan yerlar toifasining tegishli turiga kiritiladi. Kadastr agentligi 2023- yil 1- martga qadar Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda yer fondi toi falari va turlarini o‘zgartirish hamda ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish tartibini nazarda tutsin.

  • Belgilansinki, Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash doira sida:buyurtmachi — Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari hisoblanadi;bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov yoki tenderlar natijalari bo‘yicha aniqlanadi.

  • Mazkur qarorda naz arda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish qismi bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari;bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash qismi bo‘yicha — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalari maxsus hisobvarag‘idagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklar idan tushgan kompensatsiya to‘lovining qoldiq mablag‘lari, tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini o‘lchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot va zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil etish qismi bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, tizim tashkilotlarining o‘z mablag‘lari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  • Kadastr agentligining respublika hududlarining tabiiy- iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat kompleks hisobga olinishini ta’minlash, hududlarda amalga oshiriladigan davlat va maxsus ahamiyatga ega geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining aniqligi va sifatini oshirish, sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmog‘i qamrovini kengaytirish maqsadida mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq, 80 ta doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish haqidagi taklifi ma’qullansin. Kadastr agentligi (F. Pulatov): uch oy muddatda doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) uchun texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash;doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish, ishlab chiqilgan texnik loyihaga muvofiq ularni 2023 — 2025- yillarda tegishli hududlar ga joylashtirish (qurish) choralarini ko‘rsin.

  • Kadastr agentligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 3- ilovada belgilangan obyektlar bo‘yicha loyiha- smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi va kelishilishi hamda qurilish- montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatish choralarini ko‘rsin.

  • Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023- yildan boshlab: ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf - xarajatlar uchun Davlat budjetidan Kadastr agentligiga zarur mablag‘larni ajratsin; har yili Kadastr agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlarini saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6- ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

  • Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev va Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtir is h Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalari hamda ularning tuman (shahar) filiallari negizida — Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari;

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin