O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 7- sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF - 6061- sonli Farmoniga asosan, yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha ishlar to‘liq yangilangan formatda olib borilmoqda.
Xususan, yangi integratsiyalashgan axborot tizimi ishga tushirilib,
hozirga qadar respublikadagi 40,5 mln gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratildi va ular to‘g‘risida gi ma’lumotlar raqamlashtirildi.