Nivelirlash - umumiy atama bo‘lib, nuqtalar balanligi yoki ular balandliklari farqini aniqlashni turli jarayonlarida qo‘llanadi. Nivelirlash plan, profillarni tuzish, injenerlik loyihalash va qurishida zarur ma'lumotlarni olish uchun bajariladi.
Nivelirlash natijalari:
(1) avtomobil va temir yo‘llar, kanallar, suv ta'minoti tizimi va boshqa joylarni loyihalashda, joyda biron- bir yo‘nalish bo‘yicha aniq topografik ma'lumotolishda;
- bino va inshootlar qurilish loyihalarni balandlik bo‘yicha joyga ko‘chirishda;
-yer qatlamini vertikal va gorizontal surilishini aniqlashda keng qo’llaniladi.
Teodalit Joyda gorizontal burchakni o’lchashda ishlatiladigan asbob quyidagi asosiy qismlardan iborat: gorizontal burchak proyeksiyasini ifodalaydigan doira-limb, burchak yo’nalishini belgilash uchun xizmat qiladigan qarash trubasi hamda limb markazidan aylanadigan va sanoq olinadigan doira-alidada. Ana shu asbob teodolit deb ataladi. Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o’rnatiladi. Teodolit qismlarining bir-biriga nisbatan qanchalik to’g’ri o’rnatilganligi adilak yordamida tekshiriladi. Berilgan nuqtaning yerning tabiiy yuzasidagi o’rnini topish uchun ko’pincha joyda vertikal burchakni o’lchashga to’g’ri keladi. Vertikal burchak qiyalik burchagi deb ham yuritiladi. Qiyalik burchagi joydagi biror chiziq (AB) bilan uning gorizontal proyeksiyasi (Ab) orasidagi burchakdan iborat. Qiyalik burchagi (α1) gorizontal tekislik (P) dan yuqorida bo’lsa, musbat qiyalik burchagi deb atalib, ishorasi musbat bo’ladi. Qiyalik burchagi α2 gorizontal tekislik (P) dan pastda joylashgan bo’lsa, manfiy qiyalik burchagi yoki
pasayish burchagi deb atalib, ishorasi manfiy bo’ladi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan teodolitlar gorizontal burchaklarnigina emas, balki vertikal burchaklarni o’lchashga ham moslangan. Vertikal burchakni o’lchash uchun teodolitning qarash trubasi yoniga vertikal doira o’rnatilgan. Vertikal doira, dalnomer va bussol bilan ta`minlangan teodolitlar teodolit- taxeometr deb yuritiladi.
Teodolitning asosiy qismlari tuzilishi va bajaradigan ishiga qarab, o’rnatuvchi qismlar va ish qismlariga bo’linadi. Qarash trubasi, limb, alidada, vernyer va sanoq olish moslamari – ish qismlaridir, shtativ, shovun, taglik va adilaklar esa o’rnatish qismlaridir. Teodolitning limbi 1va alidadasi 2 gorizontal doirani tashkil etadi. Alidadaning aylanish o’qi asbobning aylanish o’qi 3 deb ataladi, bu o’q limbning ichi kovak o’qi 4 ga, limb o’qi esa taglik 5ning vtulkasiga kirib turadi. Teodolit shtativ 6 ga o’rnatilgandataglikning ko’tarish vintlari 7 shtativ kallagiga tiralib turadi. Teodolit shtativda o’rnatish vinti 8 yordamida mahkamlab qo’yiladi.