95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI
8.2-jadval Inson taraqqiyoti indeksini baholash mezoni Ko’rsatkich Darajasi 0,8-1
yuqori
0,5-0,8 gacha
o’rtacha
0-0,5 gacha
past
Inson taraqqiyoti indeksi qisqa muddatli istiqbolda inson rivojlanishidagi
taraqqiyotni baholashga qodir emas, chunki uning ba’zi indikatorlari mamlakatda
amalga oshirilayotgan islohotlardan darhol ta’sirlanmaydi. Bu o’rtacha ta’lim
davomiyligi va tug’ilishda kutilayotgan umr davomiyligi singari ko’rsatkichlarga
talluqli. Shuning uchun o’rta va uzoq muddatli istiqbolda inson taraqqiyoti indeksi
taraqqiy etishini kuzatish maqsadga muvofiq.
Shunday qilib, inson taraqqiyoti indeksi turmush sifatining iqtisodiy hamda
ijtimoiy ko’rsatkichlaridan foydalangan holda o’rtacha farovonlik darajasini
ifodalaydi. Bunda inson taraqqiyoti indeksining ilmiy qimmati nafaqat umumiy va
o’rtacha natijalarga erishish, balki uning komponentlari belgilarini qiyoslashdan
iborat.
Inson taraqqiyoti indeksi integral indeks bo’lib, uni aniqlash uchun o’rtacha
kichik indekslarni hisoblash zarur. Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash uchun
quyidagi formuladan foydalaniladi:
3
t t t t GNII EI LEI HDI
,
Ya’ni, inson taraqqiyoti indeksini aniqlash uchun uch subindeksning
o’rtacha geometrik o’lchamini hisoblash zarur:
1) Kutilayotgan umr davomiyligi (Life expectancy index, LEI).
2) Ta’lim indeksi (Education index, EI).
3) Turmush darajasi indeksi (Gross national income index, GNII).
Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi ikki bosqichdan iborat:
1. Har bir o’lchov uchun subindekslarni hisoblash.
171
2. Inson taraqqiyoti indeksini hisoblash uchun subindekslarni agregatlash.