Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


 Inson taraqqiyoti indеksi va uni hisoblash mеtodikasi



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

 
8.4. Inson taraqqiyoti indеksi va uni hisoblash mеtodikasi 
 
 
Insonning taraqqiyoti indeksi – inson rivojlanishi sohasidagi uch asosiy 
yo’nalish – salomatlik va uzoq umr, bilim va yetarli turmush darajasi bo’yicha 
o’rtacha yutuqlar darajasini belgilovchi qo’shma (integral) indeksdir.
Insonning taraqqiyoti indeksining tarkibiy elementlari quyidagi subindekslar 
hisoblanadi: 


168 
1. Kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi – u ma’lum darajada mamlakat 
ijtimoiy ta’minoti va sog’liqni saqlash tizimining holatini aks ettiradi.
2. Ta’lim darajasi indeksi (ta’limdan foydalanish) – u mamlakat ta’lim 
tizimi holatining aksi sifatida ta’lim olish imkoniyatini ifodalaydi. 
3. Turmush darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga (milliy valyutalarning 
xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha AQSH dollarida) – yalpi milliy daromad 
asosida mamlakat aholisi daromadlarini aks ettiruvchi daromad indeksi. 
1990-2009 yillarda inson taraqqiyoti indeksi quyidagi subindekslarni 
hisoblash asosida o’lchangan:
1) tug’ilishda umrning kutilayotgan davomiyligi;
2) katta yoshdagi aholining savodxonlik va maktab ta’limini qamrab olish 
darajasi (boshlang’ich maktabdan oliy o’quv yurtlariga qadar); 
3) AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha aholi jon 
boshiga yalpi milliy daromad. 
2010 yildan boshlab inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi 
o’zgardi. Ya’ni 2010 yilda Inson taraqqiyoti to’g’risidagi ma’ruzaga ko’ra, ta’lim 
(ta’limdan foydalanish) darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga yalpi milliy 
mahsulot asosida daromad indeksi va hayot darajasi indeksini o’lchash uchun 
yangi ko’rsatkichlar kiritilgan.
Ta’lim darajasi indeksi quyidagi ikki ko’rsatkich bo’yicha o’lchanadi: 
1) O’rtacha ta’lim davomiyligi, u hayot davomida 25 va undan katta 
yoshdagi shaxslar olgan o’rtacha ta’lim yillari bilan o’lchanadi; 
2) Kutilayotgan ta’lim davomiyligi, uni kutilayotgandek, rasmiy belgilangan 
maktabga borish yoshiga yetgan bola, agar uning hayoti davomida aholini ta’lim 
bilan qamrash ko’rsatkichlari sohasida ustuvor yo’nalish saqlanib qolgan bo’lsa, 
olishi mumkin.
Bu yangi indikatorlardan foydalanish zarurati shu bilan bog’liqki, ko’pgina, 
ayniqsa inson taraqqiyoti indeksi reytingining yuqori qatorlaridagi mamlakatlarda 
katta yoshli aholi savodxonligi va ta’lim bilan qamrash darajasining yuqori 


169 
ko’rsatkichlariga erishildi. Nima uchun mazkur ko’rsatkichlarning farqlash 
qimmati zaiflashdi?
Ta’limning kutilayotgan davomiyligi hamda 25 va undan katta yoshdagi 
shaxslar uchun o’rtacha ta’lim olish yillari miqdorini boshqa avval foydalaniluvchi 
va barcha mamlakatlar bo’yicha yanada ifodalangan tabaqalash qimmatiga ega 
ko’rsatkichlarga nisbatan ta’lim konsepsiyasini to’g’riroq aks ettiradi, chunki ular 
ta’lim va ta’lim bilan qamrashdagi so’nggi o’zgarishlarni yaxshi aks ettiradi. Biroq 
ular oldingi indikatorlar singari ta’lim sifatini baholamaydi.
Hozirda daromad darajasi AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti 
bo’yicha aholi jon boshiga yalpi milliy daromad yordamida baholanadi.
1990 yilda qabul qilingan inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi 
bo’yicha indeksni hisoblash o’rtacha arifmetik o’lchamlar indekslarini aniqlashga 
asoslangan. Mazkur agregatlash usulining asosiy kamchiligi shundaki, u inson 
taraqqiyoti o’lchovchilari o’rtasidagi o’zaro to’liq almashuvni ko’zda tutgan. Zero, 
subindekslardan biri bo’yicha yutuqlarning quyi ko’rsatkichlari boshqa ikki 
subindeksning yanada yuqori ko’rsatkichlari orqali bir tekisda ta’minlanadi.
2010 yilda qo’llangan multiplikativ agregatlash usuli o’rtacha geometrik 
usuldan foydalangan holda o’lchovlar bo’yicha erishilgan yutuqlardagi farqlarni 
e’tiborga olish imkonini beradi. Masalan, tug’ilishda kutilayotgan umr 
davomiyligidagi 1 foiz pasayish ta’lim va daromadlar sohasida 1 foizli pasayish 
singari inson taraqqiyoti indeksiga ta’sir etadi.
Shunday qilib, mazkur usul chiziqli agregatlash formulasiga nisbatan jiddiy 
e’tirozlardan birini hisobga olib, u o’lchamlarning o’zaro to’liq almashuvini 
amalga oshiradi va komponentlardan biri bo’yicha yanada yuqori belgi integral 
inson taraqqiyoti indeksining yuqoriroq ko’rsatkichiga ta’sir etishi mumkinligini 
ko’zda tutadi.
Inson taraqqiyoti indeksi miqdori mamlakatlarni turli inson rivojlanishi 
darajalariga ega guruhlarga taqsimlash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Indeks 0 dan 1 
gacha bo’lgan belgilarni qabul qilishi mumkin, bunda indeks miqdori 1 ga qancha 
yaqin bo’lsa, inson taraqqiyoti shuncha yuqori hamda mazkur mamlakatdagi 


170 
turmush sharoiti alohida kishi va millatning umumqabul qilingan farovonlik 
mezonlariga yaqinlashadi.

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin