172
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish
quyidagi asasiy bosqichlardan iborat:
o‘qitishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
o‘qitish o‘rnini aniqlash;
o‘qitish va ishga joylashtirish yuzasidan shartnomalar tuzish;
o‘quv guruhlarini butlash va kasbga tayyorlashga yo‘llash;
kasbiy ta‘lim jarayoni;
kasbiy ta‘lim jarayonini nazorat qilish;
kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarni attestastiya qilish;
kasbiy ta‘limga doir ishlarni hisobga olish va statistik hisobot.
Kasbga o‘qitishga bo‘lagn ehtiyoj mehnat bozorida ishchi kuchiga kasbiy-
malakaviy kesimdagi talabni rivojlantirish istiqbollarini inobatga olib,
ishsiz
shaxslarni ishga joylashtirishning maqbul variantlarini izlab topish orqali
aniqlanadi.
Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsiz deb e‘tirof etilgan shaxslar
jumlasidan, yangi ishchilarni tayyorlash, ishchi
va mutaxassislarni qayta
tayyorlash, birinchi navbatda, mehnat bozorida ehtiyoj bo‘lgan kasblarni
egallashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Masalan, Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish o‘quv markazida kasbga tayyorlanadi (8.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: