173
8.1-jadval
Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish o‟quv markazida o‟qitilayotgan kasb-hunarlar ro‟yxati
T/r
Kasb-hunarlar
T/r
Kasb-hunarlar
1.
Elektrpayvandchi
16. Shaxsiy kompyuter ta‘mirlovchisi
2.
Gazpayvandchi
17.
Engil kiyim tikuvchisi
3.
Ofis menejeri
18. Uyali telefon ta‘mirlovchisi
4.
Santexnik
19. Tikuvchi (porter va pardalar)
5.
Duradgor
20. Poyafzal ta‘mirlovchi
6.
Ish yurituvchi
21. 1S buxgalteriya dasturi
7.
EHM operatori
22. MS offise 2003/2007 dasturlovchi
8.
O‘qalovchi
23. Elektr tarmoqlari montyori
9.
Dasturlovchi
24. Suvoqchi
10.
Sartarosh
25. Bo‘yoqchi
11. Tadbirkor
26. Milliy kiyim tikuvchi
12. Oshpaz-qandolatchi
27. Gilam to‘quvchi
13.
Buxgalter
28. Popopchi
14. Tikuvchi-operator
29. Kashta tikuvchi
15.
Internet asoslari
30. Zardo‘z
Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsiz deb e‘tirof etilgan
shaxslarni kasbga tayyorlash moliyaviy ta‘minlash
ish bilan ta‟minlashga
ko‟maklashuvchi davlat jamg‟armasi
ning ana shu maqsadlari uchun nazarda
tutilgan mablag‘lar hisobidan oshiriladi.
Ishsiz shaxslarni kasbga
tayyorlash va qayta tayyorlash,
ularning
malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan sarf-xarajatlar quyidagilardan tarkib
topadi:
-
o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta‘limi ustalari (yo‘riqchilari) va xalq
ustalarining mehnatiga haq to‘lash;
-
o‘quv yurtlari, korxonalarning o‘quv bo‘linmalaring
malaka imtihonlari
komissiyasi a‘zolarining mehnatiga haq to‘lash;
-
boshqa hududlardan kelib o‘qiyotgan fuqarolarning transport va
mehmonxonada yashashlari uchun sarflangan xarajatlar;
-
o‘qish davrida
qonunchiliq
tomonidan
belgilangan
miqdorda
stipendiyalar tulash;
174
-
o‘quv reja va
dasturlari, o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqarish va xarid
qilish uchun to‘lanadigan mablag‘lar;
-
jihozlarni, boshqa ashyoviy zaxiralarni qisman xarid qilish, zaruriy o‘quv
ishlab chiqarish maydonlarini ijaraga olish, o‘quv va korxonalarning
xizmatlaridan foydalanish uchun haq to‘lash;
-
ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning
malakasini oshirishni tashkil qilish va amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan o‘zga xarajatlar.
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi hisobidan ishsiz
shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish
uchun mablag‘ xarajatlari smetasi joriy tartibda mehnat bo‘limlari tomonidan
tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: