9.3-rasm. Tashkillashtirilishiga ko‘ra hududiy harakatchanlik shakllari
Hududiy harakatchanlik sabablari . Hududiy harakatchanlikni sabablar
bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin:
ijtimoiy va iqtisodiy , ularni ko‘pincha ajratish qiyin bo‘ladi (bo‘sh qishloq
xo‘jalik yеrlari va ish qidirish bilan bog‘liq ko‘chishlar; yuqoriroq daromadlarni
qidirish bilan; turmush tarzini o‘zgartirish maqsadida qishloqdan shaharga ko‘chib
o‘tish va aksincha; yanada yuqoriroq ijtimoiy maqomga ega bo‘lish va h.k.larga
ko‘ra ko‘chishlar);
siyosiy – siyosiy ta'qiblardan, irqiy va diniy siquvlardan qochish, siyosiy
sharoitlar yoki davlat chеgaralarining o‘zgarishi bilan bog‘liq qochoqlar va
ko‘chirma bo‘lganlarning o‘z vataniga qaytishi;
harbiy – evakuatsiya, rеevakuatsiya va dеportatsiya;
etnik (milliy);
dеmografik (oilalarni birlashtirish, nikoh migratsiyasi);
tabiiy sharoitlar (iqlim);
ekologik sharoitlar – atrof-muhitning ifloslanishi, ekologik halokatlar
natijada aholi ko‘chib kеtishga majbur bo‘ladi.
Hududiy harakatchanlik ijtimoiy- tashkillashtirilgan ijtimoiy- tashkillashtirilmagan Davlat
yoki
ijtimoiy
organlar ishtirokida va
ularning
iqtisodiy
ko‘magi
yordamida
amalga oshiriladi.
migrantlarning
o‘z
mablag‘lari va kuchlari
hisobiga
amalga
oshiriladi.