224
XI bob
. MЕHNAT RЕSURSLARINI BOSHQARISHNING HUQUQIY
ASOSLARI
11.1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari
Jamoa
shartnomasi
ish beruvchi va xodimlar o‗rtasidagi mehnat
munosabatlariga oid o‗zaro majburiyatlarini qamrab oladi. Jamoa shartnomasi bir
tarafdan xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o‗zlari
vakolat bergan
vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomalari korxonalarda ularning yuridik
shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo‗linmalarida tuziladi (35-36- moddalar).
Bosh, tarmoq, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar,
mehnat shartnomalari
tizimida
ahdlashuvlar
tuzilishida
yuqori
darajadagi
kelishuvlarning
quyidagilardagiga nisbatan ustuvorligi mavjuddir. Shuning uchun Kasaba
uyushmalar va ish beruvchilar o‗zaro munosabatlarining faqat umumiy
masalalarini aks ettiradigan Bosh kelishuv tuzilganga
qadar tarmoq kelishuvi
tuzilishi talab etiladi.
O‗z navbatida aniq mehnat sharoiti, unga haq to‗lash, xodimlarni ishga qabul
qilish va ishdan bo‗shatishdan iborat kafolatlar belgilanadigan tarmoq
kelishuvlarga
hududiy
(mintaqaviy)
kelishuvlarda,
ayniqsa
mehnat
shartnomalarida to‗la aniqlik kiritilishi zarur.
Amaliyotda tarmoq kelishuvlari Bosh kelishuv qabul qilinmagan holda ham
tuzilishi, korxonalarda esa tarmoq yoki hududiy (mintaqaviy)
kelishuvlar
imzolanmagani holda jamoa shartnomalari tuzish hollari tez-tez uchrab turadi.
Bunday hollarda eng asosiysi O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksidagi
―Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda
nazarda tutilganiga
qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas‖ (5-modda) tamoyiliga qat‘iy
amal etishdir. Quyi darajada tuzilgan shartnomalarda yuqori darajada qabul
qilingan kelishuvlarga mos keladigan mehnat shartlari qayd etiladi yoki xodimlar
ahvolini yaxshilashga qaratilgan shartlar aks ettirilishi kerak.
Tarmoq
kelishuvlari, so‗zsiz, birinchi navbatda xodimlar manfaatlarini
225
himoya qilish vositasidir. Lekin ular ish beruvchilarga mehnatni boshqarish asosiy
vositalari (ishchi kuchi, uning qiymati, ijtimoiy to‗lovlar turlari va miqdori, boshqa
masalalar)ni
o‗zaro kelishib olish va shu orqali o‗z korxonalari
raqobatbardoshligini
oshirish, mehnat jamoalaridagi ijtimoiy nizolarni hal etish
imkonini ham beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat munosabatlari barcha taraflar
manfaatlarini hisobga oladigan ahdlashuvlarga asoslangan bo‗lishini talab etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan
jamoa shartnomalari va
kelishuvlari xuddi shu maqsadga yo‗naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: