Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Is
h b
er
u
vchi
lar
 yoki u
lar
inn
g vaki
ll
ik 
organl
ari
 
Jamoa shartnomasiga ko‗ra ish beruvchi va xodimlarning 
o‗zaro majburiyatlar 
Mehnatga haq to‗lash tartibi va shartlari tizimi 
Xodimlarni ish bilan ta‘minlash tizimi 
Mehnat va dam olish vaqti, ta‘tillar tizimi 
Mehnat manfaatlari va mehnat muhofazasi tizimi 
Xodimlarni o‗qitish, malakasini oshirish tizimi 
Ijtimoiy imtiyozlar tizimi 
Sug‗urtalash tizimi 
K
asab
a uyu
sh
m
al
ar yok

xodi
m
la
rni
n
ing b
oshq
a v
akil
li

organl
ari
 
11.1-rasm.
 
Jamoa shartnomasining yiriklashtirilgan tizimi.
 


228 
moliyaviy holatidan qat‘i nazar, xodimning bajargan ishi uchun haqni belgilangan 
(kamida har yarim oyda bir marta) muddatlarda to‗lashi shart; 
-
mehnat haqidan xodimning yozma roziligi bilan, belgilangan soliqlar va 
boshqa majburiy to‗lovlarni undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro 
etish va ba‘zi boshqa hollarda ushlab qolinishi mumkin. Ish haqini har gal to‗lash 
vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‗lgan 
mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim. 
Xodimlarni ish bilan ta‟minlash tizimi. 
Jamoa shartnomasida mehnat qilish 
huquqini amalga oshirish kafolatlari ifoda etilishi lozim. Ushbu kafolatlar 
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilab qo‗yilgan. Eng avvalo 
shuni ta‘kidlash kerakki, davlatimizda har bir fuqaro ish beruvchiga bevosita 
murojaat qilishi yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini 
erkin tanlash huquqiga ega. 
Mehnat qilish huquqini amalga oshirishda davlat quyidagilarni: 
-
ish bilan ta‘minlash tizimi, shu jumladan, turli mehnat rejimidagi ishni 
tanlash erkinligini; 
-
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat 
shartnomasini g‗ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishini; 
-
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni; 
-
har kim kasbga va ishga ega bo‗lishda, mehnat qilish va ish bilan 
ta‘minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‗onasidan 
yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni; 
-
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‗qitishni, Bandlikka ko‗maklashish 
markazlarida yoki ularning yo‗llanmasi bilan boshqa o‗quv yurtlarida stipendiya 
to‗lab malakasini oshirishni; 
-
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‗lashni; 
-
haq to‗lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat 
shartnomasi tuzish imkoniyatlarini kafolatlaydi. 


229 
Ish bilan ta‘minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda 
mehnat 
qilish 
huquqini 
amalga 
oshirishning 
kafolatlari 
O‗zbekiston 
Respublikasining mehnat to‗g‗risidagi qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida 
belgilab qo‗yilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida 
―Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash va qonunda ko‗rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga 
egadir‖
21
, deb kafolatlangan. Ana shundan kelib chiqqan holda har bir xodim: 
-
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‗rnatish, bir qator kasblar va 
ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, 
shuningdek yillik ta‘tillar berish orqali ta‘minlanadigan dam olish; 
-
o‗zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali 
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; 
-
jamoalarga doir mehnat nizolarida o‗z manfaatlarini himoyalash huquqiga 
egadir. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin