Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Mehnat va dam olish ta‟tillari tizimi



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat va dam olish ta‟tillari tizimi. 
Jamoa shartnomasida ish vaqti (shu 
jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish haftasining 
turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan tashqari ish, ta‘tillar 
(shu jumladan, ijtimoiy ta‘tillar) ko‗rsatilishi lozim. 
Amaldagi qonunchilikka 
muvofiq 
O‗zbekiston Respublikasida ular 
quyidagicha: 
-
xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq 
bo‗lmasligi kerak; 
-
ayrim toifadagi xodimlar (o‗n sakkiz yoshga to‗lmaganlar, I va II guruh 
nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi, alohida tusga ega bo‗lgan ishlarda 
band bo‗lganlar, uch yoshga to‗lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy 
jihatdan ta‘minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar uchun 
mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shuningdek, mehnat 
21
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston. - 2012. - 9- бет. 


230 
shartnomasiga muvofiq mehnatga to‗lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish 
vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi; 
-
xodim bilan ish beruvchi o‗rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish 
chog‗ida ham, keyin ham to‗liqsiz ish kuni yoki to‗liqsiz ish haftasi belgilab 
qo‗yilishi mumkin; 
-
ish haftasi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik (har kungi ish muddati 7 
soatdan ortib ketmasligi kerak) bo‗lishi mumkin; 
-
ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti – smena muddati, ishning boshlanish va 
tugash vaqti, sutka davomida smenalar soni, ish kunlari bilan ishlamaydigan 
kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning smenadan smenaga o‗tish 
tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoki ish beruvchi bilan xodim 
kelishuviga binoan belgilanadi; 
-
xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi; 
-
ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‗llanilishi mumkin; 
-
ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi 
o‗rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‗lmasligi 
kerak; 
-
dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi. 
Ish beruvchiga farmoyish bo‗yicha ayrim xodimlarni dam olish va bayram 
kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoat shartnomasida, agar u 
tuzilmagan bo‗lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki 
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asos va tartiblar 
bo‗yicha yo‗l qo‗yiladi. 
Barcha xodimlarga o‗rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta‘tillari 
beriladi. Yillik asosiy ta‘til 15 kundan kam bo‗lmasligi kerak. Ayrim toifadagi 
xodimlarga (18 yoshga to‗lmaganlar, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga) 
uzaytirilgan (30 kalendar kun) asosiy ta‘tillar beriladi. Mehnat shartnomalarida 
ham uzaytirilgan yillik ta‘tillar berilishi ko‗zda tutilishi mumkin. 
Xodimlar ijtimoiy (homiladorlik va tug‗ish, bolalarni parvarishlash, o‗qish 


231 
bilan bog‗liq, ijodiy) ta‘tillar olish huquqiga ham egalar. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin