Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Xodimlar talablarini tayyorlash va taqdim etish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

2. Xodimlar talablarini tayyorlash va taqdim etish. 
Ish beruvchi bilan 
jamoa shartnomasi tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish huquqiga kasaba 
22
А. Коcтин. Международная организация. – М:. Экзамен, 2002. - С. 230. 


233 
uyushmasi o‗z vakilligi orqali, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa 
vakillik yoki bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‗ilishi (konferensiyasi) ega. 
Buning uchun xodimlar vakolat bergan organ ish beruvchiga tegishli yozma xabar 
yo‗llaydi. Bu yozma xabarni olgan ish beruvchi yoki u vakolat bergan organ yetti 
kun ichida munozaralarga kirishishi shart. Xodimlar va ish beruvchi o‗rtasida 
avvalgi jamoa shartnomasi amal qilayotgan bo‗lsa, yozma xabar jamoa 
shartnomasi amal qilish muddati tugashiga qadar uch oy muddatda yoki bu 
hujjatlar belgilab qo‗yilgan muddatda yuborilishi kerak. 
Jamoa shartnomasiga aloqador personal mazkur hujjat loyihasini tayyorlash 
va muhokama qilishda qatnashishi kerak. Ushbu loyihani tayyorlashda, avvalgi 
jamoa shartnomasining ham ijobiy, ham salbiy tomonlari chuqur tahlil etib 
chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, o‗tgan davr mobaynida korxonada 
ro‗y bergan o‗zgarishlarni hisobga olish ham kerak bo‗ladi. Ana shular hamda 
mehnat jamoasi bildirgan fikr-mulohazalar, jamoa shartnomasi loyihasida o‗z 
aksini topishi kerak. Bu xodimlar talablari hisoblanadi. 
Jamoa shartnomasi loyihasida shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish 
va bunga ajratiladigan mablag‗ hajmi, ishlab chiqarish rentabelligi darajasi, 
xodimlarning qisqartirilishi va siljitilishi, olingan foydani taqsimlash kabi muhim 
masalalar ham o‗rin olishi zarur. 
Xodimlar talablari shakllantirib bo‗lingandan so‗ng amaldagi qonunchilikda 
belgilab qo‗yilgan huquqiy muzokaralar o‗tkazish boshlanadi. 
3. Muzokaralar olib borish tartibi. 
Muzokaralar olib borish va jamoa 
shartnomasi, kelishuvining loyihasini tayyorlash uchun taraflar teng huquqlilik 
asosida tegishli vakolatlarga ega bo‗lgan vakillardan iborat komissiya tuzadilar. 
Komissiya tarkibiga ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning 
vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari 
kiradi. Agar xodimlar tomonidan bir vaqtning o‗zida xodimlarning bir nechta 
vakillik organi qatnashayotgan bo‗lsa, ular muzokaralar olib borish, jamoa 
shartnomasi yoki kelishuvining yagona loyihasini ishlab chiqish va bunday 


234 
shartnoma yoki kelishuvni tuzish uchun birlashgan vakillik organini tashkil 
etadilar. Zarur hollarda, muzokaralarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirok 
etadilar. Ish beruvchilar kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik 
organlari ko‗rib chiqish uchun taklif etgan mehnatga oid va ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishga majburdirlar. 
Komissiyaning tarkibi, muzokaralarning muddati, o‗tkaziladigan joyi va kun 
tartibi taraflar qarori bilan belgilanadi. Muzokaralarda ishtirok etayotgan taraflarga 
jamoa shartnomasi, kelishuvining mazmunini tashkil etuvchi, masalalarni tanlash 
va muhokama qilishda to‗la erkinlik beriladi. 
Ish beruvchilar va ularning birlashmalari kasaba uyushmalariga, xodimlarning 
boshqa vakillik organlariga muzokaralar uchun o‗zlaridagi zarur ma‘lumotlarni 
berishlari shart. Muzokaralarning qatnashchilari, muzokara olib borish bilan 
bog‗liq bo‗lgan boshqa shaxslar, basharti o‗zlari olgan ma‘lumotlar davlat yoki 
tijorat siri bo‗lsa, ularni oshkor qilmasliklari kerak. Bu ma‘lumotlarni oshkor 
qilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 
Agar muzokaralar jarayonida taraflar o‗zlariga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga 
ko‗ra murosaga kela olmagan bo‗lsalar, bu haqda bayonnoma tuzilib, unga 
taraflarning bu muammolarni bartaraf etish uchun zarur choralar haqidagi tugal 
ravishda bayon etilgan, shuningdek muzokaralarni qayta tiklash muddatiga doir 
takliflari kiritiladi. 
Jamoa shartnomasining loyihasi korxonaning bo‗linmalarida xodimlar 
tomonidan muhokama qilinadi, bildirilgan fikr va takliflar hisobga olinib, 
takomiliga yetkaziladi. 
Ishlab takomilga yetkazilgan loyiha mehnat jamoasining umumiy yig‗ilishi 
(konferensiyasi)da muhokamaga qo‗yiladi. 
Mehnat jamoasining yig‗ilishi, basharti unda xodimlarning yarmidan 
ko‗prog‗i, mehnat jamoasi konferensiyasi esa basharti delegatlarning kamida 
uchdan ikki qismi ishtirok etgan bo‗lsa vakolatli hisoblanadi. 
Jamoa shartnomasi, basharti uni umumiy yig‗ilish (konferensiyada)da ishtirok 


235 
etayotganlarning ellik foizdan ko‗prog‗i yoqlab ovoz bergan bo‗lsa ma‘qullangan 
hisoblanadi. 
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma‘qullanmasa, taraflarning vakillari 
uni umumiy yig‗ilish (konferensiya)da bildirilgan taklif-istaklarni e‘tiborga olgan 
holda ishlab takomiliga yetkazadilar hamda o‗n besh kun ichida umumiy yig‗ilish 
(konferensiya) muhokamasiga qayta taqdim etadilar. 
Umumiy yig‗ilish (konferensiya)da ma‘qullanganidan keyin taraflarning 
vakillari jamoa shartnomasini uch kun ichida imzolaydilar. 
Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e‘tiboran yoki jamoa shartnomasida 
ko‗rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda taraflar belgilagan muddat 
davomida amal qiladi. 
Belgilangan muddat tugagach, mavjud jamoa shartnomasi taraflar yangi 
shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o‗zgartirguncha (to‗ldirguncha) 
amalda bo‗ladi. 
Jamoa shartnomasi ish beruvchiga va mazkur korxonaning barcha 
xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga 
qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi. 
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini 
taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari 
tekshirib boradilar. 
Jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o‗zida 
maxsus ko‗rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat 
jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasi)da hisobot berib turadilar. 
Tekshirish olib borish vaqtida taraflar o‗zlaridagi zarur bo‗lgan barcha 
ma‘lumotlarni taqdim etishlari shart. 
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzgan 
taqdirlarida ish beruvchining manfaatlarini ifoda etuvchilar quyidagilar uchun 
javobgar bo‗ladilar: 


236 
1.
Jamoa shartnomasi, kelishuvini tuzish, o‗zgartirish yoki to‗ldirish 
yuzasidan olib borilayotgan muzokaralarda qatnashishdan bo‗yin tovlaganlik yoki 
ularni ishlab chiqish va tuzish muddatini buzganlik yoxud taraflar belgilagan 
muddatda tegishli komissiyaning ishini ta‘minlamaganlik uchun; 
2.
Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi, kelishuviga rioya etilishi 
ustidan tekshirish olib borish uchun kerakli axborot taqdim etmaganligi uchun; 
3.
Jamoa shartnomasi, kelishuvi majburiyatlarini buzganlik va bajarmaganlik 
uchun. Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi talabiga ko‗ra 
mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs jamoa shartnomasi majburiyatlari buzilishida 
yoki bajarilmasligida aybdor bo‗lgan rahbarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan choralarni ko‗rishi shart. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin