Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko„ra bekor qilinishi mumkin



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko„ra bekor qilinishi mumkin:
1)
taraflarning 
kelishuviga 
ko‗ra. 
Ushbu 
asosga 
binoan 
mehnat 
shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin
2)
taraflardan birining tashabbusi bilan; 
3)
muddatning tugashi bilan; 
4)
taraflar ixtiyoriga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga ko‗ra; 
5)
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‗ra. 
Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‗g‗risidagi shart mehnat 
shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning 
o‗rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh hisobchi lavozimi bo‗lmagan 
taqdirda esa, bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi xodim bilan tuzilganda, 


247 
shuningdek, qonunda yo‗l qo‗yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi 
mumkin; 
6) Yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‗yicha o‗tmaganligi) yoxud 
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan. 
Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek, korxona qayta tashkil 
etilgan (qo‗shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo‗lib yuborilgan, qayta tuzilgan, 
ajratilgan)da mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi. 
Yangi mulkdor korxonaning rahbari, uning o‗rinbosarlari, bosh buxgalter 
bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‗lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter 
vazifasini bajaruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga 
haqlidir. Korxonaning boshqa xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi qonun 
hujjatlariga muvofiq holda bekor qilinishi mumkin. 
Korxonaning bir organ bo‗ysunuvidan boshqa organ bo‗ysunuviga 
o‗tkazilishi mehnat shartnomasining amal qilishini to‗xtatmaydi. 
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati 
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ikki hafta oldin ish 
beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish 
muddati tugagandan so‗ng xodim ishni to‗xtatishga haqli, ish beruvchi esa
xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Xodim 
bilan ish beruvchi o‗rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish 
muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin. 
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat 
shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‗lsa, 
xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‗z 
kuchini yo‗qotadi. Bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor 
qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza 
u o‗z ishini davom ettirishining imkoni yo‗qligi (o‗quv yurtiga qabul qilinganligi, 
nafaqaga chiqqanligi, saylab qo‗yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa 


248 
hollar) bilan bog‗liq bo‗lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos 
qilgan muddatda bekor qilishi kerak. 
Ish beruvchi mehnat shartnomasini (muayyan muddatga tuzilganni ham, 
muddatlining muddati tugagunga qadar ham) bekor qilishini asoslab berishi 
shart.Bunga quyidagilardan biri asos bo‗lishi mumkin: 
1)
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi 
o‗zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan 
ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (ish beruvchi bu 
haqda xodimni yozma ravishda kamida ikki hafta oldin ogohlantirishi kerak); 
2)
xodimning malakasi yetarli bo‗lmaganligi yoki sog‗ligi holatiga ko‗ra 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‗lib qolishi (yozma ravishda xodim kamida ikki 
hafta oldin ogohlantiriladi. Bu ikki holda ogohlantirishlar uning muddatiga to‗g‗ri 
keladigan pullik kompensatsiya bilan ham almashtirilishi mumkin); 
3)
xodimning o‗z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval 
mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka 
tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ 
hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘sir choralari qo‗llanilgan kundan e‘tiboran bir yil 
mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‗ya harakat sodir 
qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi; 
4)
Xodimning o‗z mehnat vazifalarini bir marta qo‗pol ravishda buzganligi. 
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi 
mumkin bo‗lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‗pol ravishda buzishlarning 
ro‗yxati: 
-
ichki mehnat tartibi qoidalari; 
-
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‗rtasida tuzilgan mehnat 
shartnomasi; 
-
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‗llaniladigan choralar intizom 
haqidagi nizomlar bilan belgilanadi. 
Xodimning o‗z mehnat vazifalarini buzishi qo‗pol tusga egaligi yoki ega 


249 
emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‗ya harakatning og‗ir-
yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi 
mumkin bo‗lgan oqibatlarga qarab hal etiladi; 
5)
o‗rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi 
munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko‗ra o‗rindoshlik ishi 
cheklanishi sababli o‗rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi; 
6)
korxona rahbari, uning o‗rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh 
hisobchi lavozimi bo‗lmagan taqdirda esa bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi 
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor 
qilinganligi (yangi mulkdor ularni ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi yoki 
shunga mutanosib kompensatsiya to‗lashi kerak). Mazkur asos bo‗yicha mehnat 
shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida 
bekor qilishga yo‗l qo‗yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, 
mehnat to‗g‗risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan 
ta‘tillarda bo‗lgan vaqti, uzrli sabablarga ko‗ra ishda bo‗lmagan boshqa davrlari bu 
muddatga kiritilmaydi. 
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda mehnat 
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘tillarda 
bo‗lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor 
qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. Faqat korxona butunlay tugatilgan hollargina bundan 
mustasno hisoblanadi. 
Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki 
xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan 
bo‗lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodim 
bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish masalasi bo‗yicha qabul 
qilgan qarori haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday 
xabar mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‗lgan mansabdor 


250 
shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab o‗n kunlik muddat ichida 
ma‘lum qilinadi. 
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik 
organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish 
to‗g‗risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat 
shartnomasini bekor qilishga haqlidir. 
Mehnat intizomini buzganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchi 
tomonidan bekor qilishga intizomiy jazolarni qo‗llanish uchun belgilangan 
muddatlar o‗tib ketgandan keyin yo‗l qo‗yilmaydi. 
Ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli 
to‗g‗risida o‗z vaqtida, lekin kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi 
organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga axborot taqdim etadi va ishdan 
ozod etish oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga 
oshiradi. Ish beruvchi, shuningdek kamida ikki oy oldin har bir xodimning kasbi, 
mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko‗rsatgan holda, bo‗lajak 
ishdan ozod qilish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni Bandlikka ko‗maklashish markaziga 
ham ma‘lum qilishi shart. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‗zgarishlar, 
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan ishlar 
hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda 
qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq 
bo‗lgan xodimlarga beriladi. 
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‗lgan taqdirda quyidagilarga 
afzallik beriladi: 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin