Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Mehnat shartlari 
deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish 
omillari tushuniladi. 
Ijtimoiy omillar 
jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta‘tilning 
muddati va boshqa shartlar kiradi. 
Texnika, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish, maishiy va boshqa 
shartlar 
ishlab chiqarish omillari 
deb hisoblanadi. 


243 
Mehnat shartlari mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, 
shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. 
Mehnat shartlarini o‗zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‗lsa, shunday 
tartibda amalga oshiriladi. 
Mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini 
o‗zgartirishga quyidagi hollarda yo‗l qo‗yiladi. 
Ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o„zgartirish 
huquqi. 
Ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‗zgartirishga faqat 
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‗zgarishlar, ishlar 
(mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganlik (basharti bunday o‗zgarishlar 
xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining o‗zgarishiga olib kelishi oldindan aniq 
bo‗lsa) hollaridagina haqlidir. 
Ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartlarini o‗zgartirish 
xususida, 
korxonadagi 
xodimlarning 
vakillik 
organlari 
bilan 
oldindan 
maslahatlashib oladi. 
Ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‗lajak o‗zgarishlar haqida xodimni 
kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‗rsatilgan 
muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‗l qo‗yiladi. 
Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni 
davom ettirishni rad etganligi sababli, bekor qilinishi mumkin. Bunda xodimga 
o‗rtacha oylik ish haqidan kam bo‗lmagan miqdorda ishdan bo‗shash nafaqasi 
to‗lanadi. 
Ko‗pchilik xodimlar guruhi uchun mehnat shartlari noqulay tarzda o‗zgargan 
taqdirda, ish beruvchi mahalliy mehnat organiga bunday o‗zgartirishlarning sababi 
haqida ma‘lumot berishi shart. 
Xodim ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o‗zgartirilganligi ustidan 
sudga shikoyat qilishga haqli. Nizoni ko‗rish vaqtida ish beruvchining zimmasiga 
avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo‗qligini isbotlab berish 
majburiyati yuklatiladi. 


244 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin