242
qilinganda, shuningdek, olti oygacha muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar
bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‗ra
ishda bo‗lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat to‗g‗risidagi qonun hujjatlari va
korxonada o‗rnatilgan mehnat shartlari to‗liq tatbiq etiladi.
Dastlabki sinov davri mehnat stajiga kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch
kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga
haqlidir. Bunday holda ish beruvchi mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz
bo‗lgandagina bekor qilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish to‗g‗risida ogohlantirish muddatini
qisqartirishga faqat shartnoma taraflarining kelishuvi bilan yo‗l qo‗yiladi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar yoki mehnat shartnomasi
taraflarining kelishuvi bilan belgilab olingan ogohlantirish muddati mobaynida
xodim mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‗g‗risida berilgan arizani
qaytarib olishga haqlidir.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat
shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‗lsa, shartnomaning amal qilish
muddati davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‗l
qo‗yiladi.
Mehnat shartnomasida mehnat shartlari belgilab qo‗yilgan bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: