256
bo‘lsa, shaharning istiqboldagi aholisi va mehnat
resurslari sonini aniqlang
(mehnat resurslarining aholi tarkibidagi ulushi o‘zgarmas, deb hisoblansin).
6-masala
Agar tabiiy o‘sish koeffistienti 20 promilleni, mexanik o‘sish koeffistienti 30
promille, bazis davrga nisbatan o‘rganilayotgan davrda mehnat resurslarining
ulushi 1,7%ga ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda, hisobot davri boshida umumiy aholisi
soni 1505,0
ming kishi, shundan mehnat resurslari soni – 780 ming kishi bo‘lsa,
istiqboldagi umumiy aholi va mehnat resurslari sonini aniqlang.
7-masala
Agar mamlakat aholisi soni 2013 yil boshida 47560 ming kishi,
mehnat
resurslari soni umumiy aholi soniga nisbatan 2,15 marta kam bo‘lgan, yil oxiriga
kelib jami aholi soni 6,8%ga oshdi, shundan keyin uning tarkibidagi mehnat
resurslari soni umumiy aholi soniga nisbatan 1,94 marta kam bo‘lgan bo‘lsa,
mamlakatning yillik o‘rtacha aholisi va mehnat resurslari sonini aniqlang.
8-masala
Mamlakat aholisi 2013 yil boshida 31 588,4
ming kishini tashkil etgan,
hisobot yili davomida 675,3 ming kishi tug‘ilgan hamda tug‘ilganlarga nisbatan 3
marta kam aholi o‘lgan. Keltirilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilarni aniqlang:
1) O‘rtacha yillik aholi soni;
2) Yillik tug‘ilishning umumiy koeffistienti;
3) Yillik o‘limning umumiy koeffistienti.
9-masala
Agar 2009 yildan boshlab mamlakat aholisi soni 4,5-5,5% atrofida o‘sib
borayotgan bo‘lsa, 2009 yil ma‘lumotiga ko‘ra aholisi soni 65711,3 ming kishini
tashkil etadigan mamlakatning aholisi 2013 yilga kelib qancha bo‘lishini aniqlang.
10-masala
Agar mamlakatda 2012 yil boshida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni -
38,6 mln. kishi, mehnatga layoqatli yoshga yetgan aholi soni - 640,1 ming kishi,
mehnatga layoqatli yoshda o‘lganlar soni – 199,7 ming kishi, mehnatga layoqatli
257
yoshdan chiqib ketgan aholi soni – 107,4 ming kishi, boshqa hududlardan ko‘chib
kelganlar soni esa 596,1 ming kishi, ko‘chib ketgnlar soni esa – 187,6 ming kishi
bo‘lsa, hududning mehnatga layoqatli yoshdagi aholisi sonini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: